Bob. Marketing va uni rivojlanishining asosiy
Download 128.7 Kb.
|
1 maruza mar
1.2-rasm. Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi
Rivojlangan mamlakatlarda «Realizatsiya davri» 1950-yillargacha davom etdi. Sotish hajmi yetarli darajada edi. Lekin muammo kom- paniya nimaga ко proq ahamiyat berish kerakligini aniqlash edi. Kompaniyalar uchun ilmiy izlanish olib borish, sotib olish, ishlab chiqarish, jo natish va sotishni bog lab turadigan odam kerak edi. Shunday qilib, «Realizatsiya davri»ni «marketing bo limi davri» egalladi. «Marketing bo limi davri» - kompaniyaning barcha marketing ishlari faqat bir bo lim tomonidan olib boriladi va qisqa muddatli rejalari tuziladi. 1960-yillarga kelib esa ba zi bir kompaniyalar faqat marketo- loglardan iborat holda ishni boshladi. Hatto, marketing kompaniyalari ishchilarining ba zilari «Marketing bo limi davridan» chiqishgan edi. 1.3-rasm. Marketing kompaniyasi «Marketing kompaniyasi davri» - qisqa muddatli marketing reja- lashtirishga qo shimcha uzoq muddatli marketing rejalarini ishlab chiqadi va butun korxona marketing kompanyasi asosida ish olib boradi. Marketing kompaniyasi juda oddiy, lekin juda muhim. Marketing kompaniyasi yangilik emas. Lekin ко pchilik boshqaruvchilar bu so zni eshitib vahimaga tushadi. Shuning uchun ular о zlari uchun oson bo lgan mahsulotni ishlab chiqarish, uni sotishga harakat qiladi. «Ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ко ra sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir», ya ni aqlli boshqaruvchi esa ishlab chiqarishdan ко ra ко proq marketingga e tibor qaratadi. Marketingga moyil korxona о zi ishlab ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ко ra mijozlarga kerakli narsani ishlab chiqarishni ma qul ко radi. Masalan, Ford Motors «Mijozlar tajribasi» dasturiga muvofiq Ford kompaniya- sining turli bo limlaridagi ishchilari Fordning minglab mijozlari bilan uchrashib, ulaming xohish va istaklarini о rganishdi va ishlab chiqarish- ga tatbiq qilishdi. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyutsiyasi Konsepsiya-lotincha conception -so zidan olingan bo lib, tizim yoki biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, dalil (fakt) va hodisalami tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar ma nosini anglatadi5. Keng ma noda konsepsiya so zi u yoki bu faoliyatning samarali amalga oshirilishi uchun zarur bo lgan qarashlar tizimi, deb tushuniladi. Firma konsepsiyasi - firmaning asosiy faoliyat yo nalishi, g oyalari, tadbirkorlik falsafasi, iste molchi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish istiqboli yo nalishidir. Konsepsiya komponentlari g oya, strategiya, instrumentariy va maqsaddan iborat. Shu nuqtayi nazardan marketing konsepsiyasi tashkilotning ilmiy asoslangan g oyasi, loyihasi hisoblanib tadbirkorlikni amalga oshirishda korxonaning samarali strategiyasini ham anglatadi. Marketing konsepsiyasini о zlashtirish oson bo lmadi. Marketing konsepsiyasini birinchilardan bo lib Procter & Gamble qabul qildi. Procter & Gamble kompaniyasi 1837 - yilda ikki tadbirkoming birga- likda ish olib borish to g risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan edi. Kompaniya asoschilari Uilyam Procter kompaniyaga asos solinganga qadar shamlar ishlab chiqargan bo Isa, Djeyms Gambl esa sovun ishlab chiqargan. Kompaniya о zining 1- million dollarlarini 1859-yilda ishlab topdi. AQShdagi fuqarolar urushi davrida kompaniya shimolliklar armiyasiga sovun va sham yetkazib berish uchun katta davlat buyurtmasini qo lga kiritdi. Procter & Gamble kompaniyasi taniqli savdo markalari va brendlarini sotib olish evaziga muttasil kengayib bordi. 2003-yilda Germaniyaninig soch bo yoqlari ishlab chiqaruvchi mashhur WELLA kompaniyasi sotib olindi. 2005-yilda Gilette kompaniyasini sotib oldi. Raqobatda Unilevemi yutib, о zining sohasi bo yicha yirik kompaniyaga aylandi. Raqobat juda katta edi, yutib chiqishning yagona bir yo li mijozni qanoatlantirish edi. Marketing konsepsiyasini tatbiq qilgan menejer uchun mijozni qanoatlantirish - bu foyda olish yo lidir, yani shior «Mijoz nuqtayi nazari bilan ishla». Keyinchalik, turli sanoat sohalari metall, ко mir, qog oz, shisha kompaniyalari ham marketing konsepsiyasini qabul qila boshladi. Xizmat ко rsatish sohalari juda sekinlik bilan marketing konsepsiyasini qabul qildi. Marketing konsepsiyasini о zlashtirish oson bo lmadi. «Banklar bank xodimlari uchun qulay bo lgan bir necha soat ochiq, mijozlar uchun qulay paytda yopiq bo ladi. Tushlik paytida va soat 16 dan keyin yopiq bo ladi. Mijozni qanoatlantirishga ketadigan xarajatlar va xarajat talab qilmaydigan harakatlar talab qilinadi. Marketing konsepsiyasi korxonaning amaldagi yoki rejalashtirila- yotgan faoliyatining strategik tahlili asosida ishlab chiqilishi kerak. Uni ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat: Ichki va tashqi muhitning strategik tahlili. Korxona va marketing faoliyatining maqsadlarini aniqlash. Marketing strategiyasiniasoslash. Kutilgan natijaga erishish uchun tegishli marketing usullarini tanlash. Marketing va tadbirkorlik borasida jahon amaliyoti marketing evolyutsiyasida quyidagi konsepsiyalami asoslab ко rsatdi: Ishlab chiqarish. Tovar. Sotuv. An anaviy. Ijtimoiy etik. О zaro ta sir marketingi. Bugun boshqaruvda marketing faoliyati bilan shug ullana borib, bir qancha konseptual yondashuvlami qo Hash mumkin: ishlab chiqarishni va tovami mukammallashtirish, tijorat kuchlarini jadallashtirish, iste molchilarga yo naltirilgan marketing yondashuvi, ijtimoiy-etik marketing. Marketing konsepsiyalarining rivojlanishi bozoming rivojlanish bosqichlariga mos keladi. Tavsiya qilingan konsepsiyalar barcha davlatlar uchun etalon yoki norma bo lib xizmat qiladi, degan flkr noto g ri. Marketing evolyutsiyasi har bir mamlakatdagi bozor munosabatlarining rivojlanish bosqichiga, tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilganligiga qarab turlicha bo lishi va konsepsiyalar ham о ziga xos xususiyatlarga ega bo lishi mumkin. Marketingning korxona ishlab chiqarish, savdoga oid faoliyatini boshqarish tizimi sifatida rivojlanish tarixi bozoming rivojlanishi bilan mustahkam bog liq. jadval Marketing konsepsiyasi evolyutsiyasi
Download 128.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling