Bob. Tovar va tovar siyosati tovar yoki xizmat ehtiyojni qondirish qurolidir


Download 357.77 Kb.
bet3/46
Sana23.04.2023
Hajmi357.77 Kb.
#1384713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
5 maruza mar

Tovar nomenklatura nomi bu bir xil iste mol ehtiyojini qondi- mvchi tovarlar assotimentining umumlashgan nomi. Masalan, Yuvish vositalari . Non va non mahsulotlari va hokazo.
Assortment (ingl. Assortment, range) firma (kompaniya) sotayotgan mahsulotlaming gumhlar, turlar, tiplar, navlar, о lchamlar va markalar bo yicha tarkibi. Tovar assortimenti, deganda bir xil iste mol ehtiyojimizni qondiradigan turli tovarlar xillarini tushunamiz. Masalan, non va non mahsulotlari tovaming nomenklatura nomi, deb ataladi. Bu guruhga kirgan non turlari assortment, deb ataladi.
Assortiment kengaytirilishi assortment kengligi (tovar guruhlari miqdori) va chuqurligi (har bir guruhdagi modellar, markalar turlari miqdori) bo yicha farqlanadi.Tovar assortimenti har bir turdagi mahsulotni uning sifat xususiyatlari bo yicha tarkibi, marka, navi, profili kabi tomonlari bilan berilgan miqdorda ajratilishidir. Mavjud tovarlar kategoriyalariga yangi variantlaming qo shilishi. Bunga о xshash kengaytirishni marketologlar savdo markasi nufuzi barbod bo lishi tavakkali bilan bog laydilar. Assortiment kengligi bozorda taklif etilayotgan turli mahsulot liniyalari (tovar kategoriyalari)ning muayyan miqdori.
Assortiment siyosati ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenk- laturasi va uni maqbullashtirish yo li muammosini hal etishni nazarda tutadigan faoliyat. Assortiment siyosatining asosiy vazifasi ishlab chiqarish bo linmasidagi ishlab chiqarish tuzilmalarida quyidagilami aniqlash hisoblanadi:
-yangi mahsulot bilan takomillashtirish va zamonaviylashtirish talab etiladigan mahsulot, takomillashtirishni talab etmaydigan an ana­viy mahsulot, eskirgan mahsulot о rtasidagi nisbat (ulush)ni aniqlash;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va rejalashtirilgan sifat hamda miqdor ко rsatkichlarini belgilash;

-ishlab chiqarilayotgan bitta bir xil mahsulot andozalarini va о zgargan turlarini aniqlash;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulotning butun nomenklaturasi bo yicha hayotiylik davri tarkiblarini va assortimentni yangilash istiq- bollarini aniqlash;
-mahsulotning tabaqalanish darajasini va yangi mavjud mahsulotlar texnologik umumiyligi darajasini aniqlash.
Assortiment siyosatini shakllantirish quyidagilami hisobga olgan holda amalga oshiriladi: zarur resurslaming mavjudligi, ishlab chiqarish- ning texnik va texnologik darajasi, eng maqbul muddatlarda yangi ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari, ishlab chiqarish patentlari va sirlari, ulaming patent himoyasining mavjudligi, ishlab chiqarishning kutilayotgan rentabelligi va investitsiyalami qoplash muddatlari, butun ishlab chiqarish jarayoni barcha bo g inlarida boshqaruv kadrlari va malakali xodimlaming mavjudligi, vositachi yetkazib beruvchilar bilan barqaror aloqaning mavjudligi, talabning mavsumiyligi, narxlar konyunkturasi va о sib borishi bilan bog liq tavakkalchilik darajasi.
Assortment siyosati о z firmasida texnologik bilim va tajribadan foydalanishni eng maqbul holga keltirishga, ishlab chiqarilayotgan to­varlar rentabelligi va yangilarini joriy etishga ketadigan xarajatlar nuqtayi nazaridan moliyaviy resurslami maqbullashtirishga qaratilgan.
Assortment siyosatini shakllantirish asosida tovaming hayotiylik davri mohiyati yotadi. Tovar hayotiylik davrining har bir bosqichida savdoning turli shakl va usullaridan foydalaniladi, sotishni rag bat- lantirishning turli vositalari qo llaniladi, xususan, ular iste molchilik maqsadidagi turli tovarlar, shuningdek, ishlab chiqarish maqsadidagi mahsulotlami sotish paytida о ziga xos xususiyatlarga ega bo ladi.
Assortment siyosatini ishlab chiqish mahsulotni hayotiylik davri va yangi mahsulotni joriy etish to g risidagi qaromi о z vaqtida qabul qilish nuqtayi nazaridan, an anaviy turdagi mahsulotlami zamonaviylashtirish, tovami ishlab chiqarishdan olib tashlash va ayni paytda uzluksiz texnik xizmat ко rsatishni ta minlash maqsadida ishlatishda bo lgan mahsulot uchun ehtiyot qismlar chiqarishni davom ettirish nuqtayi nazaridan о rganishga doimiy e tibomi talab etadi.
Amalda ham firma (kompaniya, korxona) assortment siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan doimiy ravishda shug ullanadi.
Buyumlar nomenklaturasi ishlab chiqilishi bilanoq foydani ro yobga chiqarishi uchun mas uliyat joriy kundalik xo jalik faoliyati bo linmasi zimmasiga yuklatiladi. Bir paytning о zida yangi tovarlami chiqarish an anaviy tovarlar turi va texnologiyalami о zgartirish va takomillash­tirish amalda faqat yirik sanoat kompaniyalari uchungina xos bo ladi. Uncha katta bo lmagan firmalar odatdagi faoliyat turlariga ixtisoslasha- dilar:
novator firmalar (venchur firmalar) yangi mahsulotni ishlab chiqadilar; injenering firmalar ma lum bo lgan buyumlami о ziga xos turli xillarda ishlab chiqish bilan shug ullanadilar;
mashinasozlik sohasidagi tor ixtisoslashgan firmalar ommaviy ishlab chiqarishdagi murakkab bo lmagan buyumlar yoki qismlami vositachi yetkazib bemvchi sifatida ishtirok etadilar.
Demak, assortment - bu har bir turdagi mahsulotning xillari, markasidir. Ustki kiyimlar qanday materialdan to qilishiga, fasoni, о lchamiga qarab ajratiladi. Rasmiy ma lumotlarga ко ra ulaming xili 110 ta bo Isa, assortimenti bundan ham ко p. Kir yuvish mashinalari- ning 250 xili, kir yuvish kukunining 150 xili bor. 90 xildagi velosiped- lar, 85 xildagi magnitofonlar, radiopriyomniklaming 50 xildan ко pi, televizorlaming 45 xili, sotuvgichlar va elektr priborlaming 35 xili ma lum. Natural birlikda mahsulot ishlab chiqarish dasturida mahsulot­ning sifat darajasi ham ко rsatiladi.
Brend (ingl. Brendj soddalashtirilgan va tor ma noda talqin qilganda ushbu termin muayyan mahsulotning xususiy nomini uning yaratuvchi ijodkori va egalik qiluvchi sohibi tomonidan berilgan individual xarakteristikasi va vizual identifikatsiyasi bilan birgalikda anglatadi. «Brending» bu mahsulotni iste molchilarga osonlik bilan «toptirish» uchun nom, belgi, logotip yoki ulaming aralashmasidan foydalanish. Har gal iste molchi supermarketga borganda yangi mah­sulot sotib olish uchun «tavakkal» qilishni xohlamaydi, ular ishonchli, о zi, biladigan narsani sotib oladi. Brendni targ ibot qilish ham ishlab chiqaruvchiga, ham iste molchiga foydali. Yaxshi brend marketing xarajatlari va sotish vaqtini kamaytiradi.
«Trademark» - ma lum bir so z yoki iboraning faqat bir kompaniya tomonidan о z mahsulotlari uchun ishlatilishining ro yxatdan о tganligi. «Service mark» trademark bilan bir xil, faqat xizmatlar uchun qo llaniladi.
Mahsulot sifati bo yicha barcha texnik iqtisodiy ко rsatkichlar dunyo amaliyotidagi eng oliy darajadagi erishilgan yutuqlar talabiga javob berishi kerak. Demak, rejada mahsulotlaming standart talablari va sertifikatlash shartlariga rioya qilgan holda ishlab chiqarish hajmini mo ljallash zarur. Natural ко rsatkichlaming ahamiyati yuqori bo lishiga qaramasdan ular korxonada mahsulotning umumiy hajmi, ishlab chiqarish sur ati, tarkibini, mehnat to lovlari fondi hajmini aniqlash imkoniyatini bermaydi. Buning uchun qiymat ко rsatkichlar ishlatiladi. Ular yalpi tovar aylanmasidagi mahsulot miqdori, yalpi mahsulot, tovar mahsuloti, realizatsiya mahsuloti, sof mahsulot shartli normadagi sof mahsulot, mehnat sarfi (soat-daqiqalar) miqdori bo yicha mahsulot hajmi, xomashyoga ishlov berish bo yicha mahsulot hajmi va boshqalar.
Agar bozor ishtirokchisi, ya ni korxona marketingi iste molni yuzaga chiqarish, zarur xildagi tovarlami yaratish, bahosini aniqlash, ulami taqsimlash va iqtisodiy rag batlantirish tizimi ustida yaxshi ishlagan bo Isa, bunday tovarlar sotilmay qolmaydi. Har birimiz bilamizki, iste molchilar tez sotiladigan tovarlami navbatda turib ham olishga tayyor bo ladilar. Shuni ham aytish kerakki, ко pchilik marketingni ta minot va rag batlantirish ishlari bilan bir xil, deb hisoblaydilar.
Marketing ayirboshlash yo li bilan talab va ehtiyojlami qondirish- ga qaratilgan kishilik faoliyatining turi. Masalan, ayollar lab bo yog ini «Fabrikada kosmetika ishlab chiqarilsa, do konda esa ishonch sotiladi», deb ta kidlaydi firma rahbari Charlz Revson. Shuning uchun ayol kishi shunchaki lab uchun bo yoq sotib olmasligi hammaga tushunarli, yoki do kondan diametri chorakta bo lgan parmalash buyumini xarid qilmay, shu diametrdagi oraliq (teshikni) xarid qilinadi, deb hisoblaydi bilimdon sotuvchilar. Shunga о xshash faqat bifshteks sotilmaydi, uni iste mol qilganda keladigan ishtaha bilan birga huzur-rohat sotilishi kerak . Mijozga shu kerak. Shuning uchun bozor ishtirokchilari, sotuvchilari har qanday tovar ortida yashiringan talablarni yuzaga chiqarib, uning xususiyatlarini, undan keladigan bahramandlikni, foydani sotishlari lozim.
Bozor iqtisodiyoti bir xil mahsulotni ishlab chiqarish foydali boshqasini ishlab chiqarish esa zararli ekanligini belgilovchi iste molchi talabi, uning xohishi erkinligini cheklaydi.
Korxona mahsulot ishlab chiqarishni iste molchi talabi bilan moslashtirmasa, ishlab chiqarish bankrotga uchraydi. Xomashyo resurs- larini yetkazib beruvchilar ham shunday. Ishlab chiqariladigan mahsulot qanday bo Isa uning uchun shunday resurs kerak bo ladi. Yetkazib beruvchilar mehnat va moddiy resurslar hisobiga maksimal foyda olishlari uchun bozor tizimi talablariga bo ysunib iste mol talablaridan kelib chiqib resurslami tanlashi lozim. Chunki faqat foyda ко radigan firmalargina shu xildagi resurslarga о z talablarini qo yadilar, ulami xarid qiladilar. Demak, iste molni qondiradigan mahsulotlar uchun resurs yetkazib beruvchilar о zlari istagan xildagi va sifatdagi resurslami yetkazib berishda «Erkin» emaslar.
Kishilaming talabalari cheksizdir, lekin ularni qondirish uchun zarur bo lgan resurslar cheklangan. Shuning uchun kishilar о zlarining moliyaviy imkoniyatlariga yarasha eng ко p qoniqtiradigan tovarlami tanlab oladilar. Talab xarid qilish qobiliyati bilan belgilanadigan iste moldir. Iste molchilar kichik, о rtacha va katta tipda bo lishi mumkin. Ular korxonalar, kompaniyalar va turli xildagi xo jaliklardir. Lekin talablar о zgarib turuvchi ко rsatkichdir. Kishilar xilma-xil, yangidan yangi narsalami qidirib topishga harakat qiladigan, hamma har doim ishlatadigan, foydalanadigan bir xil tovarlami yoqtirmay qoladilar, me dalariga tegadi. Tovar tanlashdagi harakat mahsulot bahosining pasayishi yoki kishilar daromadining ко payib borishi bilan ham bog liq bo ladi. Xaridorlar о z pullariga eng ко p qoniqish hosil qiladiganlarini tanlab oladilar. Masalan, «Volkswagen» avtomobili transport vositalari- ning barcha qulayliklarini о zida jamlagan, narxi ham nisbatan past, yoqilg ini tejaydigan, Yevropa transport vositalaridagi elementar talab­lar standartiga mos bo lgan mashinadir. Lekin «Cadillac» avtomobili yuqori darajadagi qulaylik va afzalliklarga ega. Shu pulga shu mashinani xarid qilgan kishi bu xususiyatlardan ко proq qoniqish hosil qiladi. Tovarlarga baho berishda uning sifati asosiy о rinda turadi. Tovaming sifati maqsadiga ко ra bu iste molchilaming talabini qondirishi mumkin bo lgan foydali xususiyatlaming majmuyidan iboratdir. Marketing nuqtayi nazardan, sifat bu mahsulotning mijoz talab va istaklarini qondira olish qobilyatidir. Sifat mahsulotning detallarida emas, balki xususiyatidadir.
9.3-rasmda tovaming sifatini ifodalovchi aynan shu xususiyatlar ко rsatilgan.

Tovarning sifati:


Download 357.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling