Bob. Menejer va rahbarlik uslubi


Download 98.71 Kb.
bet3/21
Sana30.04.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1404326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-mavzu

6.1.1-jadval
Rahbarlik uslubiga qarab rahbarlarniyag turlarga ajratilishi



Rahbarlik turlari

Izoh

1.

Avtokratik rahbarlar

*Bunday turdagi rahbar:

  • buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag‘batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;

  • o‘zini jamoadan uzoq tutadi, jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo‘lishini chegaralab qo‘yadi;

  • o‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

  • o‘ziga bo‘ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko‘radi;

  • muttasil buyruq berishga, hammani o‘z istaklariga so‘zsiz bo‘ysundirishga intiladi;

  • ko‘p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo‘ysunuvchilari bilan muomalada bo‘lganda uning rahbarlik g‘ururi balandligi, o‘zini katta tutishi sezilib turadi;

  • o‘ziga bo‘ysunuvchilari oldida qovog‘i solingan kayfiyatda bo‘ladi.

Xullas, avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘ygan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o‘tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi.
Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o‘sha erda dag‘allik, takabburlik, tazyiq o‘tkazish, majbur qilish kabi o‘ta salbiy holatlar avj oladi.
Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo‘lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo‘ysunuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.

2.

Liberal rahbar

* Bunday turdagi rahbar:

  • irodasiz, tashabbussiz bo‘ladi;

  • o‘z zimmasiga mas’uliyat alishni yoqtirmaydi;

  • ishni o‘z holiga tashlab qo‘yadi;

  • idoraga nisbatan qat’i bo‘lishdan hayiqadi;

  • o‘zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;

  • biror xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;

  • talabchan zmas, sust nazorat qiladi;

  • suistemollarga bevosita yo‘l qo‘ymasa ham o‘zini bilmaslikka soladi.

Bunday rahbar tashqaridan ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.

3.

Demokratik rahbar

*Bunday turdagi rahbar:

  • boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;

  • ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;

  • barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo‘ladi, ustunligini bildirmaydi;

  • buyruq berish yo‘li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;

  • bo‘ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusi, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.

Qayd etilgan rahbarlik uslublari sof holda uchramaydi. Hayotda har bir rahbarning ish uslubi har xil bo‘ladi, lekin yuqoridagi uch uslubdan biri yaqqolroq sezilib turadi. Turli xil ishlab chiqarish vaziyatlarida har xil xodimga nisbatan rahbarlikning ijobiy tomonlaridan foydalanish kerak. Rahbar haqiqiy ahvolga qarab ish tutishi va bo‘ysunuvchilarning o‘ziga xos shaxsiy hislatlarini hisobga olib muomala qilishi kerak.
Har bir boshqaruv uslubning samaradorligini baholash uchun amerikalik olim L.Laykert quyidagi koeffitsientni hisoblashni taklif qilgan:
,
bu erda, - avtokratik-liberallik koeffitsienti;
- rahbarlik uslubdagi ishontirish unsurlari yig‘indisi;
- rahbarlik uslubidagi majbur qilish unsurlari yig‘indisi.
R. Laykertning fikricha, bu nisbat 1,9 ni tashkil qilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, rahbarlik uslubida rahbar ishontirish unsurlarini majbur qilish unsurlaridan taxminan ikki baravar ko‘proq qo‘llangandagina uning rahbarlik uslubi optimal, maqsadga muvofiq, samarali bo‘lgan hisoblanadi.
Umuman olganda, har uchala turdagi rahbarlikning boshqarish funksiyalarini bajarishdagi va ijtimoiy munosabatlardagi o‘ziga xos xususiyatlarni quyidagi jadvalda umumlashtirib ko‘rsatish mumkin (6.1.2-jadval).
6.1.2-jadval

Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling