Bob. "Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar" faniga kirish


a x b o r o t i n d u s t r i y a s i n i


Download 424.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana12.11.2023
Hajmi424.59 Kb.
#1767797
1   2   3   4   5   6   7   8
a x b o r o t i n d u s t r i y a s i n i  oldingi qatorga surmoqda.
 
Yaponiyalik 
olimlarning 
fikricha, 
axborotlashgan 
jamiyatda 
kompyuterlashtirish jarayonlari insonlarga axborotlarning ishonchli manbalariga 
kirish imkoniyatini yaratib, ularni mehnattalab ishdan ozod qiladi va ishlab 
chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotlarni avtomatlashtirilgan usulda qayta 
ishlashni yuqori darajada tashkil qiladi. Jamiyatning taraqqiy etib borishining 
asosiy 
kuchi 
bo‗lib, 
material 
ko‗rinishdagi 
mahsulotni 
emas 
balki a x b o r o t m a h s u l o t l a r i n i  yaratish hisoblanadi.
 
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi 
va qadriyatlar tizimi ham tubdan o‗zgaradi. Tovarlar ishlab chiqarish va iste‘mol 
qilishga yo‗naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan axborotlashgan jamiyatda esa 
intellekt, bilimlarni ishlab chiqish va iste‘mol qilishga yo‗naltirilgan bo‗lib, 
tovarlarda aqliy mehnat ulushining oshib borishiga olib keladi. Bunday jamiyatda 
bilimga bo‗lgan talab ortib boraveradi.
 
Hozirgi kunga kelib, rivojlangan davlatlarda fan va texnikaning rivojlanib 
borishi bilan axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishi bo‗yicha 
nazariyotchilarning aytgan fikrlari amalda namoyon bo‗lmoqda. Barcha dunyo 
borlig‗ining bir yagona kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan elektron 
xonadon va kottejlardagi insonlar hamjamiyatiga aylanib borishi bashorat 
qilinmoqda. Hohlagan yashash joyi turli xildagi elektron asboblar va kompyuter 
vositalari bilan jihozlangandir. 
1.3. Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli 
 


Insonlar, jamoalar va tashkilotlarning faoliyati hozirgi kunda borgan sari 
mavjud axborotlardan samarali foydalanishi bilan bog‗liq bo‗lmoqda. Bunga 
erishish uchun avvalom bor axborotlarni yig‗ish, qayta ishlash va taqdim etish 
borasida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishga to‗g‗ri keladi. Turli sohalarda 
optimal qarorlar qabul qilish uchun katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab 
qilinadi, bu esa maxsus texnik vositalarni jalb qilmasdan hal qilib bo‗lmaydi.
 
Axborot hajmining ortib ketishi XX-asrning o‗rtalariga to‗g‗ri keladi. 
Insonga axborotlar oqimi oqib kela boshlab, unga axborotlardan to‗liq holda 
foydalanish imkoniyalarini chegaralab qo‗ydi. Har kuni kelayotgan axborotlar 
oqimida oriyentir olish qiyinlashib bordi. Vujudga kelayotgan katta hajmdagi 

Download 424.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling