Qat iy belgilangan narxlar davlat organlari qarorlari asosida belgilanadigan narxlar. Qat iy narx bu shartnoma tuzilayotganda qayd etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida о zgartiri- lishi mumkin bo lmagan narx (shartnoma kelishuviga ко ra).
Bozor narxi oldi-sotdi olib borishda, ayrim bozorlarda qo llanuvchi baholar.
Maqsadga yo naltirilgan narx siyosati turli xil narxlami belgilashni ко zda tutadi. Qabul qilingan belgilariga ко ra narxlar turlar bo yicha tasniflanadi. Ulardan eng muhimlarini ко rib chiqamiz.
Tariflar - bu xizmatlar uchun narxlar. Masalan, elektroenergiya, aloqa xizmati uchun tariflar, temir yo 1 tariflari. Davlat tariflari rejalashtirilgan narxlaming bir shaklidir. Temir yo Ida, avtomobillarda va boshqa transport vositalarida yuk tashish tarifidan transport tashkilotlari о zaro hisob-kitob qilishda ham, transportdan foydalangan davlat, kooperatsiya korxonalari bilan hisob-kitob qilishda ham shu tarifdan foydalanadilar.
Davlat tomonidan narxlaming boshqarilishi darajasi va ulami tartibga solishning boshqa vositalariga ко ra quyidagi narxlar farqlanadi:
Boshqariladigan narxlar bu darajasi boshqaruvning mos keluvchi organlari tomonidan nazorat qilinadigan narxlar. Ulaming orasidan eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin (korxona о z mahsuloti yoki xizmatiga undan yuqori baho belgilash huquqiga ega bo lmagan narxlar), jalb etilgan narxlar (ma lum darajadagi narxlar). Ba zis baho - tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda qo llaniladi.
Xarid qilish - sotish bahosi shartnomaga asoslangan yetkazib berish shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham deyiladi va uni sif , for , franko kabi ко rsatkichlar bilan ifoda- lanadi.
Jahon bahosi - tovar turiga bog liq ravishda aniqlanadi.
Monopol baho - monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho.
Transfert bahosi - bu firmaning ishlab chiqarish bo limidan boshqa bo limlariga о tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo xizmatiga yoki chet el savdo filialiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |