Blackcurse


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/140
Sana02.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#183983
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140
Bog'liq
sitologiya

 

33 

 

Хloroplastlarni  faqat  kirralari  yashil pigmentni ushlaydi, stroma esa rangsiz bo’ladi. 



Elektron  mikroskopni  ko’rsatishicha  xlorofill  kirraning  plastinalarini  o’rtasida  joylashadi. 

Har  bir  plastina  tashqi  tomonidan  oqsil  molekulasi  katlami  bilan  chegaralangan,  ularning 

oralig’ida esa xlorofil molekulalari va lipid katlami molekulalari joylashadi. 

 

Хloroplastning bunday tartibli tuzilishi uning asosiy funksiyasi - fotostntez protsessi 



bilan bog’lik. 

 

Fotosintezning  birlamchi  mahsulotlari-  kand  va  kraxmallar  dastlab  xloroplastning 



stromasida  kirralar  va  ularning  biriktiradigan  plastinalar  orasida  joylashadi,  so’ng 

o’simlikda tuplanadigan qismlarga tashiladi. 

 

Yashil  suv  o’tlarida  fotosintez  protsessi  xromatoforalarda  amalga  oshadi.  Ular  uz 



tarkibida  kirralarni  tutmaydi.  Birlamchi  sitez  mahsulotlari  bularda-har  xil  karbon  suvlar 

bo’lib ular perenoidlar deb ataluvchi maxsus strukturalar atrofida tuplanadi. 

 

Хloroplastlarni  rangi  xlorofilgagina  bog’lik  emas;  ularda  yana  sarikdan  kizil 



jigarranggacha  bo’yalgan  karotin  va  karotinoidlar,  shuningdek  fiqobilinlar  va  boshqa 

pigmentlar  ham  bo’lihi  mumkin.  Keyingilariga  kizil va ko’k yashil suv o’tlarida uchrovchi 

fikotsianin va fikoeritrinlar ham kiradi.  Хromoplastlar  odatda  sarik,  ok,  kizil  yoki  kungir 

ranglarga bo’yalgan bo’ladi. 

          Хromoplastlar  kelib  chiqishi  jihatidan  xloroplastlar  taraqqiyotining  oxirgi  etapi 

bo’lishi  kerak.  Bunda  xlorofil  asta  sekin  buzila  boradi  va  karotinoidlar  yigiladi. 

Хromoplastlar 

shuningdek, 

o’zida 

karotinoidlarni 

yiguvchi  proplastid  yoki 

leykoplastlardan rivojlanishi ham mumkin. 

 

Plastidlarning  navbatdagi  xili-  leykoplastlar  rangsiz  bo’ladi.  Ular  o’simlikni 



bo’yalmagan  qismlarida  joylashadi.  Leykoplastlarga  misol  qilib,  kartoshka  va  ko’pgina 

boshqa o’simliklar tuganaklarida uchrovchi aminoplastlarni olish mumkin. Aminoplastlarda 

ikkilamchi  kraxmalni mono- va disaharidlardan ikkilamchi sintezi bo’ladi. Bundan tashqari 

plastidlarni oqsillar sintezini amalga oshiruvchi organoid ekanligi ham aniqlangan.  

          Oqsillarni sintezi xloroplastlarda yaxshiroq o’rganilgan. Bu xloroplastlar stromasida 

joylashgan  ribosomalarda  amalga  oshiriladi.  Bu  ribosomalar  sitoplazmadagilardan 

kimyoviy  tarkibi,  kattaligi  va  strukturasi  jihatidan biroz farq qiladi. Oqsillar sintezi ustidan 

kontrol  xloroplast  stromasida  bo’ladigan  diametri  30-35   

o

A  keladigan  ingichka  ipsimon 



DNK  tomonidan amalga oshadi. U xloroplastlarni o’zida sintezlanadi. Bundan tashqari na 

xloroplastlarda RNK ham topilgan. 

 

Fotosintez  protsessida  xlorofil  qanday  rol  o’ynaydi,  va  bu  protsessda  kuyosh 



nurlari  spektrining  ayrim  qismlari  qanday  ahamiyatga  ega  degan  masalalarni  aniqlashda 

K.A.Тimiryazevning  xizmati  juda  katta.  Тimiryazev    xlorofilni  “Kuyosh  bilan  hayot 

o’rtasidagi bog’lovchi zanjir” deb, xlorofil donasini esa, kuyosh nuri kimyoviy energiyaga 

aylanib,  yerdagi  butun  hayotining  manbai  bo’lib  qoladigan bir fokus, olam bo’shlig’idagi 

bir nuqta deb karadi. 

Тimiryazev  kizil  nurlar  (tulkin  uzunligi730  dan  68  mm  gacha)  hammadan  ko’p  yutilishini, 

spektrning  ko’k binafsha qismidagi nurlar (to’lqin uzunligi 470 mm va undan kamroq) bir 

muncha kamroq yutilishini aniqladi. 

 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling