32
muskullarda miofibrillar oxirigacha bir jinslidir. Kungdalang tarkil tolali muskullarda ular
murakkab strukturali va nurlarni sindirish koeffitsiyentlari har xil bo’lgan uchastkalardan-
disklardan tuzilgan. Shu sababli disklarning ba’zilari koraroq, boshqalari esa, Aksincha
tinikka o’xshaydi. Disklarning to’g’ri navbatlashishi tufayli miofibrillar va hamma muskul
tolasi, umuman, kungdalang chizik hosil qiladi.
Har bir miofibrillar juda ingichka iplar-miofilamentlar yoki protofibrillar tutamidan
tashkil topgan.
Miofilamentlar ham yukonroq va ingichkaroq bo’lishi mumkin. Kimyoviy analizning
ko’rsatishicha yo’g’onroq miofilamentlarni tarkibiga miozin oqsili, ingichkarog’iga esa
aktin kiradi.
Aktin bilan miozinni o’zaro ta’sirida aktomiozin hosil bo’ladi. Fakat ana shu
aktomiozin qisqarish xususiyatiga ega.
Muskuldan ajratib olingan aktin ham, miozin ham qisqarmaydi.
Sillik muskullarda bir xil miofilomentlar bo’ladi.
NEYROFIBRILLAR - nerv hujayralarining tanasi va o’simtalaridan utuvchi nozik
fibrilli strukturalardir. Neyronlarning sitoplazmasi bilan birga ular kuzgalishni o’tkazmshda
ishtirok etsa kerak. Yakinda polyarizatsiya mikroskopi yordamida tirik nerv tolalarida
neyrofibrillarni topishga muyassar bo’lindi. Shu vaqtgacha bu organoidni borligiga shubxa
qilinib kelinar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |