Bob. Germaniya-avstriya-vengriya ittifoqi tomonidan urushning kirishi


Birinchi jahon urushi dunyoni qanday o‘zgartirib yubordi?


Download 90.12 Kb.
bet15/16
Sana15.06.2023
Hajmi90.12 Kb.
#1482783
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Avstriya Vengriya Birinchi jahon urushi yillarida

Birinchi jahon urushi dunyoni qanday o‘zgartirib yubordi?
Birinchi jahon urushida jami 38 ta davlat qatnashgan. O‘sha paytda ularda 1,5 milliard aholi yashardi.
Urushga jalb qilingan va harbiy harakatlarda qatnashgan odamlar soni 70 million kishidan oshiq bo‘lgan.
Urushda 10 million harbiy xizmatchi, yana shuncha tinch aholi halok bo‘lgan.
Eng katta yo‘qotish Germaniyada bo‘lgan. Bu urushda uning 2 milliondan oshiq harbiy xizmatchisi halok bo‘lgan.
Urush natijasida ikki katta imperiya — Rossiya va Germaniyada inqiloblar bo‘lib o‘tdi va boshqaruv tizimi o‘zgartirildi. Yana ikki imperiya — Avstriya-Vengriya va Usmonli saltanati parchalanib ketdi.
Avstriya-Vengriya parchalanishi ortidan bu imperiya bir nechta mustaqil davlatga bo‘linib ketdi, buning natijasida Chexoslovakiya, Polsha, Avstriya, Vengriya mustaqil davlatlarga aylandi. Shuningdek, Litva, Latviya, Estoniya, Finlyandiya Rossiya boshqaruvidan qutulib, mustaqil davlatga aylandi.
Urushda yengilgan Germaniyada inqilob bo‘lib o‘tdi va imperiya yiqitilib, 1919-yilda respublika e’lon qilindi.
1919-yildagi Versal shartnomasiga ko‘ra, bu mamlakat urush tufayli o‘zining 1/7 hududidan ayrildi.1921-yilda urush zararlari hisoblanib chiqilganidan so‘ng Germaniyaga g‘oliblarga 132 milliard oltin marka tovon to‘lash majburiyati qo‘yildi.
Tovonning 52 foizi Fransiyaga, 22 foizi Buyuk Britaniyaga, 10 foizi Italiyaga to‘lanishi belgilandi. Qolgan 16 foiz mablag‘ boshqa mamlakatlarga to‘lab berilishi belgilandi.
Qiziqarli jihati shundaki, tovon pulining oxirgi qismini Germaniya federal banki 2010 yil 4-oktabrda to‘lab berdi.
Birinchi jahon urushi oqibatida Germaniya Elzas va Lotaringiya viloyatlarini qo‘ldan chiqardi. Ular Fransiya boshqaruviga o‘tdi.
Poznan, Yuqori Sileziya, shuningdek, Pomeraniya va Sharqiy Prussiya Polshaga qo‘shib berildi. Shu tariqa, urushgacha Boltiq dengiziga to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqolmagan Polsha ushbu dengizda ham o‘z hudulariga ega bo‘ldi9.
Eypen, Malmedi va Moreno okruglari Belgiyaga berildi.
Shlezvig okrugining shimoliy qismi Daniyaga berildi.
Memel (Klaypeda) okrugi 1923-yilda Litvaga berildi.
Dansig (Gdansk) erkin shahar deb e’lon qilindi va keyinchalik Polshaga qo‘shildi.
Shuningdek, Germaniya o‘zining boshqa qit’alardagi mustamlakalaridan ham ajraldi. Jumladan, Karolina, Mariana va Marshall orollari hamda Tinch okeanidagi boshqa yana bir nechta orol Yaponiyaga berildi.
Janubiy-g‘arbiy Afrika va Tanzaniyani Buyuk Britaniya tortib oldi. Burundi va Ruandani Belgiyaga berishdi. Kamerun va Togoni Fransiya tortib oldi.
Avstriya-Vengriya imperiyasi urushgacha ko‘plab mamlakatlarni qo‘l ostida majburan ushlab turgan katta bir imperiya edi. Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Polshaning bir qismi, Bosniya, Sloveniya, Xorvatiya va ko‘plab boshqa katta-kichik hududlar imperiya tarkibida edi. Urushdan so‘ng imperiya parchalanib, Chexoslovakiya, Vengriya, Avstriya kabi mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi.
Urush natijasida Avstriyaning Bogemiya, Moraviya va Sileziya hududlari Chexoslovakiyaga berildi. Janubiy Tirol, Yuliysk o‘lkasi, Istriya o‘lkasi Italiyaga o‘tdi.
Fiume (Riyeka) shahri (mintaqadagi eng yirik port shahri), Dalmatsiya, Krayna, Sloveniya, Xorvatiya, Voyevodina Serb qirolligi tarkibiga o‘tdi. Galitsiya va Lodomeriya Polshaga berildi.
Bukovina, Transilvaniya va Banat Ruminiyaga o‘tdi. Slovakiya va asosan ukrainlar yashaydigan Karpatorti o‘lkasi Chexoslovakiya tarkibiga o‘tdi.
Urushda Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyalari tomonida turib urishgan Usmonli saltanati ham katta hududlarini yo‘qotdi. Bu yerda ham inqilob amalga oshirildi. Bo‘lib turgan taloto‘plardan foydalanib, mamlakatga hujum qilgan Yevropa davlatlarining birlashgan qo‘shinini yenggan Mustafo Kamol Otaturk yangi Turkiya asoschisiga aylandi.
1923-yilda imzolangan Lozanna shartnomasi Usmonli saltanatini amalda yiqitdi. Mamlakat katta hududlaridan ayrildi.
Birinchi jahon urushida Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyasi tomonida bo‘lgan Turkiya urush tugaganidan so‘ng Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Arabiston yarim orolidagi mustamlakalaridan ayrildi. Misr, Falastin, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Iroq Buyuk Britaniya qo‘l ostiga o‘tdi. Suriya va Livan Fransiya mustamlakasiga aylandi. Egey dengizidagi ko‘plab orollar: Lemnos, Samotraki, Lesbos, Xios, Samos, Ikariya Gretsiyaga berildi.
Birinchi jahon urushida Germaniya va Avstriya-Vengriya tomonida turib urushgan yana bir mamlakat — Bolgariya ham ancha hududidan ayrildi va urush g‘oliblariga 2,25 milliard oltin frank miqdorida tovon puli to‘ladi. G‘arbiy Frakiya Gretsiyaga o‘tdi. Janubiy Dobrudja Ruminiyaga berildi. Makedoniyaning bir qismi Serb qirolligiga o‘tdi.
Rossiya g‘oliblar qatorida bo‘lsa ham, ancha hududlarini yo‘qotdi. 1917-yilda, hali urush davom etayotgan vaqtda Rossiyada inqilob bo‘lib o‘tdi, natijada imperiya qulatildi. Mamlakatni o‘zlarini kommunistlar, chekistlar, inqilobchilar deb atagan Vladimir Lenin boshliq guruh egallab oldi. Inqilob oqibatida mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Bir paytlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan turli mintaqalarda milliy ozodlik harakatlari boshlandi. Ammo Lenin ularning hammasini qonga botirib, bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu jumladan bizda, Markaziy Osiyoda ham milliy ozodlik harakatlari ayovsiz bostirildi. Oqibatda aksar milliy hududlar amalda Rossiya imperiyasi o‘rniga paydo bo‘lgan SSSRning mustamlakasi bo‘lib qoldi.
Rossiya inqilob tufayli o‘z tuzumini o‘zgartirganidan so‘ng Birinchi jahon tugashi ortidan Rossiya tarkibida bo‘lgan Finlyandiya, Polsha, Ukraina, Belarus, Litva, Latviya va Estoniya mustaqil bo‘ldi. Ammo bolsheviklar yo‘qotilgan hududlardan Ukrainani qisqa muddatda yana Rossiya tarkibiga qaytarib oldi. 1940-yilda, Ikkinchi jahon urushi ketayotgan paytda Latviya, Litva va Estoniyani ham qaytarib qoldi. Polsha va Finlandiya mustaqil bo‘lib qoldi.
Shu tariqa, Birinchi jahon urushi Yer kurrasi siyosiy xaritasini ancha o‘zgartirib yubordi. Imperiyalar quladi. Yangidan yangi mustaqil davlatlar tashkil topdi va keying — Ikkinchi jahon urushigacha yashadi.
Germaniya Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyat uchun yetarlicha xulosalar qilmagan ekan, 1-jahon urushi tugaganidan rosa 20 o‘tib yana imperalistik g‘oyalari va bosqinchilik siyosati bilan Ikkinchi jahon urushini boshladi.
Nima bo‘lganda ham, bugun dunyo boshqa urush ko‘rmasin, doim tinchlik bo‘lsin deb yaxshi niyat qilamiz. Urushning oti o‘chsin! Ammo inson bor ekan, turli urushlar bo‘laveradi shekilli. Aks holda insoniyat XX asrda sodir bo‘lgan ikki jahon urushidan yetarlicha xulosa chiqarar edi.
Birinchi jahon urushining bosh sababi ikki harbiy-siyosiy guruh o`rtasida bo`lingan dunyoni qayta bo`lib olish edi. Dunyoning yetakchi davlatlari o`z yovuz maqsadlari yo`lida ma'naviy tubanlikka ketib boylik orttirish uchun millionlab insonlarni qurbon qilishga bel bog`ladilar. 1914- yilning 28- iyulida serbiyalik millatchi tomonidan Sarayevoda Avstriya-Vengriya taxti vorisi F. Ferdinand o`ldirildi.
Avstriya-Vengriya hukumati Serbiyaga juda haqoratli talablar qo`yilgan ultimatum yubordi. Serbiya hukumati ultimatumning faqat birgina talabiga, ya'ni suiqasd yuzasidan o`tkaziladigan tergov ishlarini Avstriya-Vengriya davlat huquqiy idoralari olib borishiga rozilik bermagan. Bu esa Avstriya-Vengriyaning 28- iyulda Serbiyaga urush e'lon qilishiga bahona bo`ldi. Serbiya ittifoqchisi Rossiya bunga javoban 29- iyul kuni qisman harbiy safarbarlik e'lon qildi10.
Bundan Germaniya hukmron doiralari 1- avgustda Rossiyaga, 3avgustda esa uning ittifoqchisi Fransiyaga urush e'lqn qilish uchun bahona sifatida foydalandi. Germaniya Belgiyaning betaraflik maqomini buzib, bu davlatga hujum qildi. Belgiyaning betarafligi to`g`risidagi xalqaro hujjatni bir vaqtlar Prussiya ham imzolagan edi. Biroq, 1914yilda Germaniya hukumati bu hujjatni surbetlik bilan «bir parcha qog`oz» deb atadi. Germaniyaning Belgiyaga hujumiga javoban Angliya Belgiyani himoya qilish bahon&i bilan 4- avgust kuni Germaniyaga urush e'lon qildi. Urush shu tarzda boshlanib ketdi. 15- avgust kuni Yaponiya Germaniyadan Xitoydagi mustamlaka hududlarini Yaponiyaga berish talabi bilan chiqdi. Rad javobini olgach, 23- avgustda Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qildi. Germaniya 1914 yilning oktabr oyida Usmonli turklar imperiyasini, keyinchalik Bolgariyani o`z tarafida turib urushda qatnashtirishga muvaffaq bo`ldi. Tez orada Kavkazorti, Suriya va Falastinda, Bolqon yarim orolida, shuningdek, Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalarida yangi frontlar vujudga keldi.
Faqatgina Serbiya va Belgiyadan tashqari barcha davlatlar uchun bu urush bosqinchilik urushi edi.
Germaniya armiyasi generali fon Shliffen yashin tezligida g`alabaga erishish rejasini tuzib chiqqan edi. Rejaga ko`ra Germaniya armiyasi betaraf Belgiya hududi orqali Fransiyaga hujum qilishi, Germaniya—Fransiya chegarasida to`plangan Fransiya armiyasini qurshab olib, uni kuzgacha tor-mor etishi va shu orqali Fransiyaning taslim bo`lishiga erishishi kerak edi. So`ngra qisqa vaqt ichida Rossiyani ham tor-mor keltirish mo`ljallangan edi.
3- avgustda shiddat bilan hujumga o`tgan Germaniya armiyasi yaqin bir oy ichida Parijga yaqinlashib qoldi Fransiyaning taslim bo`lishi muqarrardek edi. Hatto, hukumat vaqtincha bo`lsa-da, Parijdan chiqib ketishga majbur bo`ldi.
Biroq, Shliffen rejasi amalga oshmay qoldi. Bunga Fransiya hukumatining iltimosiga ko`ra 17- avgust kuni Rossiyaning Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi boshlagan hujumi sabab bo`ldi.
G`arbiy frontda Germaniya harbiy qudratining ma'lum darajada kuchsizlanishi Fransiyani saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, bu hol Fransiyaga kuch to`plab qarshi hujumga o`tishiga imkon yaratdi. Germaniya rus armiyasini Sharqiy Prussiyadan siqib chiqarsa-da, rus armiyasi Avstriya-Vengriyaga qarshi hujumini davom ettirdi11.
Marna daryosi bo`yida Fransiya va Angliyaning birlashgan armiyasi 1914- yilning sentabrida Germaniya qo`shinlariga qarshi hujumga o`tdi. Marna jangida har ikki tomondan 2 mln. ga yaqin jangchi qatnashdi. Bu jangda Angliya va Fransiya armiyasining qo`li baland keldi.
Og`ir ahvolga tushib qolgan nemis qo`mondonligi 9- sentabrda butun g`arbiy front bo`ylab chekinishga buyruq berishga majbur bo`ldi.
Marna jangida erishilgan g`alaba tufayli Germaniyaning yashin tezligida g`alaba qozonish rejasi barbod bo`ldi.
Turkiya hukmron doiralarining aksariyati Germaniya tarafida turib urushda qatnashishni maqsadga muvofiq deb hisoblardi. Chunki, ularning fikricha, Turkiyaning o`zi bosib olishi mo`ljallangan yerlar yo Rossiya qo'1 ostida, yoki Angliya qo'1 ostida edi.
Ana shu bosqinchilik niyatini amalga oshirish ilinji Turkiyani 1914yilning 2- avgustida yashirin sharoitda Germaniya bilan ittifoq shartnomasini imzolashga olib keldi.
11- oktabr kuni Germaniya Turkiyaga katta miqdorda qarz taklif etdi. Turkiyadan shu qarzni olgan zahotiyoq urushga kirishga va'da oldi.
Germanparast, harbiy vazir va Bosh qo`mondon Anvar poshsho 29oktabr kuni Turkiya flotiga nemis admirali Sushan qo`mondonligida Qora dengizga chiqishga va Rossiyaning hududlarini o`qqa tutishga buyruq berdi. 2- noyabr kuni Rossiya Turkiya hujumiga javoban unga urush e'lon qildi. Urush harakatlari uzunligi 350 km bo`lgan Kavkaz frontini vujudga keltirdi. 5—6- noyabr kunlari Angliya va Fransiya ham Turkiyaga urush e'lon qildilar.
1915- yilning 19- yanvarida Antanta harbiy dengiz kuchlari Turkiyaga qarshi Dardanell bo`g`ozida harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi. Germaniya mumkin bo`lgan barcha imkoniyatlardan foydalanib, Turkiyaga yordam ko`rsatdi.
Natijada, Angliya harbiy dengiz flotiga katta talafot yetkazildi. Bu operatsiya natijasida 200 ming ingliz soldati halok bo`ldi va yaralandi.
xulosa
Sharqiy front 1915- yilda asosiy urush harakatlari i maydoniga aylandi. Germaniya va Avstriya-Vengriya o`z qurolli kuchlarining yarmiga yaqinini Rossiyaga tashlashga qaror qildilar. Ittifoqchilarning qo`shinlari 1915- yilning bahorida hujum harakatlarini Galitsiyadan (g`arbiy Ukraina) boshladilar. Natijada, 1915- yilning bahori va yozida rus armiyasi qonli mudofaa janglari olib borishga majbur bo`ldi. Rus armiyasi mislsiz darajada talafot ko`rdi. 850 ming soldat va ofitser halok bo`ldi. 900 ming nafari esa asirga tushib qoldi.
Rus armiyasi qattiq qarshilik ko`rsatsa-da, kuchlar noteng bo`lgan janglar natijasida Polshani, Boltiqbo`yi, g`arbiy Belorussiya va g`arbiy Ukrainaning bir qismini tashlab chiqishga majbur bo`ldi. Bu chekinish birinchi jahon urushi tarixiga «buyuk chekinish» nomi bilan kirgan.
Sharqiy frontdagi dastlabki muvaffaqiyatlardan ruhlanga Germaniya g`arbiy frontdagi ahvolini ham o`zgartirib olmoqchi bo`ldi. Bu o`rinda u mutlaqo yangi qurol—suvosti kemalariga katta umid bog`ladi.
Ayni paytda, Germaniya harbiy harakatlar hududlaridagi har qanday suv usti kemalarini ham cho`ktirib yuborish niyatida edi. Shunday qildi ham. Chunonchi, 1915- yilning 7- may kuni Germaniya suvosti kemalari Angliyaning «Luzitaniya» deb ataluvchi ulkan yo`lovchilar tashish kemasini cho`ktirib yubordi. Uning bortida jami 2000 ga yaqin yo`lovchi (shu jumladan 126 nafar AQSh fuqarosi) bor edi.
Ulardan 1195 nafari halok bo`ldi. Germaniya tomonidan yuzlab yuk kemalari yo`q qilinib tashlandi.
Germaniya faqat suvosti kemalaridangina foydalanib qolmadi. U 1915- yilning 25- aprelida Ipr jangida urushlar tarixida birinchi marotaba kimyoviy qurol—zaharli gaz (xlor) ishlatdi. Buning natijasida 15000 kishi zaharlandi. Ulardan 5 mingi vafot etdi. Biroq, bu qurol ham Germaniya kutgan natijani bermadi. Antanta armiyasi tez orada gazga qarshi himoya vositasi (protivogaz) bilan ta'minlandi.
Italiya rasman «Uchlar ittifoqi»ning a'zosi bo`lsada, uning maqsadi urushda kimning qo`li baland kelishiga amalda ishonch hosil qilish hamda qaysi tomon Italiyaga urushdan so`ng ko`p o`lja va'da qilishini kutib turish edi. Antanta Italiyaga u so`ragan hududlarning barchasini berishga rozi bo`ldi. 1915-yilning 26- aprelidaAntantabilanltaliyao`rtasidaLondonda shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko`ra, Italiya bir oy o`tgach o`zining sobiq ittifoqdoshlariga qarshi urushga kirishi zarur edi. Bu majburiyat Angliyaning Italiyaga 50 mln. funt-sterling hajmda qarz berishi bilan mustahkamlandi.
3- may kuni Italiya hukumati «Uchlar ittifoqi» to`g`risidagi shartnomadan chiqqanligini bildirdi. 23- may kuni esa Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e'lon qildi. Italiyaning Antanta tomoniga og`dirilishi Germaniya diplomatiyasining katta mag`lubiyati edi.
Yevropada borayotgan urush harakatlari Uzoq Sharq va Tinch okeandagi Yaponiyaning harbiy harakatlari uchun qulay sharoit tug`dirdi. U 1915- yilning` 18-yanvarida Xitoy hukumati oldiga Shandun viloyatini Germaniya ta'sir doirasidan Yaponiya ta'sir doirasiga o`tkazish; Sharqiy Ichki Mo`g`iliston va Janubiy Manjuriyada Yaponiyaning mavqeyini yanada mustahkamlashga imkon berish; Port-Artur, Janubiy Manjuriya va Andun-Mukden temiryo`llarining ijara muddatini yana 99 yillik muddatga uzaytirish; Yaponiya fuqarolarining Janubiy Manjuriya va Sharqiy Ichki Mo`g`ilistonda yer maydonlariga ega bo`lishi va boshqa talablarni qo`ydi. Ayni paytda, Yaponiya voqeaga AQShning aralashuvi mumkinligidan tashvishga ham tushib qoldi. Shu tufayli, Xitoy oldiga qo`ygan qator talablaridan voz kechdi.
8- may kuni Xitoy Yaponiyaning biroz yumshatilgan talablarini qabul qildi.
Dardanell operatsiyasining muvaffaqiyatsizlikka uchrashi va Rossiya armiyasining 1915- yilgi buyuk chekinishi Bolgariyani kimning tarafida urushga kirishi masalasini hal etdi. Germaniya 1915- yilning 15- sentabr kuni Bolgariya va Turkiya, 6- sentabr kuni esa, Avstriya-Vengriya va Bolgariya o`rtasida ittifoqchilik shartnomalari imzolandi. Shu tariqa «To`rtlar ittifoqi» vujudga keldi.


Download 90.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling