Blackcurse


Hujayra strukturalarining sekret hosil  qilishidagi roli


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140
Bog'liq
sitologiya

1.2.Hujayra strukturalarining sekret hosil  qilishidagi roli. 


 

67 

 

Sekretor  hujayrani  xomashyo  olib,  tayyor  mahsulotlarni  ishlab  chiqarayotgan fabrika bilan 



solishtirish mumkin. Bu 2 xodisa orasida juda ko’p o’hshashlik bo’lib har ikkalasida  ham oxiri u 

yoki bu mahsulotni hosil bo’lishiga olib keladi. Butun protsess narsalarni asta sekin yigilishi yuz 

beradigan zamonaviy “yig’uv konveyerini” eslatadi. 

 

Sekretsiya  juda  murakkab  protsess  bo’lib  unda  hujayrani  barcha  qismlari  va  organoidlari 



katnashadi.  Yadro  va  yadrocha,  ribosomalar,  mitoxondriylar,  endoplazmatik  tur  va  Goldji 

kompleksining  vakuolalar  sistemasi  “yiguv  konveyerida”  ya’ni  sekret  ishlab  chiqarishda  turli 

darajada katnashadi.  

 

Sekretsiyani  sitologik  tekshirishda  asosiy  e’tiborni  tartibga  solingan  fiziologik  vokealar 



yigindisiga  karatilib,  bunda  hujayraning  barcha  strukturalari  u  yoki  bu  holda  katnashadi.  Shu 

munosabat  bilan  hujayrani  ba’zi  muhim  funksiyalarini  esga  olish  urinlidir.1)  xromosomada 

joylashgan  DNKdan  tuzilgan  strukturali  yoki  boshqa  genlarda  RNKni  sintezi;  2)  ribosomalarni 

hosil bo’lishida yadrochani ishtiroki; 3) transport RNKsi aminokislotalar kompleksi bilan axborot 

RNKsini  o’zaro  ta’siri  natijasida  ribosomalar,  aniqrogi  poliribosomada,  oqsillarning  sintezi;  4) 

“eksport” qiluvchi oqsilning sirkulyatsiyasini ta’minlovchi endoplazmatik turni roli. 5) sekretsiya 

mahsulotlarini  bir  joyda  tuplanishi va ularni membranalarga joylanishini amalga oshiruvchi Goldji 

kompleksini roli.  

Shunday  qilib  sekretsiyani  o’rganish  hujayra  biologiyasining  juda  ko’p  bo’limlari  bilan 

bog’lik. 

 

Sekretsiya protsessini Goldji kompleksi bilan aloqasi eng ko’p o’rganilgan. D. N. Nasonov, 



R.  Boven  va  boshqalarning  bergan  ma’lumotlariga  qaraganda,  sekretor  hujayralarda  sekret 

donachalari ko’proq Goldji apparat zonasida hosil bo’ladi. Boven donacha to’liq Goldji apparatini 

olcha  to’ldirilgan  savatchaga  o’xshatadi.  Sekretning  mayda donachalari savatchani ostida bo’ladi, 

yiriklashgan  sari  ular  hujayralarning  apikal  qismiga  siljiydilar.  sekretor  faoliyatida  Goldji 

apparatining  o’zgarishi  uni  bu  protsessga  aloqador  ekanini  tasdiqlaydi.  bunda  bu  apparat 

kattalashadi,  kundalang  chizziklar  yugonlashadi.  Sekret  chiqazilgach  goldji  apparati  keskin 

kichrayadi.    Nosonovning  ko’rsatishicha  bunda  Goldji  apparatining  hujayrada  joylashishi  ham 

o’zgaradi. Oshkozon osti bezi hujayralarida sekretsiya boshlanishi bilan bu apparat hujayrani apikal 

yuzasiga siljiydi, shunga mos holda sekretor donacha hosil bo’lish zonasi ham shu rayonga siljiydi.  

Bu ma’lumotlarning barchasi Goldji apparatini sekretsiya bilan aloqasi borligini ko’rsatadi, shuning 

uchun  ba’zi  olimlar  bu  apparatni  “sekretsiya  organoidi”  deb  ataydilar.  Bunda  Goldji  apparatida 

barcha sekretor protsesslar sekret mahsulotlarini sintezi va donachalarni hosil bo’lishi joylashgan 

degan ma’no kelib chiqadi. Ammo bunday deb o’ylash xato ekan. Oxirgi vaqtlarda Goldji apparatini 

kimyoviy  tarkibi  xaqida  ma’lumotlar  olindi.  Gistoximik  va  bioximik  metodlar  yordamida  uning 

tarkibida  lipidlar  va  oqsillar  borligi  aniqlandi. Fermentlar esa mikdor jihatdan juda oz ekan. Shuni 

hisobga  olib  juda  ko’p  olimlar  sekretor  hujayralarni  sintetik  faoliyatida  hujayraning  barcha 

fermentativ  apparati  bir  butun  holda  ishtirok  etadi  deb  hisoblamoqdalar.      Buni  oqsil  tabiatli 

sekretlarni  hosil  bo’lishi  ustidagi  tekshirishlar  yakkol  tasdiqlamoqda.  Bu  holda  sekretning 

sintezlanishida  oqsil  sintezlovchi  barcha  zvenolar-  yadro  va  sitoplazma  yoki  I-RNK  sintezlovchi 

DNK  ham,  aminokislotalar  tashuvchi  Т-RNK  ham,  oqsil  molekulalarini  yiguvchi  ribosoma  ham 

ishtirok etadi. 

Sintezlangan  oqsil  modda  ribosomadan  endoplazmatik  tur  kanallari  orqali,  Golji  appartiga 

o’tadi, unda esa sekret donachalari tuplanadi. 

Nemis sitologi Хirsh ko’rsatadiki, agar sekretor hujayrani fabrika bilan takoslasak, u holda 

yadro  va  gialoplazmani  uning  fermentlari  bilan  birga  ishlab  chiqarish  sexlariga,  Golji  apparatini 

upakovka  qiladigan  sexga  o’xshatish  mumkin,  chunki  uning  faoliyati  faqat  ishlab  chiqkilgan 

mahsulotni shakllantirish va joylashtirish bilan chegaralanadi.  




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling