Blackcurse
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
sitologiya
GIALOPLAZMA.
Gialoplazma sitoplazmaning asosiy moddasi bo’lib, “matriks” deb nom olgan. Bu hujayraning yarim suyuq muxiti sifatida o’zida yadro va hujayraning barcha organoidlarini to’tadi. Elektron mikroskop ostida gialoplazma mayda donachali struktura holida ko’rinadi.
Gialoplazma tarkibiga oqsil tabiatli moddalar kiradi. Ko’pchilik hujayralarda, masalan, amyobalarda, turli epiteliylarda gialoplazma juda ingichka iplar to’tadi, ular esa bir-biri bilan chirmashib ketadi va kigizsimon strukturani hosil qiladi. Bu fibrilli strukturalar mexaniq funksiyani bajaruvchi hujayrani ichki skeletini hosil qiladi. Gialoplazma fibrillari doimiy struktura emas. Ular turli fiziologik holatlarda paydo bo’lishi va yo’q bo’lib ketishi mumkin.
Gialoplazmada turli-tuman fermentlar, jumladan glikolitik fermentlar bo’ladi. Ularning bo’lishi gialoplazmani hujayraning bioximik faoliyatida aktiv rolini ko’rsatadi. Gialoplazmaning eng muhim xususiyatlaridan biri shuki, u yarim suyuq muxit sifatida hujayraning barcha strukturasi birlashtiradi, ularni bir-birlari bilan ximiyaviy ta’sirlashishini ta’minlaydi. Fakat gialoplazma orqali suvda erigan turli moddalarning doimo hujayraga kirish va hujayradan chiqish diffuziyasi amalga oshadi. Gialoplazmaga fagotsito z yo’li bilan qattiq zarrachalar, pinotsitoz yo’li bilan esa suyuq tomchilar kiradi. Bu moddalar gialoplazmada harakatlanadi va o’zgarishlarga uchraydi.
Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling