Bob. "Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar" faniga kirish


 Raqamli iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli


Download 424.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana12.11.2023
Hajmi424.59 Kb.
#1767797
1   2   3   4   5   6   7   8
1.5. Raqamli iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli 
va vazifalari 
Ilmsiz, ma‘rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish 
mushkul. Yusuf Xos Hojib o‗zining ―Qutadg‗u bilik‖ asarida ―Bilimsiz kishi 
mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!‖, deb ilm-ma‘rifatning 
o‗rni naqadar dolzarb va muhimligini ko‗rsatib o‗tgan. Davlatimiz rahbari 
tomonidan ilm-ma‘rifatga alohida urg‗u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni 


rivojlantirish masalasi kun tartibiga qo‗yilishi iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan 
kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to‗liq amal qiladigan demokratik davlat 
qurishga qaratilgan muhim qadam ifodasidir. 
Ta‘kidlash lozimki, Prezidentimizning ―Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 
2018 yil 19 fevraldagi Farmoni Hukumatimiz tomonidan raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish bo‗yicha muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga va hayotga tatbiq 
etilishiga asos bo‗ldi. 
Ba‘zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o‗ylashi 
mumkin. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) 
texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini 
yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, 
kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‗lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot 
(Digital 
Economy) 
deganda, 
raqamli 
kommunikatsiyalar, 
Axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
yordamida 
olib 
boriladigan 
iqtisodiyot 
tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham 
qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‗yxatdan 
o‗tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‗lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda 
yangi Raqamli iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar qo‗llanilishi 
tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi. 
Jahon bankining ―Raqamli dividendlar‖ nomli tadqiqoti xulosalari 
mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb 
va muhim masala ekanligini ko‗rsatadi. Xususan, internet tezligining 10 foizga 
o‗sishi mamlakat YaIM o‗sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu 
ko‗rsatkich 1,21 foizni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga 
teng. Demak, internet tezligi 2 barobar oshadigan bo‗lsa, YaIM hajmi 13-14 foiz 
ortishiga erishish mumkin. 
Jahondagi globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va 
kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, Raqamli iqtisodiyotda axborot-
kommunikatsion texnologiyalar rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o‗sish 


sur‘atlariga ta‘sir etadi. Yangi O‗zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar 
natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda 
sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta 
jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo 
hajmining o‗sishini misol qilib keltirish mumkin. ―Elektron hukumat‖, ―Elektron 
boshqaruv‖, ―Telekommunikatsiya‖, ―Internet‖, ―Veb-sayt‖ kabi ko‗plab iboralar 
hayotimizning ajralmas bo‗lagiga aylandi. Raqamli iqtisodiyotda axborot-
kommunikatsion texnologiyalar kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab 
olmoqda. 
Raqamli iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida 
tannarxni kamaytirishga, natijada optimallashuvga va samaradorlik oshishiga 
erishiladi. 
Raqamli iqtisodiyotda zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsiyalar 
muhim hamda ustuvor ahamiyatga ega bo‗ladi. Bunda ilmiy sig‗imkorlik yuqori 
bo‗lgan tarmoqlar ravnaq topadi. 
Raqamli iqtisodiyot rivojlangan davlatlarda YaIM hajmi ham, YaIMning 
aholi son boshiga ulushi ham yuqoridir. Shu jihatdan, davlatimiz rahbarining bu 
masalaga katta e‘tibor qaratishi bir maqsadni ko‗zlaydi, u ham bo‗lsa, birinchidan, 
aholining yashash darajasini yuksaltirish, ikkinchidan, aholining real daromadlarini 
oshirish va xalqimizni rozi qilishdir. 
Ekspertlarning fikricha, 2020 yildan boshlab yirik banklarning qariyb 30 
foizidan ortig‗i o‗zlarining ish faoliyatida blokcheyn texnologiyasidan 
foydalanishni boshlab yuborishdi. Bunga blokcheyn texnologiyasining nisbatan 
endigina yaratilganiga qaramasdan, uning mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy 
o‗zgarishlarni qamrab olgani moliya bozorlari ishtirokchilari orasida ulkan qiziqish 
uyg‗otganini sabab qilib ko‗rsatish mumkin. 
Ma‘lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo‗shimcha qiymat yaratishda 
ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli 
axborotlar korporativ biznesning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi 


kuchga 
ega 
bo‗lmoqda. 
Raqamli 
nomoliyaviy 
omillar 
banklarning 
raqobatbardoshligini belgilab bermoqda, samaradorligiga ta‘sir ko‗rsatyapti. 
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlar, ya‘ni 
fizik jihatdan mavjud bo‗lmagan nomonetar aktivlar oshishiga olib kelmoqda. 
Masalan, 1975 yilda Amerikaning yirik korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 
foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2019 yilga kelib, bu ko‗rsatkich 85 foizdan ortdi. 
Aniqroq tushuntiradigan bo‗lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy 
aktivlar o‗rni almashdi. 
Raqamli aktivlar — bu moliyaviy hisobotlarni tuzishda hisobga olinadigan 
raqamli shakldagi nomoddiy aktivlardir. 
Jahonning mashhur ―McKinsey‖ ekspertlarining baholashi bo‗yicha, 
bugungi kunda jahon YaIMning qariyb 10 foizi raqamli aktivlarga to‗g‗ri keladi, 
shu bilan birga, ularni ishlab chiqish sur‘ati jahon iqtisodiy o‗sishining 30 foiziga 
teng. Raqamli aktivlarning rivojlanishi akselerator (tezlashtiruvchi) harakatiga 
o‗xshaydi. 
O‗z navbatida, raqamli aktivlar rivojlanishida ijtimoiy tarmoqlarning o‗rni 
muhim. Ijtimoiy tarmoqlar raqamli biznesning taraqqiy etishiga ham keng 
imkoniyatlar yaratib beradi. 
Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy ko‗rinishi sifatida mobil to‗lov 
tizimlarini ko‗rsatish mumkin. Bunda hammamizga ma‘lumki, mijozlarning 
smartfonlari bankdagi hisob raqamlarga bog‗langan bo‗ladi. Bu esa mijozlarga 
onlayn xaridlarni amalga oshirish, mobil qurilmalar yordamida pul mablag‗larini 
erkin o‗tkazish imkonini beradi. 
To‗lov tizimlari va bank axborot tizimlari raqamli aktivlardan keng 
foydalanadi. Raqamli aktivlarning asosiy komponentlari sifatida intellektual mulk 
ob‘yektlari hisoblanadi. Intellektual faoliyat natijalariga egalik huquqiga faqatgina 
kompaniya ega bo‗ladi. Bunday aktivlarga misol qilib, ixtiro patentlar, kompyuter 
dasturlariga mutlaq huquq va ma‘lumotlar bazasini keltirish mumkin. 
Hozirda raqamli aktivlar bilan birga, raqamli aktivlarni boshqarish tizimi 
ham tez sur‘atlarda rivojlanmoqda. 


Raqamli aktivlar bo‗yicha global ishtirokchilar sifatida ―North Plains 
Systems Corporation‖, ―Open Text Corporation‖, ―Widen‖, ―Net Xposure, Inc.‖, 
―Media Beacon, Inc.‖, ―Hewlett-Packard Company‖, ―WebDAM‖ kabi yirik 
xalqaro korporatsiyalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Raqamli aktivlarni boshqarishda axborot xavfsizligini ta‘minlash muhim 
omil sanaladi. Bunda asosiy e‘tibor raqamli ma‘lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularni 
axborot vositachilaridan himoya qilgan holda xavfsizligini ta‘minlash va 
axborotlar uzatishning soddaligini ta‘minlashga qaratilishi lozim. 
Raqamli aktivlarni boshqarishning muhim muammolaridan biri — bu 
ularning huquqiy himoyasidir. Ta‘kidlash lozimki, qisqa vaqtlarda va originaldan 
kamroq xarajat qilib raqamli aktivlar nusxasini yaratish hamda ishga tushirish 
mumkin. Bu, albatta, raqamli aktivlarning umumiy daromadiga ta‘sir qiladi. 
Raqamli aktivlarni boshqarishda bulutli texnologiyalardan foydalanish asosiy 
shartlardan bo‗lib, texnik, huquqiy va tashkiliy jihatdan axborotlar himoyasi 
bo‗yicha usullarni ishlab chiqish hisoblanadi. 
Raqamli aktivlarning rivojlanishini raqamli tijoratning rivojlanishisiz 
tasavvur qilish qiyin. Raqamli tijorat esa, sodda va ishonchli raqamli to‗lov 
tizimlarini yaratishni talab etadi. Birinchi ―onlayn‖ to‗lov tizimlariga xizmat 
ko‗rsatishda aholi o‗rtasida keng tarqalganligi sababli kredit va debet kartalaridan 
foydalanilgan. ―Visa‖ va ―Master Card‖ kredit kartalari emitentlari sotuvchilardan 
axborot almashinuvida yuqori xavfsizlik choralarini ko‗rish shartlarini talab 
etishgan. 
Jahonda ro‗y berayotgan so‗nggi trendlarni o‗rganish foydadan xoli 
bo‗lmaydi. Chunki dunyoda buxgalteriya balansidagi moddiy va nomoddiy aktivlar 
o‗z o‗rnini jadal almashtirishi davrida biz ham asosiy e‘tiborni faqat mahsulotlar 
eksportiga qaratmasdan, balki nou-xau, blokcheyn texnologiyalari faoliyatini 
zamonga hamohang ravishda o‗rganib, raqamli iqtisodiyot imkoniyatlaridan keng 
foydalanishni yangi bosqichga olib chiqishimiz maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaymiz. 


Yana bir jihatga to‗xtalib o‗tish zarur. Prezidentimiz raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirishni ustuvor vazifa sifatida belgiladi. Buning sababi O‗zbekiston 
iqtisodiyotining yuqori sur‘atlarda o‗sishini ta‘minlash bilan birga, aholi ilmini, 
qarashlarini zamon bilan hamnafas qilish, qolaversa, mamlakatimizning xalqaro 
maydonda integratsiyasini tezlashtirish va natijada O‗zbekistonni demokratik, 
iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‗shishdan iboratdir. 
Bu inqilobiy yondashuv faqatgina buyuk iqtisodiy sakrashlar orqali xalqning 
turmush darajasini oshirish, aholi farovonligiga birinchi darajali masala sifatida 
qarash — haqiqiy xalqparvar yetakchiga xosdir. 

Download 424.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling