Bob. Chang ushlash apparatlari chang ushlashning ahamiyati


Inersion chang ushlagichlar


Download 0.7 Mb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1801270
1   2   3
Bog'liq
3-BOB

Inersion chang ushlagichlar


Inersion chang ushlagichlarda tozalash darajasini oshirish uchun og‘irlik kuchidan tashqari inersion kuchlardan foydalaniladi. Bunday holatda qurilmaning o‘lchami ancha kamayadi.
3.4 - rasmda eng oddiy inersion chang ushlagichning sxemasi ko‘rsatilgan. Inersion chang ushlagichning ishlash prinsipi quyidagidan iborat: changli gaz oqimi yo‘nalishining birdan o‘zgarishi paytida, qattiq zarrachalarning zichligi havo zichligiga nisbatan taxminan 1000 marotaba katta bo‘lganligi sababli, zarrachalar o‘z inersiyasi bilan oldingi yo‘nalishda harakatini davom ettirib, gazdan ajralgandan so‘ng, chang yig‘gichga tushadi, tozalangan gaz oqimi esa qurilmadan tashqariga chiqib ketadi.

    1. -rasm, a, b, da ko‘rsatilgan chang tutgichlarni changli qoplar, deb ham yuritiladi. Uning ishlashi juda oddiy bo‘lib, changli gaz kirish patrubkasi orqali pastga qarab harakatlanadi, so‘ngra gaz birdaniga yuqoriga buriladi, bunda chang gaz oqimidan ajralib, qurilmaning pastki qismiga tushadi. Masalan, tarkibida diametri 30 mkmdan katta zarrachalari bo‘lgan changli gazni tozalashga mo‘ljallangan changli qopning ajratish darajasi 65 –

85 % ni tashkil etadi. Gazning kirish patrubkasidagi tezligi taxminan 10 m/s, qurilmaning silindrsimon qismida esa 1 m/s ga teng bo‘ladi. Bunday chang tutgichning gidravlik qarshiligi 150 – 390 Pa.




















3.4-rasm. Inersion chang ushlagichlar sxemalari.


a) – ichida to‘sig‘i bo‘lgan kamera; b) – gaz oqimini tekis burilishga yo‘llaydigan kamera; v) – pastki qismi kengaygan konusli kamera; g) – chuqur bunkerli kamera; d) – chang apparatning o‘rtasidan beriluvchi chang qopi;
ye) –to‘siq plitali chang cho‘ktirgich;

Qaytaruvchi to‘siqli chang tutgich (3.4 - rasm, ye) ning samaradorligi changli qoplarnikiga nisbatan kam, qurilmaning gidravlik qarshiligi ham ancha kichik. 3.4 - rasm, b) da ko‘rsatilgan chang tutgichni ishlatish qulay bo‘lib, ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz


trubalariga joylashtirish mumkin, bunda gaz o‘tadigan truba- larning diametri 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.


Rotatsion yoki dinamik chang tutgichlarda chang zarrachasiga ta’sir qiluvchi markazdan qochma va Koriolis kuchlari ish g‘ildiragining aylanishi natijasida hosil bo‘ladi. Chang tutishning umumiy qonuniyatlari uyurmali va rotatsion qurilmalarda deyarli bir xil. Rotatsion chang tutgichning asosiy afzalligi shundan iboratki, uning ishlashi uchun qo‘shimcha tortish- puflash qurilmasi kerak emas. Rotorning aylanish sonini ko‘paytirish yo‘li bilan inersion va markazdan qochma chang tutgichlarga nisbatan ancha yuqori samaradorlikka erishishi mumkin.





    1. – rasm. Aylanuvchan teshikli barabanli rotatsion chang

tutgich;
a - ish sxemasi; b - baraban bilan ventilator bitta o‘qda joylashgan; v – uyurmani kamaytiradigan panjara;
1 - qobiq; 2 - chang to‘plagich; 3 - baraban; 4 – ventilator gildiragi; 5 - umumiy val; 6 - uyurmani kamaytiradigan panjara.

3.5 – rasmda aylanuvchan barabanli teshikli rotatsion chang tutgichlar ko‘rsatilgan. Bunday qurilmaning ishlash sxemasi 3.5 – rasm, a da izohlangan. Tozalanishi lozim bo‘lgan gaz oqimi perforatsiya qilingan aylanuvchan baraban orqali o‘tadi, chang


zarrachalari esa markazdan qochma kuch ta’sirida barabanning tashqarisida qoladi. 3.5 – rasm, b da ko‘rsatilgan chang tutgichning asosiy ish qismlariga ichi bo‘sh va yuzasi perforatsiya qilingan aylanuvchan baraban 3 va ventilator 4 kiradi.
Baraban va ventilatorning g‘ildiragi umumiy val 5 ga o‘rnatilgan. Val elektrodvigatel yordamida harakatga keladi. Baraban 3 ning ichida aylanuvchi g‘ildirak 4 yordamida gazni qurilmadan chiqarib yuborish uchun yetarli bo‘lgan vakuum hosil bo‘ladi. Chang markazdan qochma kuch ta’sirida barabanning perforatsiya qilingan yuzasidan ajraladi va qobiqning pastki qismidagi chang to‘plagich 2 da to‘planadi. 3.5 – rasm, v da ko‘rsatilgan qurilmada havoning chang yig‘iladigan qismidagi keraksiz uyurma harakatlarini susaytirish uchun maxsus panjaralar 6 o‘rnatilgan.
Rotatsion chang tutgichlar qatoriga maxsus turbina bilan ta’minlangan turbosiklonlar va turbokompressorlar kiradi. Trubina markazdan qochma kuch maydonini hosil qiladi va uni kuchaytiradi. Natijada gazlarni changdan tozalash darajasi ko‘payadi.




3.5-rasm Jalyuzli chang ushlagich.


1-jalyuzli panjara; 2-tozalangan gazlar(90%); 3-chang va changli gaz (10%);



Changli gaz oqimining qiya o‘rnatilgan plastinkalardan iborat panjara bilan to‘qnashib o‘z yo‘nalishini keskin o‘zgaritirishi prinsipi jalyuz tipidagi chang ushlagichlarda qo‘llanadi. Bu


apparatlar siklon yoki yengli filtrlardan oldin, gazlarni dastlabki tozalash uchun ishlatiladi.
Jalyuz panjaraga yo‘naltirilayotgan gazlar tezligining oshirishi dastlab chang ushlash darajasining oshishiga sabab bo‘ladi. 10 m/s tezlikdan boshlab esa o‘sish sustlashadi. Odatda, jalyuzli chang ushlagichlarda gaz tezligi 12-15 m/s ni tashkil etadi. Panjaraning gidravlik qarshiligi 100-500 Pa, jalyuzli chang ushlagichlar 20 mkm dan yirik o‘lchamdagi changlarni ushlashda qo‘llaniladi.
Kamchiliklari: panjaralarning yemirilishi va plastinka yuzasiga chang yopishib qolishi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling