2.HUJAYRALARNI O’ТKAZUVChANLIGI.
Hujayralar o’zlarining hayot faoliyati uchun ozika moddalarni atrof muxitdan tuxtovsiz kirib
turishiga muxtoj. Moddalarni hujayraga va hujayradan muxitga o’tish mexanizmini o’rganish,
huningdek hujayra bilan muxit orasida moddalarning tekis tarqalishi. sabablarini ochib berish
hujayra o’tkazuvchanligi muammosini mazmunini tashkil qiladi.
Hujayrani o’tkazuvchanligi hujayra yuzasidan vaqt birligi ichida moddalarni o’tish tezligi
bilan harakterlanadi. Moddalarning hujayra bilan muxit orasida vaqt birligi ichida o’zgarmagan
holda tarqalishini quyidagicha ifodalash mumkin.
q (S)xuj
(S) mux
(S)- hujayra - hujayra ichidagi moddalarning konsentratsiyasi.
(S)- muxit- muxitdagi moddalarning konsentratsiyasi.
- ularning nisbati.
Hujayralarni o’tkazuvchanligi problemasini, fiziologiyada muxim ahamiyatga ega. U moddalar
almashinuvi regulyatsiyasi, bielektrik xodisalar, nerv impulsini hosil bo’lishi va o’tkazilishi,
narkoz, shikastlanish va qo’zg’aluvchanlik problemalari bilan yakindan bog’likdir. Bu problema
o’tgan asrni oxirida paydo bo’lib, hozirgi vaqtda uning ustida keng ishlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |