Bob. Menejer va rahbarlik uslubi


Download 98.71 Kb.
bet8/21
Sana30.04.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1404326
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
6-mavzu

Byurokrat:

  • ishlab chiqilgan qoida, qo‘llanmalar doirasidan chiqmaydi, uni o‘zining birdan-bir maqsadi deb biladi;

  • odamlarga to‘ralarcha munosabatda bo‘ladi;

  • qog‘ozbozlikni avj oldiradi;

  • boshqarishga qotib qolgan, eski usullar bilan yondoshadi;

  • ish mohiyatini rasmiyatchilik bilan ko‘mib tashlaydi;

  • masalani hal etishdan, shaxsiy javobgarlikdan o‘zini chetga oladi.

Byurokratizm:

  • jamoaning va shaxsning tashabbuskorligini, dadil fikrlarini bo‘g‘adi;

  • o‘z mezoniga mos kadrlarni atrofiga to‘playdi, aqlli, qobiliyatli kadrlardan qutulishga harakat qiladi.

2.

Mahalliychilik

Bunday “dardga” mubtalo bo‘lgan rahbarlar:

  • ishga tor tarmoq, tor funksional nuqtai nazardan yondoshadilar;

  • ularda siyosiy, ma’naviy etuklik etishmaydi;

  • uzoqni ko‘ra olmaydilar;

  • boshqalar hisobidan foydalanib qolishga intiladilar;

  • urug‘chilik, tanish-bilishlik, oshna-og‘aynigarchilikka yo‘l qo‘yadilar.

3.

Hadiksirashlik

Bunday rahbar:
• uncha murakkab bo‘lmagan masalalarni ham mustaqil hal eta olmaydi, yuqori turuvchi rahbarlik bilan kelishib olishga intiladi;
• har ishda sustkashlik qiladi;
• kabinetda o‘ralashib, qog‘ozbozlik bilan band bo‘ladi.

4.

Balandparvozlik

Bunday rahbar:
• o‘zining kichkina, ko‘zga ilg‘amas muvaffaqiyatini bo‘rttirib ko‘rsatadi, shov-shuv ko‘tarib nog‘ora qiladi;
• yuqori organlardan maqtov eshitishni yoqtiradi;
tilga tushishni, matbuotda yozishlarini, televizordan ko‘rinishni istaydi;
• soxta tashabbuslar atrofida shov-shuv ko‘tarishga, ijodiy izlanish o‘rniga ishni xo‘jako‘rsinga tashkil etishga intiladi;
• ishchanlik o‘rniga ko‘zbo‘yamachilik va qo‘shib yozish bilan shug‘ullanadi.
Bunday toifadagi rahbarlar uchun kamchilik va muammolarni xaspo‘shlash, o‘z xizmatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish va o‘z-o‘zini maqtash xarakterlidir.

5.

Boshqa salbiy qusurlar

Rahbarlik uslubidagi garchi kam bo‘lsa-da, har holda uchrab turadigan va umumiy ishga zarar keltiradigan boshqa salbiy tomonlar ham borki, bular:
• xudbinlik;
• takabburlik;
• maqtanchoqlik;
tamagirlik;
• yovuzlik, zolimlik;
• hushomadgo‘ylik;
• dimog‘dorlik;
• xasislik, g‘arazguylik;
ayyorlik;
• jizzakilik;
• boqibeg‘amlik;
• badnafslik;
• subutsizlik;
baxillik;
• mansabparastlik va h.k.
Bunday salbiy qusurlar mavjudligini anglasak, ko‘rsak ham lekin ko‘pincha ularni yo‘qotish qiyin kechadi.







Chunki har qanday kishiga, xususan rahbarga uning mazkur fazilati yoki uning ish uslubidagi noto‘g‘rilik aytilsa, tabiiy u norozi bo‘ladi.
Shu sababli bunday nuqsonlarni bartaraf qilish uchun kurash juda ham oson va silliq o‘tmaydi. Buning uchun kundalik mehnat, izchillik va sabot-matonat talab qilinadi.




Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling