Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish­ning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari


Download 465.62 Kb.
bet9/36
Sana25.12.2022
Hajmi465.62 Kb.
#1066351
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari

jadval

(foizda)

Hududlar nomi

Yillar bo‘yicha

2008 y

2009 y

2010 y

2011 y

2012 y

2013 y

Qoraqalpog‘iston Resp.

5,7

5,4

5,9

6,4

6,1

7,0

Andijon

5,8

6,2

6,0

6,1

6,2

6,0

Buxoro

8,0

6,5

6,7

6,0

6,5

6,0

Jizzax

6,8

6,9

7,0

7,6

7,8

8,0

Qashqadaryo

8,7

8,4

8,0

5,9

5,8

7,0

Navoiy

6,8

6,7

6,0

6,5

6,5

7,0

Namangan

5,0

5,1

5,0

5,1

5,6

6,0

Samarqand

7,8

7,4

7,0

8,1

7,5

7,0

Surxondaryo

8,2

6,8

8,0

8,4

3,7

7,0

Sirdaryo

4,7

4,5

6,0

5,3

5,0

5,0

Toshkent vil

7,2

8,0

8,0

7,8

9,9

9,0

Farg‘ona

7,2

7,1

7,0

8,6

7,0

7,0

Xorazm

7,4

7,0

7,0

6,6

6,6

7,0

Toshkent sh.

9,8

9,4

9,0

8,9

9,3

9,0

Hududlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasa- larida davolanib chiqqan bemorlar sonining umumiy aholisidagi ulushi32
Jumladan, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida davolanib chiqqan aholi soni ulushi mos ravishda 2,0 va 1,7 foizga kamaygan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Toshkent viloyatlarida mos ravishda 1,3;1,2;1,8 foizga oshgan. Ushbu ma’lumotlarni tahlil qilayotganda mamlakatimiz aholi sonining oshib borayotganini inobatga olib, aksariyat hududlarda davolanib chiqayotgan aholi sonining kamayib borishi hududlarda sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi o‘rnatilganligidan dalolat beradi. Quyida keltirilgan 2.5-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, budjet xarajatlarida ish haqi va unga ajratmalar uchun 2006-yilda 75,5 foizni tashkil yetgan. Jumladan, mazkur turdagi xarajatlar 2013-yilda 85,9 foizga yetgan bo‘lib, 2006 yilga nisbatan o‘sish 10,4 foizni tashkil qilgan. 2006-2013 yillar davomida ish haqi va unga ajratma uchun yo‘naltirilgan budjet mablag‘lari jami sog‘liqni saqlash tizimining budjet xarajatlarining o‘rtacha 82,5foizini tashkil etgan. Lekin ish haqi va unga ajratma uchun xarajatlar sog‘liqni saqlash tizimining umumiy budjet mablag‘laridagi ulushi oshib borish dinamikasi bilan o‘zgarmoqda. Demak, tibbiyot xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimida ularni rag‘batlantirish o‘ziga xos tarzda shakllanmoqda.

  1. jadval

Hududlarda sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida 2006-2013 yillarda davlat budjetidan ajratilgan
mablag‘lar33
(foizda)

Yillar

Ish haqi va unga
ajratmalar

Boshqa
xarajatlar

Shu jumlac

an

oziq-ovqat
mahsulotlari
xarajatlari

dori-darmon
vositalari
xarajatlari

asosiy vositalar sotib olish xarajatlari

2006 y

75,5

24,5

4,6

6,5

2,6

2007 y

79,3

20,7

3,6

4,5

0,8

2008 y

81,1

18,9

2,9

4,4

1,1

2009 y

81,4

18,6

2,3

3,3

1,6

2010 y

86,1

13,9

1,8

2,8

0,8

2011 y

86,5

13,5

1,6

2,9

0,7

2012 y

84,8

15,2

1,6

3,1

0,4

2013 y

85,9

14,1

1,6

3,2

0,4

Sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlarida mehnatga haq to‘lash tizimi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur choralar orqali mamlakat aholisi turmush farovonligini kuchaytirish, aholi sog‘lig‘ini saqlashda tibbiy xizmat sifatli va malakali bo‘lishini ta’minlashda tibbiyot xodimlarining mas’uhyatini yanada oshiradi.
Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasida xarajatlarning aksariyat qismi xodimlarning ish haqi bilan bog‘liq xarajatlarni tashkil etishi, sohada tibbiyot uskunalari va dori-darmon bilan ta’minlanish darajasida tegishli muammolar borligidan dalolat beradi.
Respublikamizda tibbiyot xodimlari mehnatini moddiy rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilayotgan bo‘lsada, ish haqi va unga ajratma uchun xarajatlar boshqa xarajatlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatda ish haqi va unga ajratmalar hajmi ancha yuqori bo‘lmoqda. Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashni kamaytirish emas, balki boshqa xarajatlar hajmini maqsadli oshirib, ish haqi va unga ajratma uchun xarajatlar bilan o‘zaro nisbatni mustahkamlash lozim.
Mamlakatimizning sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirgan iqtisodiy islohotlar pirovardida bir-qator natijalarga erishildi. Shular barobarida tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan isloh qilish, tibbiyot xodimlariga to‘lanadigan ish haqi miqdori ular bajaradigan ishning qiyinlik darajasi, ular ishlaydigan sharoit va bajarilgan ishning sifatiga o‘zaro chambarchas bog‘liq qilib qo‘yildi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229 son qarorini bajarish yuzasidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish, ular mehnatiga haq to‘lash miqdorining bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va yuklamasi darajasiga, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bog‘liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining kasb darajasi va malakasini uzluksiz oshirib borishlari uchun rag‘batlar yaratish maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrda “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 276-son Qarori qabul qilindi.
Sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan mablag‘larning hajmini keyingi 8 yil ichida salkam 9 barobarga ko‘payganini, shuning ish haqi va unga ajratma uchun qaratilgan xarajatlarning o‘zgarishi 13,5 barobarga oshganligi ahamiyatlidir. 6- jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ish haqi va unga ajratmalar uchun budjet xarajatlari miqdori o‘tgan yillarga nisbatan keyingi 7 yil ichida o‘rtacha 1,4 barobarga oshgan.
Quyidagi 2.6-jadvalda Mirobod tumani budjetidan oxirgi yillar mobaynida sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar dinamikasi aks ettirilgan. Tuman budjetidan ajratiladigan mablag‘larda sog‘liqni saqlashning ulushi o‘rta hisobda 20 fozini tashkil qilmoqda.

  1. jadval

2011-2014 yillar mobaynida Mirobod tuman budjetidan yo‘naltirilgan mablag‘lar31
(.mln so‘m)

Ko‘rsatkichlar soni

2011 yil

2012 yil

2013 yil

2014 yil (1kv)

Tuman budjet mablag‘lari hisobidan jami ajratilgan mablag‘lar

29,434.7

37,075.9

45,120.8

11,766.4

Ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan budjet mablag‘lari

27,176.5

34,316.7

41,649.6

10,941.7

Sog‘liqni saqlashga jami yo‘naltirilgan mablag‘lar

6,130.8

7,759.8

9,134.4

2,223.9


Download 465.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling