Blokcheyn texnologiyasining ishlash printsipi va qo’llanilishi raximberdiyev Quvonchbek Baxtiyorovich


Blokcheyn zanjirlariga bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlar


Download 1.38 Mb.
bet8/11
Sana18.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1028399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BLOKCHEYNTEXNOLOGIYASININGISHLASHPRINTSIPIVAQOLLANILISHI

Blokcheyn zanjirlariga bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlar. Har bir tizimning o’ziga xos yovuz niyatli abonentlari ya’ni kriptoanalitiklari mavjud bo’ladi. Bloklar zanjirlaridagi ma’lumotlarga ham tahdidlar uyushtirilishi yoki bloklardagi yozuvlarni qalbakilashtirish kabi amallarni bajarishga harakat qiluvchi yovuz niyatli abonentlar mavjud. Yovuz niyatli abonenti bloklar yozuvlariga yoki ularning kalitlariga kriptohujumlarni uyushtira olmaydi, nazariy tomondan bu mumkin emas. Lekin, yovuz niyatli abonent suniy bloklar qo’shgan holda blokcheyndagi boshqa foydalanuvchilarni aldashga urinishi mumkin. Blokcheyn tizimiga bo’ladigan kripto hujumlarni quyidagicha ko’ramiz.
Suniy blok kiritish usuli. Mayli bizga quyidagicha bloklar zanjiri berilgan bo’lsin, Bu zanjirdagi barcha bloklardagi ma’lumotlar konfedentsialligi ta’minlangan bo’lib, bloklardagi barcha yozuvlar tizim foydalanuvchilari tomonidan haqiyqiy deb hisoblaniladi 10-rasm.
10-rasm

10-rasm. Blokcheyn tizimida mayning qilingan bloklar zanjiri. Bloklar Blokchain Demo1 platformasi orqali yaratildi va mayning jarayoni amalga oshirildi.
10 – rasmda ko’rib turganimizdek bloklar zanjiri tuzilib ma’lumotlar joylashtirilgan. Yozuv niyatli abonenti bu bloklar zanjiriga ta’sir ko’rsata olmaydi. Lekin, oldindan mavjud bo’lgan muhim ma’lumotlarni kiritgan holda mos kalit hosil qilib yangi suniy blok shakllantirishga harakat qilishi mumkin 11-rasm.
11-rasm

11-rasm. Suniy blok kiritish sxemasi (Suniy blok kiritish jarayoni Blokchain Demo2 platformasi orqali yaratildi).
yovuz niyatli mayner shakllantirilgan suniy blok sarlavhasiga o’zidan oldingi blok kalitini kiritadi va tizimdagi barcha foydalanuvchilarga uzatadi. Lekin, qabul qiluvchi foydalanuvchilar suniy blok mavjudligini oson va qisqa vaqt momentida aniqlaydi. Sababi, yangi kiritilgan suniy blokning kalitini undan oldingi bloklar kalitlariga qo’shib hisoblanmaganligi uchun keyingi foydalanuvchilar kalitlariga mos kelmaydi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling