Bob. Menejer va rahbarlik uslubi
Download 98.71 Kb.
|
6-mavzu
6.4.1. Rahbarning sifat hislatlarini belgilovchi mezonlar
Rahbarning sifat hislatlarini belgilovchi mezonlar ko‘p. Biroq quyidagi ijobiy hislatlar ular orasida alohida mavqega ega: Dovyuraklik - bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud bo‘ladi. Ular omadsizlikdan qo‘rqmaydi. Qurquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi. Sabrlilik - bunday rahbar muvafaqiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli bo‘lib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi. CHidam, sabr to‘g‘risida Abdullo Avloniy shunday degan edi: Sabr shunday bir kuchli narsadirki, g‘azabni shijoatga, kattalikni tavozega (kamgaplikka) yomonlikni yaxshilikka aylantirmakka quvvati etar. Bir hakimdan so‘radilar: “Odamlarni o‘zingdan uzoqlashtirmaslikning chorasi nima?” U dedi: “CHidam va muloyimlik”. YAna undan: “Mushkul narsalarni qanday hal qilsa bo‘ladi?”, - deb so‘radilar. U yana “CHidam va muloyimlik bilan!”, - deb javob berdi. Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo‘ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo‘ladi. O‘zidagi qanoatsizlikni g‘irrom raqobatchilik yo‘li bilan emas, balki xayrixohlik yo‘li bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Shu o‘rinda quyidagi hikmatli so‘zlarni ta’kidlash o‘rinlidir. Uch dardga davo yo‘qdir: dangasalikdan kelgan kambag‘allikka; hasaddan tug‘ilgan dushmanlikka; xo‘jayinliqdan kelib chiqqan kasallikka. Sog‘lom shubhalilik - bunday rahbar ko‘pincha “har narsada shubhada bo‘l” degan shiorga amal qilsa-da, biroq nosog‘lom shubha - bu xoin, u kishilarni urinib ko‘rishdan qo‘rqitib, erishishlari mumkin bo‘lgan yaxshi narsalardan mahrum etilishini yaxshi biladi. SHu bilan bir qatorda, ular o‘z kuchiga ishonish, unga sog‘lom shubha bilan qarash ishchan mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yo‘lida kishi kuchiga kuch qo‘shishni yaxshi tushunishadi. Kamtarinlilik - bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim iste’dodga to‘g‘ri mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. Ular: “Kamtarlik — jasorat toji”. “Kamtarga kamol, manmanga — zavol”. “Kamtarlik ko‘kka ko‘tarar, manmanlik erga kiritar”. “Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi”. “Kamtarlik a’lodir, mag‘rurlik balodir”. kabi xalq maqollariga rioya qilishadi. Ular kamtarin rahbarning: o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymasligini; ilmu fan yoki mehnat sohasidagi yutug‘i bilan mag‘rurlanmasligini; katta-kichikni birdek hurmat qilishini; odamlar og‘irini engil qilishini; xushmuomala bo‘lishini; qanday davrada bo‘lmasin doimo o‘zini oddiy tutishini; shonu shuhratga uchmasligini yaxshi anglashadi. Samimiy xushmuomalalilik - bunday rahbar sofdil, ochiq ko‘ngil bo‘ladi, chin yuraqsan gapiradi. Qo‘l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo‘yib xizmat qiladi. Ular samimiylikni og‘ir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma’naviy odobni talab etishini, , shuningdek,, kimki o‘zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo‘lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o‘z-o‘ziga ham samimiy bo‘lolmay qolishini yaxshi tushunishadi. Donolarning aytishlaricha, hushmuomalalikning o‘nta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm, hilm (muloyim), olijanoblik, ko‘rkam fe’l, yaxshilik, sabr va muloyimlik. Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli bo‘ladi. Ular boshqalarni ko‘p narsada kechirishadi, ammo o‘zlarini hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qo‘lini cho‘zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar. Hushxulqlilik - bunday rahbar inson go‘zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan hushxulqlik insonni ulug‘likka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo‘lishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o‘zi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o‘ziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. Donolarning fikricha, hushxulqlikning o‘nta nishonasi bor: yaxshi ishlarda odamlar bilan hamisha birga bo‘lish. nafs ko‘yiga kirmaslik. o‘zgalar aybini qidirmaslik. birovda biror ayb sodir bo‘lsa, uni yaxshilikka yo‘yish. aybdor uzr so‘rasa, aybni kechirish. “kechira olishlik - mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi” (amir temur o‘gitlaridan). muhtojlar hojatini chiqarish. o‘zi haqida o‘ylayvermay, boshqalar haqida ham qayg‘urish. o‘z aybiga iqror bo‘lish. ochiq yuzli bo‘lish. hushmuomala bo‘lish. Qanoatlilik - bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya’ni nafs balosi, xasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har ko‘yga solishini, nafsini tiygan hurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, qanoatni esa izzatning asosi, o‘lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. Download 98.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling