Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish­ning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari


Download 465.62 Kb.
bet5/36
Sana25.12.2022
Hajmi465.62 Kb.
#1066351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari

bahosi yuqori boTadi:

foydalana oladi;

Aholining ma'lum tabaqalari

Tibbiy yordam profilaktika

foydalanishi mumkin;

yo‘nalishida bodadi;

Tibbiy yordam davolash

Tibbiy xizmat yetarli darajada

xarakterida boTadi;

bo‘ladi:

Yuqori darajali tibbiy yordam

Avrim hollarda moddiy-texnika

ko‘rsatiIadi;

bazasi yetarli emas.

Yangi moddiy-texnika bazasiga




ega

1.4-rasm. Sog‘liqni saqlash muassasalarining tavsifi7
Tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish va ularga haq to‘lash masalalari dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarbdir, chunki yil sayin sog‘liqni saqlash katta xarajatlarni taqozo etmoqda. Hattoki rivojlangan mamlakatlarda ham tibbiy xizmat ko‘rsatish bir vaqtning o‘zida ham rentabelli, ham barcha aholi qatlamlari uchun bir xil bo‘la olmaydi. Shu bois deyarli barcha sog‘liqni saqlash tizimlarining asosiy vazifasi - moliya mablaglarini samarali va adolatli taqsimlash hamda qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini izlashdir.
о
Tibbiy xizmatlarga haq to‘lashning bir nechta metodlari mavjud :

  1. Tibbiy xizmatlarga kasalxonadagi bir kunlik o‘rin o‘rtacha qiymati bo‘yicha haq to‘lash. Ushbu metod bo‘yicha kasalxonalar mijoz kasalxonada bo‘lgan kunlar sonining barcha mijozlar uchun yoki alohida mutaxassislikpar bo‘yicha o‘rtacha chiqarilgan bir kunlik standart tarifga ko‘paytmasi miqdorida haq oladi. O‘tgan asrning 80-chi yillar o‘rtalarigacha bu usuldan sog‘liqni saqlashni ijtimoiy sug‘urtalash mablag‘laridan moliyalashtiradigan mamlakatlarda kasalxonalar xizmatlariga haq to‘lashda foydalanib kelingan. Bugungi kunda u ko‘proq ixtiyoriy tibbiy sug‘urtadan foydalanuvchi mamlakatlarda qo‘llaniladi. Ushbu usulda davolanish narxi barcha mijozlar uchun o‘rtacha hisoblab chiqariladi. Shuning uchun ayrim bemorlarni davolash o‘rtacha darajadan qimmatroqqa va aksincha, ayrimlariniki arzonroqqa tushishi mumkin, ammo shunga qaramay ular umuman kasalxona bo‘yicha o‘rtacha narxdan kelib chiqib to‘lanadi.

  2. Davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha tibbiy xizmat haqini to‘lash metodi. Bu usulda tariflar o‘rtacha qiymat bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Tibbiyot muassasalari har bir davolangan mijoz uchun o‘rtacha qiymat bo‘yicha haq oladi. Bu tibbiy xizmatlarni qimmatga ko‘rsatadigan ta’minotchilar uchun foydali, chunki ular qimmatli tashhisotlar va davolash usullari hisobiga ma’lum darajada kasalxonalar budjetini boshqarib turadi.

  3. Tibbiy xizmatlar haqini muolajalarga ketadigan xarajatlar asosida to‘lash metodi. Ushbu usulda tariflar har bir muolaja bo‘yicha hisoblab chiqiladi va to‘lovlar shu tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekistonda bu metod sinovdan muvaffaqiyat bilan o‘tgan hamda Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida (kardiologiya, urologiya, jarrohlik, ko‘z mikroxirurgiyasi markazlarida) qo‘llanilmoqda. Bu usul mijozga imkon qadar ko‘proq testlar yoki 8 jarrohlik aralashuvlarini tayinlash imkoniyatini istisno etmaydi. Ammo bularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlar yordamida nazorat qilish mumkin. Mazkur tizim tegishli mijozga ko‘rsatilgan har bir muolaja uchun xarajatlar qiymatini hisoblash hajmlarining kattaligi tufayli muayyan qiyinchiliklarga ega.

  4. Tibbiy xizmatlarga tibbiy-iqtisodiy standartlar bo‘yicha haq to‘lash metodi. Bu usulga ko‘ra narxlar kasalxonalar tomonidan mustaqil hisoblab chiqilishi mumkin. Shuningdek, tibbiy xizmatlarga milliy yoki mahalliy tariflar ham o‘rnatilishi mumkin, davolash-profilaktika muassasalari esa kasallik tashhisi bo‘yicha haq oladi. Har bir guruhda mijozlar tasdiqlangan protokol bo‘yicha muayyan sxemada davolanishi kerak, u dorilar bilan davolash va tashhislash testlaridan iborat. Bu tizim xarajatlarni dastlab baholashni talab etadi, har bir mijozga ko‘rsatilgan davolash esa davolash protokoliga muvofiq olib borilishi lozim. Ammo bu usul ba’zida, agar qabul qilingan standartlar etarlicha aniq bo‘lmasa, jiddiy mablag‘lar sarflanishiga olib kelishi mumkin. Mazkur xizmatni ko‘rsatuvchi tibbiy muassasaning darajasi ham standart bo‘yicha aniqlanadi.

  5. Tibbiy xizmatlarga maqsadli haq to‘lash metodi. Bu usul ko‘pincha dastlabki darajada, ya’ni davolashning katta, ammo nazorat qilinadigan hajmi talab etilganda qo‘llaniladi. Masalan tibbiy muassasalar emlashni yuqori darajasiga etishgani uchun haq olishlari mumkin, bunda to‘lovlar emlangan aholi sonining ortishiga proportsional tarzda ortib borishi mumkin. Tibbiyot muassasalari maqsadli aholining 100 foizdan ortig‘ini emlashni o‘tkaza olmaydi, vaktsinalarning o‘zi esa yaroqlilik muddati etarli bo‘lgan holda emlash muddatlarini hisobga olib tayinlanishi kerak.

7. Tibbiy xizmatlarga qat’iy belgilangan budjet bo‘yicha haq to‘lash metodi. Ushbu usul tibbiyot muassasasigaa bir yilda qat’iy belgilangan budjet mablag‘larini to‘lashdan iborat. Odatda u tarixan qaror topgan qoidaga yoki davolash-profilaktika muassasasining infratuzilmaviy bazasiga (shtatlar, aholi tarkibi, daromad solig‘i miqdori) asoslanadi. Shtat jadvaliga asoslangan qat’iy belgilangan budjet MDH mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistondagi davolash-profilaktika muassasalarida keng qo‘llaniladi. Ushbu usulning kamchiligi shundan iboratki, ko‘pincha sog‘liqni saqlash resurslarining asossiz ravishda qisqartirilishiga olib keladi, chunki bunda moliyalashtirish ham, shunga mos holda davolash muassasasi shtati ham qisqaradi.
8. Mijozlarning tibbiy xizmatlarga to‘gridan-to‘gri haq to‘lashi metodi. Tibbiy sug‘urta yaxshi rivojpanmagan ko‘pchilik mamlakatlarda tibbiy xizmatlarga mijozlarning o‘zlari tomonidan haq to‘lanishi usulidan foydalaniladi.
Bunda tariflar har bir tibbiy xizmat uchun hisoblab chiqiladi, xizmatlarga haq to‘lash esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar ko‘rinishida amalga oshiriladi (pullik tibbiy xizmatlar). Bunda to‘lovlarning asosiy og‘irligi mijozlarning o‘zida qoladi. Afzallik tomoni shundaki, mijoz o‘zini oqlamaydigan maslahatlar va davolanishlarni talab qilmaydi.
Shu bilan birga, mijoz, tibbiy xizmatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri haq to‘lar ekan, asosli tarzda, uning yuqori sifatda bo‘lishini talab qiladi.
Shunday qilib, har bir haq to‘lash metodi o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega. Barcha hollar uchun umumiy tavsiyalar berib bo‘lmaydi. Bu erda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish strategiyasini tanlaganda haqiqiy imkoniyatlarni chuqur anglash, tibbiy xizmatlar tannarxini samarali hisoblab chiqish hamda munosib haq to‘lash tizimini aniqlash zarur.

  1. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning tashkiliy-huquqiy

asoslari
Ijtimoiy islohotlar orasida davlatning aholi sog‘lig‘ini saqlash vazifasi muhim hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ushbu jarayonni tobora kuchaytira borish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimi moliyalashtirish davlatimizning asosiy ustuvor vazifalaridan biri hisoblanib keladi, bu borada yurtboshimiz: “...ustuvor vazifamiz - xalqimiz salomatligini muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va samarasini oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirishdan iboratdir9.” - deya ta’kidlaganlar.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligni qo‘lgan kiritgan so‘ng sog‘liqni saqlash sohasini mablag‘ bilan ta’minlash borasida kuchli normativ-huquqiy baza yaratildi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida“ 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli, “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentyabrdagi PF-3923- sonli, “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmonlari hamda “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005 yil 1- dekabrdagi PQ-229-sonli, “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-oktyabrdagi PQ- 700-sonli Qarorlari, shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va uning uchun haq to‘lashning Vaqtinchalik tartibi” 1997-yil 2- dekabrdagi 532-sonli, “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi 217-sonli, “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21- dekabrdagi 276-sonli Qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining “Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Adliya vazirligi
tomonidan 1537-sonli ruyxatga olingan 2005-yil 31- dekabrdagi 107-sonli Qarorini keltirib o‘tish o‘rinlidir.
Ko‘rish mumkinki, oxirgi yillarda yurtimizda ushbu sohani isloh qilish borasida ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Shu o‘rinda, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, “2013-yilda tibbiyot-sanitariya sohasida birinchi yordam ko‘rsatish oilaviy tibbiyot printsipi asosida ishlash shakliga o‘tkazildi. Bu esa yurtimizda sog‘liqni saqlash sohasini isloh etishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha joriy etilayotgan chora-tadbirlar tizimida muhim qadam bo‘ldi. Bunday o‘zgarish qishloq joylarda, ayniqsa, chekka tumanlarda yashayotgan 14 million 600 ming nafar aholiga malakali tibbiy yordamdan foydalanish imkonini berdi10”.Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tasdiqlangan “1998-2005 yillarda sog‘likni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi”da O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida soqliqni saqlash tizimini takomillashtirish ustuvorligi va aholi sog‘ligini yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratish o‘zining umumiy ifodasini topdi. Aholi sog‘lig‘i darajasi milliy boylikning muhim tarkibiy qismi va madaniyatli jamiyatning fundamental xususiyatlaridan biri hisoblanadi, aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish xizmatini har tomonlama rivojlantirish jamiyat taraqqiyotining muhim sharti va ijtimoiy rivojlanish darajasining integrallashgan ko‘rsatkichidir. Ushbu Farmonga ko‘ra, “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasi” va “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi”11 qabul qilindi.
Hozirgi kunga qadar mazkur dasturlar doirasidagi ishlar o‘z yakuniga etdi va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, uni har jihatdan jahon talablari darajasiga olib chiqish hozirgi kunda mamlakatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Soha anchayin murakkab tuzilishga ega bo‘lganligi sababli uni optimal darajada shakllantirish hamda moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish masalalari jiddiy e’tiborni talab etadi.
Sohaning murakkabligini uning oldiga qo‘yilgan vazifa, ya’ni mamlakat aholisining salomatligini saqlashga qaratilgan vazifalar bilan izohlash mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu mexanizmni samarali ishlashi ko‘p jihatdan uning moliyalashtirish tartibiga bog‘liq. Farmondan kelib chiqqan holda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarni quyidagi usulda moliyalashtirish belgilab berilgan:
o davlat budjetidan moliyalashtirish;
o aralash tarzda moliyalashtirish;
o davlat dasturlari va loyihalar asosida jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar va kreditlar evaziga.
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish konseptsiyasiga muvofiq, davlat quyidagilarni o‘z ichiga olgan bepul tibbiy-sanitariya xizmatlarining taqdim etilishini ta’minlaydi:

  • tez, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilishi;

  • sog‘liqni saqlashning birlamchi bosqichlarida va qator davlat, avvalo qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi;

  • aholini qator yuqumli kasalliklarga qarshi emlash;

  • ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar(sil, onkologik, ruxiy, giyohvandlik, endokrinologik kasallar va kasb kasalligiga uchragan bemorlar)gi oid ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish;

  • bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pullik kasalxonalardan tashqari);

  • 15-17 yoshdagio‘smirlar va chaqiruv komissiyasi yo‘llanmasi bilan kelgan chaqiruv yoshidagilar (18-27 yosh)ni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;

  • tug‘ruqqa yordam xizmatlarini ko‘rsatish(pullik kasalxonalardan tashqari);

  • davlat davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarning imtiyozli toifalari (nogironlar, urush faxriylari, etimlar)ni davolash.

Shu bilan bir qatorda, yuqorida keltirilgan Farmonda sog‘liqni saqlash muassasalarini bosqichma-bosqich pullik tibbiy xizmatlarga o‘tkazilishi belgilab berilgan.
Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘lari evaziga xususiy moliyalashtirish ko‘rinishida hamda aralash tarzda ya’ni, qisman xususiy tarzda xarajatlarni yopish va qolgan qismini davlatdan dotatsiya sifatida qoplash. Shundan kelib chiqqan holda tibbiyot muassasalarida aralash tarzda moliyalashtirishda budjetdan va o‘z-o‘zini moliyalashtirish tizimi qo‘llaniladi. Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 1999-yil 22-martda 679-son bilan tasdiqlangan “Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishga bosqichma-bosqich otayotgan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash” tartibiga ko‘ra, Davolash profilaktika muassasalarining moliyaviy resurslarining shakllanish manbalari belgilab berilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida belgilangan samaradorlikka erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tibbiyot tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lar bilan ta’minlanishini yuzasidan mamlakatimizda Davlat maqsadli jamg‘armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari shakllantirilgan bo‘lib, budjet kodeksiga ko‘ra ularga quyidagilar kiradi:

  • davlat maqsadli jamg‘armasi hisoblanuvchi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” ;

  • budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga kiruvchi “Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi” va “Tibbiyot tashkilotlarining

1 9
moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi” keltirib o‘tilgan.
Budjet kodeksida ushbu mablag‘larning shakllantirish manbalari va ularni yo‘naltirish xarajatlari belgilab berilgan. Budjet kodeksining 60-moddasiga binoan budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi daromadlari: 12 13

  • hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha tejalgan mablag‘lar, bundan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar mustasno;

  • faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

  • budjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘laming bir qismi;

  • belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar;

  • homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi14.

Budjet kodeksining 61-moddasiga ko‘ra “Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi” daromadlari belgilangan, ya’ni ular:

  • tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan budjet mablag‘lari umumiy haj mining 5 foizigacha bo‘lgan miqdorda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;

  • faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

  • hisobot choragining so‘nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo‘yicha ejalgan mablag‘lar, bundan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar mustasno;

  • tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag‘laming bir qismi;

  • belgilangan tartibda budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar;

  • homiylikdan olingan mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi15.

Ushbu budjetdan tashqari jamg‘armalar hisobdan xarajatlarni amalga oshirish yo‘nalishlari Budjet kodeksining 81-moddasida belgilab berilgan. Ushbu moddaga ko‘ra, budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi hamda
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan:
S vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini to‘lash;
S budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari;
S budjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlari uchun foydalaniladi16.
Budjet tashkilolarining yuqorida keltirib o‘tilgan budjetdan tashqari jamg‘armalari bo‘yicha daromadlarni shakllantirgan holda, tegishli tartibda xarajatlarni amalga oshiradi.

  1. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning xorij tajribalari

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlarni yetkazib berishda aholiga qulayliklar yaratish yo‘lida hamda ularni molyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash jarayonlarini yanada takomillashtirish ishlari yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan “2014 yil Sog‘lom bola” yili deb nomlanishi va bu borada qabul qilinadigan Davlat dasturining ustuvor yo‘nalishlarida alohida e’tibor berilishi ta’kidlandi.
Shu nuqtai nazardan esa, ijtimoiy soha, xususan, sog‘liqni saqlash tizimini samarali moliyalashtirishni takomillashtirishda xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ularni respublikamizda joriy qilish yo‘llarini ishlab chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda, mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining xalqaro reytingini keltirib o‘tish o‘rinli bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 193 ta mamlakatning sog‘liqni saqlash tizimining moliyaviy-iqtisodiy va tibbiy-demografik ko‘rsatkichlariga asosan o‘tkazgan tahlillariga ko‘ra davlatlarning soha bo‘yicha qayd etgan reytinglari aniqlandi, ularni 1.1-jadvaldan ko‘rish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlaming sog‘liqni saqlash sohasini
moliyalashtirishdagi tajribalarini o‘rganib respublikamiz sharoitida joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi. AQSH, ayrim MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari ushbu sog‘liqni saqlash sohasida sug‘urta-bozor munosabatlarini asosan rivojlantirgan. Mazkur tajribalarni o‘rganishning sababi, mamlakatimizda soliqlar hisobidan sohani moliyalashtirish asoslarining rivojlanganlik darajasi sezilarlidir. AQShda tizimning o‘ziga xos jihati mamlakatda sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish ko‘proq tijorat xususiyatiga ega ekanligidadir.


  1. Download 465.62 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling