Bob. Tovar va tovar siyosati tovar yoki xizmat ehtiyojni qondirish qurolidir
Download 357.77 Kb.
|
5 maruza mar
9.1-rasm. F. Kotler yondashuvi bo yicha tovarning uch darajsi
Tovarlar ishlatilish muddatiga qarab quyidagi uch guruhga bo linadi: Uzoq muddat ishlatiladigan tovarlar. Bu guruhga kiyim-kechaklar, sovutgichlar, mashinalar va boshqa tovarlar kiradi. Qisqa muddatda foydalaniladigan tovarlar. Bu tovarlar bir yoki bir necha marta ishlatiladi. Bularga pivo, sovun, gugurt, tuz, oziq-ovqatlar- ning boshqa turlarini kiritish mumkin. Xizmatlar insonga foydali natija va qoniqish beradigan xatti- harakatlar. Bularga sartaroshxonada soch oldirish, kiyim tikish, soatlami tuzatish kabilami misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari tovarlarga so nggi qo llanilishi nuqtayi nazaridan qaraganda ular ikki guruhga bo linadi: iste mol tovarlari va ishlab chiqarish texnik maqsadlarga mo ljallangan tovarlar. Iste mol tovarlari bu bevosita insonlaming shaxsiy ehtiyoj larini qondirishga mo ljallangan eng zarur tovarlardir. О z navbatida, iste mol tovarlari jiddiy tanlanadigan tovarlar, alohida ahamiyatga ega bo lgan tovarlar, talab juda kichik bo lgan tovarlar guruhlariga bo linadi. Kundalik ehtiyoj tovarlari bu iste mol tovarlari bo lib, xaridor uni о ylamasdan va boshqa tovarlar bilan deyarli taqqoslamasdan, tez-tez xarid qiladigan tovarlardir. Jiddiy tanlov tovarlari bularga sotib olish vaqtida sifati, narxi, tashqi ко rinishi, yaroqlilik darajasi kabi ко rsatkichlari bo yicha о xshash tovarlar bilan solishtiriladigan tovarlar kiradi. Masalan, kiyim- kechak, mebel, elektrotovarlami shu guruhga kiritish mumkin. Alohida ahamiyatga ega bo lgan tovarlar bular tengi yo q tavsifga ega bo lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog liq bo lgan tovarlardir. Masalan, mashinaning noyob markasi, о ta qimmatbaho taqinchoqlar. Talab juda kichik bo lgan tovarlar bular kam iste mol tovarlari bo lib, odatda xaridorlar bu tovarlami sotib olishni о ylamaydilar. Masalan, yangi tovarlar. Bu gumh tovarlarini sotish uchun anchagina marketing harakatlarini bajarishga to g ri keladi. Ishlab chiqarish texnik maqsadlarga mo ljallangan tovarlar bu yakka shaxslar va tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlami ishlab chiqarishni davom ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun sotib olinadigan tovarlardir. Tovar bilan bog liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi. Marka bu nom, atama.Tovar belgisi bu rasm, simvol, emblema bo lib, uni so z bilan ifodalab bo lmaydi va u tovami qaysi markaga tegishli ekanligini belgilaydi, u muayyan tovami identifikatsiyalashda qo llaniladi. Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi. Markali tovar tovarlaming umumiy massasi orasidan yaqqol ко rinadi, iste molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka siyosatini amalga oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog liq. Markaning nomi avvalo, tovaming xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa belgilarga to g ri kelmasligi kerak. Buyumlar va xizmatlardan tashqari shaxslar faoliyati, ulaming manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil etish shakllari va fikrlar, g oyalar ham tovar hisoblanadi. Ко pchilik rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e tibor qaratadilar, lekin ко pchilik mijozlaming qarashi bunday emas. Mijozlar uchun mahsulot bu о z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan mahsulot sifati mijozlaming istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak. Mahsulot va xizmatning farqi: Mahsulot bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo lib, uni ко rish yoki ushlab ко rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda, mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan bilasiz va ко rasiz. Xizmat esa bir tomonning ikkinchi tomon uchun ко rsatayotgan xatti-harakatdir. Siz mijozga xizmat ко rsatganingizda, mijoz uni ко z bilan ко rib, qo 1 bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste mol qiladi. Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga qadar do konda yoki omborda saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval sotiladi, keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijoz- dan ancha uzoqda bo lishi mumkin, lekin xizmat ко rsatuvchi va mijoz odatda yonma-yon turadi. 9.2-rasm. Marketingning unsuri mahsulot va xizmatlar Xaridorlaming sotib olish odatlariga asosan keng iste mol tovarlari quyidagi guruhlarga bo linadi: -Kundalik xarid tovarlari. Masalan, choy, tuz, tozalash vositalari, tamaki, sovun, gazeta va h.k. -Maxsus talab etiladigan tovarlar. Masalan, erkaklar kostyumi, avtomobillar, modadagi tovarlar. Sanoatda ishlatiladigan tovarlar. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi va yangi qiymat yaratish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo linadi: materiallar va detallar; kapital shaklidagi mulk (inshootlar, yordamchi dastgohlar); yordamchi materiallar va xizmatlar. Ular tayyor mahsulotning asosini tashkil etmaydi, uning sifati, ко rinishi, xususiyatlarini oshiradi, mahsulotni tayyorlashga xizmat qiladi. Xarajat sifatida mahsulot tannarxiga qo shiladi. Masalan, yozuv qog ozi, moylovchi yog lar, tosh- ko mir yoqilg i sifatida, qalamlar, ip, podkladka materiallari va h.k. Tayyor mahsulot asosini xomashyo va yarim fabrikatlar, detallar tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi (programmasi) korxonani rivojlantirish rejasining yoki biznes rejaning eng muhim qismi hisoblanadi. Rejaning bu qismida ishlab chiqarishga mo ljallangan mahsulot hajmi uning turlari, navi va sifat ко rsatkichlari bo yicha korxona majburiyatlari ко rsatiladi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasida natural ко rsatkichlar muhim о rin tutadi. Masalan, tonna, metr, kilobayt, soat, kubmetr kabi ко rsatkichlar. Ular yordamida har bir mahsulot turi bo yicha kimga qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini, mahsulot birligi uchun ketadigan ish vaqti yoki energiya xarajatlari, mehnat sarf-xarajat- lari (xomashyo, materiallar, yoqilg i) miqdorining me yorini bilish mumkin bo ladi. Bundan tashqari natural ко rsatkichlar yordamida korxonada xomashyo materiallarga ishchi-xizmatchilarga bo lgan talabni, mehnat haqi to lovlari miqdori, har birining mahsulot uchun mehnat haqi (bahosini) to lovini aniqlash, ishlab chiqarishdagi barcha bo g inlar (uchastkalar) о rtasida mutanosiblikni ta minlash, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini (konsentratsiyalashtirish, ixtisos- lashtirish, kooperativlashtirish, kombinatlashtirish) tanlash, xomashyo resurslari bilan ta minlash, ulaming zaxiralarini miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Natural ко rsatkichlar korxona va tarmoqlaming о ziga xos tomonlarini, xususiyatlarini ham ifoda etadi. Ishlab chiqarishni rag batlantirishga yordam beradi. Bulaming hammasi ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonida albatta hisobga olinishi zarur. Aks holda ishlab chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib qolishlar, natijada ish vaqti, dastgohlar unumdorligi, quvvatidan va boshqa resurs- lardan foydalanish samarasiz bo lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo bo ladi. Shuning uchun mahsulot miqdorini uning xususiyatlari va sifatini to g ri va to laroq ifoda etuvchi ко rsatkichlar to g ri tanlab olinishi lozim. Masalan, gazlamalami pogon va metrlarda, gilamlami kv.m. va dona hisobida, g ishtni donada ishlab chiqarish rejalashtirila- di. Mashinasozlikda dastgohlar, mashinalar, uskunalaming iste molga yaroqli xususiyatlarini to laroq ifoda etuvchi ко rsatkichlar ishlatiladi. Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari ming yigiruv veretenda о Ichanadi, о zgaruvchan tok generatorlari dona va ming kilovatt, elektrovozlar dona va ming ot kuchi, akkumulyatorlar dona va mln. amper soat, skreperlar nafar va cho michining hajmi ming kub m. hisobida о Ichanadi. Qora va rangli metallurgiyada mahsulot sifatiga bozor tomonidan yuqori darajada talablar qo yilmoqda. Masalan, metall tarkibi sifatini yaxshilash, prokat va trubalaming tarkibida umuman metall hajmini, tonnadagi og irligini kamaytirib, ulaming yuqori sifatdagilarini va tonnali bo lganlarini salmog ini oshirishga zaruriyat tug ilmoqda. Mineral о g itlar ishlab chiqarish va uni iste molchiga yetkazib berish ular tarkibida shartli birlik о miga oziqa moddalar mavjudligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi, demak mahsulotning iste mol qiymati, iste molga yaroqlilik darajasi yuqori о ringa qo yiladi. Buyurtmachilar portfelini shakllantirishda ular talabiga ко ra mahsulot ishlab chiqarish natural о lchovlarda (reja tuzishda) mahsulot turi va navi (nomenklaturasi va assortimenti) tushunchalari muhim ahamiyatga ega bo ladi. Biz kundalik hayotimizda turli iste mol ehtiyojlarimizni qondirish uchun turli tovarlar guruhlaridan ma lum assortimentdagi tovarlami tanlaymiz. Tovar iste molchilar xohishiga qancha ко p mos kelsa, ishlab chiqamvchi shuncha ко p muvaffaqiyatga erishadi. Gap shundaki, ishlab chiqaruvchilar iste molchilami izlab topishlari, ulaming talablarini yuzaga chiqarishlari, keyin shu tovami yaratishlari va sotishlari zamr. Download 357.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling