Bob. Marketing va uni rivojlanishining asosiy


Download 128,7 Kb.
bet20/21
Sana21.04.2023
Hajmi128,7 Kb.
#1368442
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1 maruza mar

Nodifferensial marketing 1950 yillarda rivojlanib, bozomi seg- mentlarga bo lishni nazarda tutmagan. Maksimum ishlab chiqarish va sotish asosiy tamoyil bo lgan va keyinchalik esa tovar-xaridor -sotish - reklamaga e tibor qaratildi.
Differensial marketing 1960 yillarda shakllanib, unda bozomi segmentlarga bo lib о rganish, xaridorlar segmetini aniqlash, ularga mos tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga katta e tibor qaratildi.
Segmentlash g oyasining rivojlanishi konsentrlashgan, ya ni mujassamlashgan marketing turini vujudga keltirdi. Uning mohiyati bozoming barcha segmentlari uchun emas, balki kam о rganilgan yangi yo nalishlarini aniqlash va shu segment uchun tovar yoki xizmat turini yaratish. Masalan, uyali aloqaning paydo bo lishi, mobil telefonlaming yaratilishi yangi innovatsion bozor segmentini yaratdi. Bu davrda giper raqobat va keskin diversifikatsiya yuzaga keldi. Mobil telefonlar assortimenti ко payib, yangi uyali kompaniyalar uyali aloqa bozorini shakllantirdi.
Kompleks marketing Marketing miks marketingning barcha elementlari tovar, tovar bahosi, iste molchi, sotuv reklamaning integrallashuvi asosida energetik samaraga erishishni taqozo qiladi.
Marketing faoliyati iste molchilarning doimiy yangilanib boradigan talablarini qondiradigan raqobatbardosh takliflami shakllantirish va firma daromadini ta minlash maqsadida marketing funksiyalarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi jarayon sifatida doimiy to ldirib boriladigan moliyaviy, moddiy, mehnat va axborot resurslarini talab qiladi.
Talabning xarakteriga qarab marketingning quyidagi tiplari, ya ni shakllari mavjud:

  • Konversion marketing.

  • Rag batlantiruvchi marketing.

  • Rivojlanuvchi marketing.

  • Sinxromarketing.

  • Qo llab-quvvatlovchi marketing.

  • Demarketing.

  • Qarama - qarshilik ко rsatuvchi marketing.

Konversion marketing bozorda mahsulot iste molchilar tomoni­dan qabul qilinmaganda, xaridor uni inkor qilganda qo llaniladi. Bu marketing turi iste molchining tovarga bo lgan salbiy munosabatini о zgartirishga va bu tovarga qiziqish orqali unga talabni uyg otishga harakat qiladi. Masalan, ilk bor avtomat kir yuvish mashinasi Vyatka ishlab chiqarilib sotuvga chiqarilganda unga talab bo lmagan, iste molchilar esa qanday qilib avtomat ravishda kir yuvishiga ishonch hosil qilmagani uchun uni xarid qilmaganlar. Bunday sharoitda marketologning vazifasi inkor etilgan tovarga nisbatan talabni shakllan- tirishdan iborat. Toshkentning markaziy univermagida 70 - yillarda bu mashinani ishlash jarayoni iste molchilarga namoyish etilgan va bunday tag ribotdan so ng sotuv hajmi ко paya borgan.

Download 128,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling