Bob. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish­ning nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari


Bitiruv malakaviy ishining qisqacha tavsifi


Download 465.62 Kb.
bet3/36
Sana25.12.2022
Hajmi465.62 Kb.
#1066351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
KURS ISHI. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish masalalari

Bitiruv malakaviy ishining qisqacha tavsifi. Kirish qismi, 8 ta paragrafni qamrab olgan 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Ishning I-bobida Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning zarurligi, mohiyati va ahamiyati, nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslari hamda sog‘liqni saqlash moliyashtirishning xorij tajribalari bayon qilingan.
II-bobda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning amaldagi holati yoritilgan. III-bobda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni isloh qilish strategiyasi, shu jumladan, amalga oshirilgan qator “Salomatlik” loyihalari va “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturlaridagi ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tilgan.
Xulosa qismida ish yuzasidan shakllangan xulosalar bayon qilingan va sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish strategiyasi samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar keltirib o‘tilgan.



  1. BOB. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINI MOLIYLASHTIRISHNING NAZARIY VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

  1. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalahtirishning zarurligi, mohiyati va

ahamiyati
Ijtimoiy sohaning asosiy bo‘g‘inini sog‘liqni saqlash muassasalari tizimi tashkil etadi. Sog‘liqni saqlash tizimi moliyaviy zahiralar tarkibi va tuzilmasi, moliyalashtirish manbalari va ulushi hamda sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi masalalarini o‘ziga qamrab oladi.
Mamlakatning istiqboli, kuch-qudrati, jahon hamjamiyati oldidagi obro‘ - e’tibori va salohiyati fuqarosining, sog‘ligi oilaviy tinch - totuvligi, moddiy va ma’naviy barkomolligiga bog‘liq. Bekorga “xalq sog‘ligi —yurt boyligi”, “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” deyishmagan. Shu boisdan xukumatimiz, Respublikamiz Prezidenti mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, xalq salomatligini tiklash, onalik va bolalikni muhofazalash, sog‘lom avlod tarbiyasi, sanitariya va profilaktika xizmatini kengaytirishga davlat ahamiyatiga molik siyosat sifatida e’tibor berishmoqda. Sog‘liqni saqlash borasida olib borilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar, tarmoqni moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish muvaffaqiyati ko‘p jihatdan moliyaviy masalalar qanday hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Xususan yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “... sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va takomillashtirish doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”2. Albatta, bu boradagi ishlarni amalga oshirish mablag‘lar masalasi bilan uzviy ravishda bog‘liqligi sog‘liqni saqlash muassalarini moliyalashtirish, bu jarayonni tashkil etishdan boshlab, ijrosini ta’minlash va nazoratni samarali olib borishgacha bo‘lgan jarayonni o‘zida aks ettirgan holda namoyon bo‘ladi.
Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni tashkil etish ushbu tarmoqqa mablag‘lar qo‘yishning ob’ektiv shartliligidan kelib chiqiladi. Sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilayotgan mablag‘ning eng kam miqdori takror ishlab chiqarishning iqtisodiy shartlari bilan belgilanadi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishga davlat tomonidan mablag‘ jalb etishning zarurati shu bilan bog‘liqki, jamoat salomatligi jamiyat hayotiy faoliyati va taraqqiyotining muhim sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirish va mazkur sohaga yo‘naltirilgan budjet mablag‘larini ishlatilish xususiyatlari o‘rganiladi. Ushbu sohani mablag‘ bilan ta’minlash mabalari quyidagi 1.1-rasmda ko‘rsatilgan.


    1. rasm. Sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash

manbalari3
Davlatning sog‘liqni saqlash tizimi islohotlariga oid ijtimoiy dasturlarini amalga oshirishning asosiy manbasi sifatida budjetdan foydalaniladi. Davlat budjetning aynan taqsimlash funksiyasiga tayanib, ixtiyoridagi markazlashgan moliya resurslarini shakllantiradi va budjet yordamida umumdavlat iste’mollarini pul resurslari bilan ta’minlaydi. Moliyaviy resurslami taq simlash va qayta taqsimlash jarayonida sog‘liqni saqlash sohasi muassasalari ham budjetdan moliyalashtiriladi. Sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashda, ular qonunda belgilangan tartibda respublika, viloyat/shahar va tuman budjetlaridan moliyalashtiriladi (1.2-rasm).
respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, karantin va o‘ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va sud- tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlami saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida 0‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar haqini to‘lash xarajatlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byud- jetining, viloyatlar_ viloyat byudjet- larining va Toshkent shahri shahar byudjetidan:
0‘zbekiston
Respublikasi
respublika
budjetidan:
qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari xarajatlarining o‘mini qoplash (subsidiyalar);
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlami, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlami saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlaming viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari;
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarmfidagi davolash- profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari; •qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

    1. rasm. Sog‘liqni saqlash muassasalarini mablag‘ bilan ta‘minlashni

amalga oshirishining tartibi4
Bundan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ijtimoiy sohalar rivojlanishi uchun uning moliyaviy ta’minlanish darajasi yuqori o‘rin tutmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida sohani moliyalashtirishni hamda mablag‘lardan samarali foydalanishni yanada takomillashtirish bugungi kun tartibidagi muhim masalalardan bo‘lib qolmoqda.
Sog‘liqni saqlashni rivojlantirishda davlatga muhim ahamiyat berilishi quyidagi uch asosiy sharoit bilan asoslanadi: birinchidan, kambag‘allikni
qisqartirish va xizmat uchun esa o‘zi haq to‘lay olmaydiganlami tibbiy yordam bilan ta’minlashning zarurati; ikkinchidan, tibbiy xizmatlarning ba’zi ko‘rinishlari ijtimoiy ne’mat hisoblanadi va u tashqi samaraga ega. Masalan, kasallik tarqatuvchilar bilan kurashgan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiy bilimlarni tarqatish va nihoyat, uchinchidan, sog‘liqni saqlashga hamda tibbiy sug‘urta bozori mexanizmi kamchiliklarni bartaraf etish. Shu sababdan ham barcha mamlakatlarda davlat sog‘liqni saqlash tizimiga aralashadi. Quyidagi 1.3-rasmda sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish mexanizmi berilgan.
Sog’liqni saqlash tizimini
moliyalashtirish


Budjet orqali moliyalashtirish
O’z-o’zini
moliyalashtirish
Kredit orqali moliyalashtirish
Homiylar
mablag’laridan
moliyalashtirish
mexanizmi

Download 465.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling