Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
69 Ikkinchi gruppaga kiruvchi moddalar sekretor hujayralarining o’zida sintezlanadi. Bularga polisaharidlar, gidrolitik fermentlar, glikoproteidlar, alkoloidlar, tanninlar, liglin, efir yogi va smolalar kiradigan har xil terpenoidlar, shuningdek sirka al’degid, spirtlar va boshqalar kiradi. O’simliklarda ichki va tashqi sekretor strukturalar bo’ladi. Тashki sekretor strukturalarga tuklarni bez hujayralari, xashoratxo’r o’simliklarning bez hujayralari, nektar ishlab chiqaruvchi bezlar kiradi. Ichkilariga “suv” hosil qiluvchi bezlar kiradi. Boshqa sekretor hujayralarda (meroqrin, apokrin), sekret hosil bo’lishi ko’p marta bo’ladi. Ba’zi sekret hujayralarda sekretsiya uzluksiz, boshqalarida esa ritmik tanaffusli bo’ladi. Birinchi holda sekret mahsulotlari yigilishi bilanok ajraladi. Bunga misol qilib kavsh qaytaruvchilarning so’lak bezlarini, oshqozonni shilimshik ishlab chiqaruvchi epiteliysini va ipak qurti lichinkasidagi, ipak bezi hujayralarini olish mumkin. Тanaffuslik yoki ritmik sekretsiyada sekretor sikl ma’lum davriylikga ega. Bunda hujayraga moddalar kirgandan so’ng uni qayta ishlanadi, keyin esa sekret hosil bo’ladi. Sekret mahsuloti chiqarilgach, hujayrani normal strukturasi va funksiyasidagi ana shunday asta sekin o’zgarishlar sekretor sikl deb ataladi. Bu protsessni izotop metodi orqali o’rganish, sekretor sikl fazalarini har bir tip hujayra uchun ma’lum davomiylikda bo’lishini ko’rsatadi. Jumladan, oshkozon osti bezi hujayralarida sekret mahsuloti yigilishi va shakllanishi 80 minut davom etadi, sekretni ajralishi esa 1G’3 minut bo’ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling