Blackcurse
SEKREТNI HUJAYRADAN ChIQIShI
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
1.3. SEKREТNI HUJAYRADAN ChIQIShI.
Sekretsiya doimo almashib turuvchi qator jarayonlar bilan bog’likdir. Uni tushunmoq uchun hujayra faolligini turli bosqichlarida o’rganmoq kerak.
Fiksatsiya qilingan yoki bo’yalgan sekret hujayralari mikroskop ostida o’rganilganda ularning faoliyatini qandaydir bitta bosqichi xaqida ta’savur hosil qilinadi. Bu xaqda xech kachon esdan chiqarmaslik kerak, chunki hujayra sekretsiyasining sitomorfologiyasini ana shunday bayon qilishda vaqt faktorini e’tiborga olish kerak.
Sekret kanday paydo bo’lishi va uning sekretor hujayradan qanday yo’l bilan chiqarilishiga qarab sekretsiya uch xil bo’ladi: 1) meroqrin 2) apokrin 3) golokrin.
Meroqrin sekretsiyasida lipotrotein membrana bilan uralgan sekret granulalari hujayra qobig’i tomon siljiydi va unga yopishadi. Shu yopishish joyida granula va hujayra qobig’ida teshik hosil bo’ladi, granulalar tashqariga chiqadi, so’ng hujayrada yana sekret yigilish davom etaveradi. Bunday tip sekretsiyaga oshkozon osti bezi hujayralari misol bo’ladi.
Shubnikova (1967), Salamatova (1983) lar meroqrin sekretsiyasini uchga bo’ladilar a) ekkrin (monomolekulyar) sekretsiya aktiv ion nasosi orqali yuz beradi; b) granulokrin eksretsiyasida sekret membranalariga joylashgan holda yoki pufakchalarda bo’lib, u plazmolemma bilan ta’sirlashganda ajraladi; v) endoplazmatik tur siternlaridan to’g’ridan to’g’ri plazmolemma yuzasiga sekretni chiqishi. Apokrin sekretsiyasida hujayraning erkin yuzasida (apikal) sitoplazmasida o’simtalar hosil bo’ladi, ular membranalar bilan uralgan bo’lib, bunda sekret yigiladi. keyinchalik bu qismni hujayradan o’ziladi, natijada hujayraning balandligi kamayadi. Biroz dam olishdan so’ng sekretni yigilishi va ajralishi takrorlanadi. Bu tip sekretsiyaga ter bezlari, sut bezlari va kalkon-simon bez hujayralarining sekretsiyasini misol qilish mumkin. Golokrin tip sekretsiyada hujayrani hamma qismi sekretga aylanadi. Sitoplazmada dastlab mayda, so’ngra barcha sitoplazmani to’ldiruvchi yirik sekret granulalari hosil bo’ladi. Yadro mitoxodriylar va boshqa organoidlar buzilishga (degeneratsiyaga) uchraydi. Hujayrani hayotiy faolligi yukala boshlaydi. Ґujayra sekret tomchisidan iborat bo’lib qoladi va uladi. Golokrin sekretsiyaga misol qilib yog bezlarini hujayralarini keltirish mumkin. Sekretor hujayralarni ishlashida ancha turli-tumanlik bor. Golokrin tip sekretsiyasida sekretni hosil bo’lishi va ajralishi hujayrani hayotiy sikli bilan to’g’ri keladi, ya’ni sekret ajralishi hujayrani ulimi bilan to’g’ri keladi. O’simliklarni ildiz Yoilofidan shilimshikni ajralishini misol qilish mumkin. O’simliklarda sekretsiyaga uchrovchi moddalarni ikkita katta gruppaga bo’lish mumkin. Birinchi gruppaga sekretor hujayralarga ksilema va floema orqali olib kelinadigan suv, mineral tuz, kand, aminokislotalar va boshqalar kiradi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling