Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
66 1)
Тashki - bunda sintez mahsuloti tashqi muxitga yoki ko’proq tana bo’shlig’iga, masalan, ovqat xazm qilish traktiga, yoki nafas yo’liga ochiladi. Bu xil sekretsiyani ekzokrin bezlar amalga oshiradi; 2)
Ichki - bunda sintez mahsulotlari shu organizmning sirkulyator sistemasiga ajraladi va u boshqa organga yoki uning qismiga ta’sir etadi. Bu xil sekretsiyani endokrin bezlar amalga oshiradi. Endokrin bezlarga kalkonsimon parakalkonsimon bezlar, buyrak usti bezi, gipofiz va oshkozon osti bezlaridagi Langergans orolchalari kiradi. Ekzokrin sekretsiyaga tipik misollar tarikasida oshkozon osti bezining atsipusklarining, so’lak bezlari, ovqat xazm qilinishning mayda bezlari, nafas va jinsiy sistemasi bezlarini sekretsiyasini keltirish mumkin.
Sekretsiyani moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlaridan karbonat kislotasi mochevina va siydik kislotalarini hujayradan tashqariga chiqarishini tushuniladigan eksretsiyadan farq kilmoq kerak.
Ammo har ikkala protsess sekretsiya va ekskretsiya bir-biri bilan chatishib ketadi, shuning uchun ko’p hollarda ularga aniq chegara qo’yish kiyin bo’ladi. Shuningdek sekretsiyani hujayra sitoplazmasini doimiy tarkibiy qismini tashkil etuvchi moddalarni tashqariga chiqishidan ham farqlash kerak. Тekshirishlarni ko’rsatishicha normal hayotiy protsessda hujayradan atrof muxitga doimo kaliy ionlari, fosfor kislotasi ionlari, aminokislotalar, nukleotidlar, oqsillar, fermentlar ajralib turadi.
Sekretsiyaning asosida, umuman, moddalarni ximiyaviy o’zgarishi yotadi. Тurli yo’llar bilan hujayraga kirgan past molekulali moddalar yigiladi yoki ko’p hollarda ular o’zgarishga uchrab ximiyaviy tuzilishi boshqa moddalarga aylanishi mumkin. Har 2 la holda ham hujayra energiya sarflashi kerak.
Shunday qilib, hujayrada hosil bulayotgan moddalar birinchidan sintez mahsuloti bo’lsa, 2 - dan maxsus biologik aktivlikga ega bo’lsa sekretsiya xaqida gapiriladi.
Sekretsiyalarni biologik funksiyalari turli tuman juda ko’p. Ularni ba’zilari fermentlardir. Ular ozuka polimer moddalarga xujum qilib ularni surilish uchun yaraydirgan past molekulali mahsulotlarga aylantiradilar(ichak fermentlar) boshqa sekretlar hujayra hayotiga kuchli ta’sir etadi. Ular funksiyalarni kuchaytirish yoki aksincha tormozlash uchun ishlatiladi (Gormonlar va mediatorlar). Uchinchilari ozuka sifatida(sut moddasi), 4-lari hujayrani ximoyalashda (keratin shilimshio’), 5-lari agressiv maqsad uchun toksinlar, zaharlar ishlatiladi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling