Blokni tozalab qazib olishda ruda va atrof tog’ jinslarining kon-geologik xarakteristikasi


Blokning qazishdan hosil bo’lgan bo’shlig’ini mustahkamlash parametrlarini asoslash


Download 1.2 Mb.
bet5/12
Sana21.04.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1372518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI

4.Blokning qazishdan hosil bo’lgan bo’shlig’ini mustahkamlash parametrlarini asoslash
Blokda osilgan yon tomonini mineral to’ldirgich bilan metall ankerlar yordamida mustahkamlaymiz. Anker mustahkamlagichlar yuzaga keladigan kuchlanishlarni yo’naltirib, qatlamning turg’unligini(barqarorligini) saqlashga qaratilgan.
Anker mustahkamlagichi
Ankerli mustahkamlagich turli usullar orqali shpurga (skvajinaga) o‘rnatiladigan sterjen (anker) bo‘lib, lahim shifti va yon tomonlaridagi bo‘shoq (darzdor) jins qatlamlarini buzilishdan yoki deformatsiyalanishidan saqlaydi.
Anker mustahkamlagichi deganda tog’ jinsi qatlamlarini yoki konstruktiv bloklarni bir-biriga yoki yaxlit mustahkam atrof jinslarga mahkamlash(bog’lash) orqali tog’ jinsimassivini mustahkamlash va qazib olish ishlarini barqarorligini oshirish uchun shiftga, yon tomonlarga va asos jinsga ma'lum bir tarzda o'rnatilgan ankerlar tizimi tushuniladi.
Jahon amaliyotida anker bilan mustahkamlashning texnologik sikli quyidagi operatsiyalariga ajratiladi: anker uchun shpur burg'ulash; shpurga armatura(shtanga) o’rnatib eritma(beton) bilan to’ldirish; beton aralashma uzoq muddat davomida qattiqlashadi.
Po’lat arqon ankerlar ankerlarning bir turi bo’lib, sement aralashma(beton) bilan o'rnatiladi. Ushbu turdagi mustahkamlagichning temir beton shtangali mustahkamlagichga nisbatan afzalliklari, ayniqsa, qalin qatlamli ruda yotqiziqlarini qazib olishda tartib bilan to’ldirish imkoni mavjud.
2-3 qatlamni ko’tarilish tartibda qazib olishdaPo’lat arqonli ankerlar 15 m gacha skvajinaga sement aralashma to’ldirib o’rnatiladi va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Bundan Shvetsiya, Kanada, AQSh, Avstraliya konlarida tayyorlashqirqish va tozalab qazib oluvchi kavjoylarni mustahkamlash uchun keng qo'llaniladi.
Ankerni o'rnatish texnologiyasi quyidagi operatsiyalarni o'z ichiga oladi (8-rasm):

Burg'ulash

Shpurga sement aralashmani yetkazib berish(to’ldirish).

Po’lat arqonni
teshikka o'rnatish







8-rasm. Po’lat arqonli ankerni avtomatlashtirilgan tarzda o'rnatish uchun operatsiyalar ketma-ketligi.
1-tog’ jinsi massivi; 2-lahim(kavjoy); 3-shpur; 4-qatlam darzi; 5- aralashma quvuri; 6-aralashma; 7- po’lat arqon.




Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling