Bob. "Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar" faniga kirish


Download 424.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana12.11.2023
Hajmi424.59 Kb.
#1767797
1   2   3   4   5   6   7   8
axborotlarni quyidagicha izohlash mumkin:
 
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini aks etgan hujjat
hisobot, dissertatsiya, doklad va boshqalarning sonini keskin ortib borishi;
 
inson faoliyatining turli sohalari bo‗yicha davriy nashrlar sonining doimiy 
ravishda ortib borishi;
 
kommunikatsiyalar tizimiga o‗tkazib bo‗lmaydigan magnit lentalarida ham 
axborotlarning ko‗payganligi.
 
Yuqoridagi keltirilgan omillar asosida a x b o r o t p o r t l a s h i vujudga kelib, u
quyidagilarda namoyon bo‗lmoqda:
 
axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash bo‗yicha insonning chegaralangan 
imkoniyatlari bilan saqlanayotgan katta hajmdagi axborotlar o‗rtasida qarama-
qarshilik vujudga keladi. Oldinlari bilimlar hajmi asta-sekinlik bilan o‗zgargan 
bo‗lsa, 1900 yilga kelib har 50 yilda, 1950 yilda esa har 10 yilda, 1970-yilga kelib 
har 5 yilda va 1990 yildan boshlab har yili ikki barobarga ortib bormoqda;
 
axborotlarni iste‘mol qiluvchilar uchun mavjud axborotlar tarkibida ortiqcha 
bo‗lgan axborotlar miqdori ham kattadir;
 
axborotlarni tarqatish borasida ma‘lum bir iqtisodiy, siyosiy va boshqa 
ijtimoiy to‗sqinliklar ham mavjud. Masalan, axborotning maxfiyligi tufayli turli 
tashkilot xodimlari ulardan foydalana olishmaydi.
 
Jahonda judayam katta miqdordagi axborotlarning yig‗ilganiga qaramasdan, 
ulardan insonlar imkoniyatlarining chegaralanganligi uchun to‗liq foydalana 
olishmayapti. Shuning uchun ham axborot tanqisligi jamiyat oldida yuqoridagi 
muammolarni hal etishni talab etmoqda. Elektron hisoblash mashinalarining keng 
joriy etilishi, turli sohalarda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning zamonaviy 
vositalarini qo‗llash axborotlashtirish deb nomlangan yangi evolyutsion jarayonni 
boshlanishiga xizmat qilmoqda. 

Download 424.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling