Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
70 o’tkazadigan, unda erigan modda molekulalarini sekin yoki faqat o’tkazmaydigan membrana bilan ajralgan deb taxmin qildilar. Hujayralarning osmotik xossalari shunga bog’lik bo’ladi.
Osmotik bosimi hujayra ichidagi osmotik bosimdan yuqori bo’lgan moddalar eritmalariga (gipertonik) o’simlik hujayralari solinganda quyidagi hollar kuzatiladi. I.Agar eritilgan modda molekulalari hujayraga kirmasa protoplast sellyulozali po’stdan ajraladi, hujayrani ichki osmotik bosimi tashqi muxit osmotik bosimi bilan tenglashguncha suvni yo’qotadi, protoplastni xajmi kamayadi-plazmoliz yuz beradi. II. Agar eritilgan modda molekulalari hujayraga kirsa, lekin eritmaga utayotgan suv molekulalariga nisbatan kam tezlik bilan kirsa, bunda dastlab plazmoliz yuz beradi, tashqi muxitdan molekulalarni kirishi davom etishi bilan protoplastning xajmi orta boradi va dastlabki holiga qaytadi- deplazmoliz yuz beradi. Bunda hujayralar ichidagi osmotik bosim, tashqi osmotik bosim bilan tenglashadi. III. Agar tashqi muxitdan hujayra ichiga moddalar suv molekulalarining tezligi bilan bir xil tezlikda kirsa, protoplastning xajmi o’zgarmaydi va plazmoliz yuz bermaydi. Demak eritma izotonik bo’lib qoladi.
O’simlik hujayralari vakuolalaridagi osmotik bosim muxitning osmotik bosimidan doimo ancha yuqori bo’ladi, hujayra turgan holda bo’ladi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling