Bob. "Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar" faniga kirish


 Axborotlashtirish sohasida me‟yoriy-huquqiy hujjatlar


Download 424.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana12.11.2023
Hajmi424.59 Kb.
#1767797
1   2   3   4   5   6   7   8
 
1.4. Axborotlashtirish sohasida me‟yoriy-huquqiy hujjatlar 


O‗zbekiston Respublikasining ―Axborotlashtirish to‗g‗risida‖gi (2003-yil
11-dekabr) qonuniga asosan Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot 
resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda 
takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy 
axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‗nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
- har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini 
amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta‘minlash; 
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, 
shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida 
O‗zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; 
- xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‗idan erkin 
foydalanish uchun sharoit yaratish; 
- davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda 
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‗zaro aloqada ishlashini ta‘minlash; 
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil 
etish; 
- axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga 
ko‗maklashish; 
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‗batlantirish; 
- tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, investitsiyalarni jalb etish 
uchun qulay sharoit yaratish. 
Bundan tashqari axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi 
quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi: 
1. Axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot 
tizimlarini yaratish tartibi; 
2. Axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo‗lgan mulk huquqi; 
3. Axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo‗yicha toifasi; 
4. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibi; 


5. Axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibi. 
Hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda ushbu qonunning 4-bandi juda 
muhim hisoblanadi va bu borada qonunda axborot resurslari va axborot tizimlarini 
muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi, deb quyidagilar e‘tirof 
etilgan:
- shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta‘minlash; 
- axborot resurslarining tarqalib ketishi, o‗g‗irlanishi, yo‗qotilishi, buzib talqin 
etilishi, to‗sib qo‗yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda 
ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish; 
- axborotni yo‗q qilish, to‗sib qo‗yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin 
etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot 
tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish; 
- axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash. 
Shulardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda axborotlashtirishga 
qaratilgan dasturlar qabul qilingan. Shulardan biri ―Elektron hukumat‖ dasturi 
bo‗lib, uning doirasida davlat reyestriga kiritilgan axborot tizimlari turizm sohasini 
rivojlantirishga qaratilgan bo‗lib, bularga quyidagi veb-saytlarni keltirish mumkin: 
-―O‗zbekturizm‖ Milliy kompaniyasining rasmiy internet-sayti
(http://www.uzbektourism.uz/). 
- O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligi (http://mfer.uz/). 
- O‗zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (http://mfa.uz/). 
- Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali (http://my.gov.uz/). 
-―O‗zbekiston havo yo‗llari‖ milliy aviakompaniyasining rasmiy internet-sayti
(https://www.uzairways.com/ ).
-―O‗zbekiston temir yo‗llari‖ aksiyadorlik jamiyatining rasmiy internet-sayti
(http://www.uzrailway.uz/).
-―O‗zbekiston davlat statistika qo‗mitasi‖ ning rasmiy internet-sayti
(http://stat.uz/).


Turizm sohasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar quyidagi qonunlar va 
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi: 
1. O‗zbekiston Respublikasining ―Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari 
to‗g‗risida‖ gi (2002-yil 12-dekabr) qonuni.
2. O‗zbekiston Respublikasining ―Turizm to‗g‗risida‖ gi (1999-yil 20-avgust) 
qonuni. 
3. O‗zbekiston Respublikasining ―Reklama to‗g‗risida‖ gi (1998-yil 25-
dekabr) qonuni. 
4. O‗zbekiston Respublikasining ―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‗g‗risida‖ gi (1996-yil 26-aprel) qonuni. 
Turizm sohasida yuzaga keladigan munosabatlarda axborotga bo‗lgan 
ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatni tartibga solishda quyidagi tamoyillar 
asos qilib olingan: 
- axborot bilan ishlashda erkinlik; 
- axborotni cheklash faqatgina qonun bilan belgilab qo‗yiladi; 
- davlat organlari axborotlari bilan ishlashning ochiqligi;
- axborot xavfsizligini ta‘minlashda ma‘sulligi;
- axborotlarning haqqoniyligini va o‗z vaqtida yetkazib berishni ta‘minlash;
- inson huquqlarini buzishga qaratilgan axborotlarni to‗plash va tarqatishga 
yo‗l qo‗ymaslik. 
Ushbu tamoyillar bevosita O‗zbekiston Respublikasining ―Axborotlashtirish 
to‗g‗risida‖ gi 2003-yil 11-dekabrdgi qonuni va ―Axborot erkinligi prinsiplari va 
kafolatlari to‗g‗risida‖ gi (2002-yil 12-dekabr) qonunlaridan kelib chiqadi. Ikkinchi
qonunning 6-moddasida maxfiy axborotdan tashqari barcha axborotlar ochiq va 
oshkora bo‗lishi kerakligi ta‘kidlab o‗tilgan. Bularga quyidagilar kiradi: 
- fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularni ro‗yobga chiqarish tartibi 
to‗g‗risidagi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, 
fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va 
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi 
qonun hujjatlari; 


- ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favqulodda 
vaziyatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar hamda aholining, aholi punktlarining
ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini 
ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan boshqa axborotlar; 
- kutubxonalarning, arxivlarning va O‗zbekiston Respublikasi hududida 
faoliyat ko‗rsatayotgan yuridik shaxslarga tegishli axborot tizimlarining 
ochiq fondlaridagi mavjud ma‘lumotlar. 
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‗zini-o‗zi 
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat 
tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va 
jarayonlar to‗g‗risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy 
axborot vositalariga xabar berishi shart. 
Bundan tashqari ushbu qonun bilan axborotdan hamma erkin foydalanishi 
mumkinligi ta‘minlanishi va haqqoniy bo‗lishi belgilab berilgan. O‗z navbatida 
qonunda axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlangan. Shu bilan 
birga ommaviy axborot vositalari o‗zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi 
uchun ham axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan 
tartibda javobgar bo‗lishi qayd qilingan. 
O‗zbekiston Respublikasining ―Turizm to‗g‗risida‖ gi (1999-yil 20-avgust) 
qonuniga asosan turistning huquqlaridan biri bu: “sayohatga taalluqli to‗liq va 
ishonchli axborot olish‖ bo‗lsa, turistik faoliyat subyektining majburiyatlarida 
―turistlarga turni tashkil qilish, ularning huquqlari va majburiyatlari to‗g‗risida 
to‗liq axborot berishi‖ belgilab qo‗yilgan.  
O‗zbekiston Respublikasining ―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya 
qilish 
to‗g‗risida‖gi 
(1996-yil 
26-aprel) 
qonunining 
4-moddasida 
iste‘molchilarning huquqlaridan biri – ― tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, 
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‗g‗ri va to‗liq ma‘lumot olish‖ 
huquqiga ega deb belgilab qo‗yilgan. Bundan tashqari ushbu qonunning 7-
moddasida ―Tovar (ish, xizmat) haqida noto‗g‗ri ma‘lumot berilgan taqdirda 
iste‘molchining huquqlari‖ belgilab qo‗yilganidek,  agar tovar (ish, xizmat) haqida 


noto‗g‗ri yoki yetarli darajada to‗liq bo‗lmagan ma‘lumot berilganligi aniqlansa va 
u zarur iste‘mol xossalariga ega bo‗lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga 
sabab bo‗lsa, iste‘molchi shartnomani bekor qilishga va o‗ziga yetkazilgan 
zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Shundan kelib chiqqan holda turist mijoz sifatida unga qanday turistik 
xizmat ko‗rsatilishi, kim tomonidan ushbu xizmat amalga oshirilishi haqida 
ma‘lumot olish huquqiga egadir.
O‗zbekiston Respublikasining yana bir muhim qonunlaridan biri ―Reklama 
to‗g‗risida‖ gi (1998-yil 25-dekabr) qonun bo‗lib, unga binoan reklamada 
quyidagilar taqiqlanadi: 
- ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan 
taqiqlangan mahsulot to‗g‗risida axborot tarqatish; 
- jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va 
ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‗ra kamsitish yoki o‗zga 
shaxslarning mahsulotini badnom etish; 
- qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan, fuqarolarning 
sog‗lig‗i yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar 
yetkazilishi mumkin bo‗lgan, shuningdek, xavfsizlik vositalariga 
e‘tiborsizlik tuyg‗usini uyg‗otuvchi harakatlarga da‘vat qilish; 
- majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‗lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud 
realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‗lishi talab 
etiladigan mahsulotning tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‗lmay turib 
reklama qilish; 
- agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida 
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‗lmasa, boshqa mahsulot reklamasida 
qo‗llaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli 
ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‗xshatma qilish); 
- jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish; 
- pornografiyani tarqatish; 


- axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan xorijiy so‗z 
va iboralardan foydalanish;
- mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan 
ma‘qullanganligini ko‗rsatish;
- ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‗yilgan 
rag‗batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‗yin yoki shunga o‗xshash boshqa tadbir 
o‗tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uning o‗tkazish qoidalari va 
muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki 
yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‗rsatmagan 
holda reklama qilish;
- mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‗rsatish belgisi reklama qilish 
taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar 
belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‗rsatish belgisi bilan 
adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‗xshash bo‗lgan 
boshqa mahsulotning reklamasi ko‗rinishida reklama qilish. 
Bundan tashqari noaniqligi, ikki xil ma‘noni anglatishi, bo‗rttirib yuborishi, 
yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan 
qo‗yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni 
buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‗ituvchi yoki chalg‗itishi 
mumkin bo‗lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma‘naviy zarar 
yetkazishi mumkin bo‗lgan reklama noto‗g‗ri (insofsiz, bilaturib yolg‗on) reklama 
hisoblanadi va u taqiqlanadi. 

Download 424.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling