Bob. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyati va ulardan foydalanishning bugungi holati
Tarmoqda ishlab chiqarish samaradorligini hozigi holati taxlili
Download 137.81 Kb.
|
fermer xo\'jaligida paxta xom ashyosi
2.2 Tarmoqda ishlab chiqarish samaradorligini hozigi holati taxlili
Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida hisobga olish hamda fermer xo’jaligi bugalteriya hisobi ma’lumotlarini ishonchliligi ko’p jihatdan dastlabki hisobni tashkil etilishi va yuritilishiga bog’liq. Dastlabki hisob – bu fermer xo’jaligi bugalteriya hisobining xususiyatlaridan biri bo’lib, hujjatlar asosida ish yuritilishi bilan bevosita bog’liq. Dastlabki hisob quyidagi uch elementdan iborat: Dastlabki fermer xo’jaligi bugalteriya hujjatlari. Moddiy javobgar shaxsning kirim-chiqim daftari. Moddiy javobgar shaxsning hisoboti. Fermer xo’jaliklarida paxtachilik tarmog’idagi ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olishda turli xil fermer xo’jaligi bugalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Foydalaniladigan fermer xo’jaligi bugalteriya hujjatlarini quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: Mehnat sarfini hisobga oluvchi hujjatlar. Mehnat predmetlari sarfini hisobga oluvchi hujjatlar. 3.Mehnat vositalari sarfini hisobga oluvchi hujjatlar. 4.Mahsulot chiqishini hisobga oluvchi hujjatlar. Fermer xo’jaliklarida dastlabki uch guruhga kiruvchi hujjatlarga paxtachilik tarmog’idagi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hujjatlarga kiradi. Bularga «Ish vaqtini hisobga olish tabeli», «Mehnat va bajarilgan ishni hisobga olish varaqasi», «Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash hisob-kitobi», «Urug’ va ekish materiallarini sarflash dalolatnomasi», «Mineral va organik o’g’itlar hamda gerbisidlar va zaharli ximikatlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» va boshqa hujjatlar kirib, ular ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda rasmiylashtiriladi. Mehnat sarfini hisobga olish hujjatlarida paxtachilikda muayyan ishlarni bajarish uchun sarflangan mehnat va hisoblangan to’lov aks ettiriladi. Mexanizasiyalashtirilgan ishlarda traktorchi mashinistning hisob varaqalari (67-a va 67-b shakllar), mexanizasiyalashtirilmagan ishlarda mehnat hisobi va bajarilgan ishlar varaqalari (66- va 66-a shakllari) qo’llanadi. Shuningdek, ishbay ishlarda ishlangan vaqtni hisobga olish uchun – ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) qo’llanadi. Mehnat predmetlari sarfi hisobga olinadigan hujjatlarda paxtachilikda sarflangan turli moddiy qiymatlar: urug’, o’g’it, zaharli ximikatlar, gerbisidlar, ehtiyot qismlar va hokazolarni qayd etadi. Ekishga sarflangan urug’ va ekish materiallari urug’ va ekish materillarini sarflash dalolatnomasi (119-shakl), o’g’it, zaharli ximikat va gerbisidlar sarfi – ma’danli, organik va bakterial o’g’itlar zaharli ximikatlar va gerbisidlarni ishlatish to’g’risida dalolatnoma (118-shakl), mayda inventar va buyumlar – ishlab chiqarish va xo’jalik inventari va buyumlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (126-shakl) bilan rasmiylashtiriladi va xokazo. Dastlabki hujjatlar ko’rsatkichlari oy oxirida moddiy qiymatlar harakati haqidagi hisobotlarda (121-shakl) umumlashtiriladi, shundan so’ng bo’linmalarning ishlab chiqarish hisobotlariga moddiy qiymatlar sarfi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi. Mehnat vositalari sarfini hisobga olish hujjatlari Paxtachilikda foydalanilgan mehnat vositalari bo’yicha xarajatlar, xususan hisoblangan amortizasiya ajratmalari aks ettiriladi. Bunga amortizasiyani hisoblash va taqsimlash bo’yicha turli hisob- kitoblar: yil boshidagi holatiga ko’ra asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya ajratmalar hisob-kitobi (52-shakl) kelib tushgan va chiqib ketgan asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya ajratmalari hisob-kitobi (60-shakl), bir oylik amortizasiya ajratmalarini hisoblash vedomosti (62-shakl), dehqonchilik tarmog’idagi asosiy vositalari bo’yicha hisoblangan amortizasiyasi taqsimlash vedomosti (63-shakl). Bu guruh bilan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash bo’yicha hujjatlar uzviy bog’langan. Bularga mashinalarni ta’mirlash uchun nuqsonlar (defektlar) vedomosti (130-shakl), joriy ta’mirlash xarajatlarini taqsimlash vedomosti taalluqlidir. Mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo’yicha hujjatlar: don, texnik ekinlar, sabzavot, meva, ozuqa kabi dehqonchilik tarmogi mahsulotlarini kirim qilish qayd etiladi. Bularga: don ekinlari bo’yicha – don va boshqa mahsulotlarni daladan jo’natish vedomosti (77-shakl), mahsulotni daladan olib chiqish yo’llanmasi (77-a- shakl), donni talonli hisobga olish usulida talonlar (77-b,77-v,77-g-shakl), don va boshqa mahsulotlarni qabul qilish reyestri (78-shakl), donni tarozibon tomonidan qabul qilish reyestri (78-a-shakl), don va boshqa mahsulotlar harakati vedomosti (80-shakl) kiradi. Paxtachilikda xarajatlarni hisobga olish bo’yicha ham, mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo’yicha ham ko’p miqdordagi xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Har bir guruh hujjatlaridagi ma’lumotlar ularga ishlov berilganda ma’lum belgilariga ko’ra hujjatlarning harakatlanishi va ishlatilish tavsifiga ko’ra bir tizimga solinadi. Mehnat sarflari hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari ish haqi hisoblash va to’lash uchun har bir xodim hamda xodimlar toifasi bo’yicha ish haqi fondidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida umumlashtiriladi. Mehnat predmetlarini hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslar hamda moddiy qiymatlarning kelib tushishi va sarflanishi yo’nalishlari bo’yicha bir tizimga solinadi. Mehnat vositalarining sarflanishi hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari bir turdagi asosiy vositalar guruhlari va turlari hamda asosiy vositalardan foydalanish yo’nalishlari bo’yicha bir tizimga solinadi. Mahsulotlar chiqishi hisobga olinadigan hujjatlar ma’lumotlari mahsulot turlari, moddiy javobgar shaxslar, mahsulotning kelib tushish va sarflanish yo’nalishlari bo’yicha bir tizimga solinadi. O’simlikchilik ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga oluvchi hujjatlar fermer xo’jaligi bugalteriyada qayta ishlanib, «Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish daftari»ga yozuvlar amalga oshiriladi. Daftarda har bir ekin turiga alohida betlar ajratilgan bo’lib, xarajatlar va olingan mahsulotlar tegishli betlarga yoziladi. Ushbu daftar hisob registiri vazifasini bajarib, o’simlikchilik tarmog’idagi har bir ekin turi bo’yicha xarajatlar va mahsulot chiqishini alohida hisobga olishni ta’minlaydi. Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobi fermer xo’jaligi bugalteriya hisobi schyotlar rejasining 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida ochilgan analitik schyotda hisobga olib boriladi. Bu schyot balansga nisbatan aktiv schyot bo’lib, debetida paxtachilik tarmog’iga qilingan xarajatlari, kreditida esa paxtachilik tarmog’idan olingan mahsulotlar hisobga olib boriladi. Paxtachilik tarmog’idan olingan mahsulotlar yil davomida reja tannarxida hisobga olinib, yil oxirida haqiqiy tannarxga tuzatiladi. Fermer xo’jaliklarida paxtachilik tarmog’ining xarajatlari ham «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1.Mahsulot(ish,xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. 2.Asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari. 3.Moliyaviy faoliyat xarajatlari. 4.Favqulodda zararlar. Xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi xarajat elementlari deyiladi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagi xarajat elementlariga bo’linadi: 1.Moddiy xarajatlar. 2.Mehnat haqi xarajatlari. Ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar. Asosiy va nomoddiy aktivlar eskirishi(amortizasiyasi). 5.Boshqa xarajatlar. Xarajatlarni turlariga ko’ra guruhlanishi xarajat moddalari deyiladi. Xarajatlarni xarajat moddalari bo’yicha hisobga olinishi boshqaruv hisobiga kirib, xo’jalik yurituvchi subektlar ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xarajat moddalari sonini o’zlari mustaqil belgilaydilar. Fermer xo’jaliklarida Paxtachilik tarmog’idagi xarajatlar quyidagi 9 ta xarajat moddasi bo’yicha hisobga olinadi: 1.Mehnat haqi ajratmalari bilan birga. 2.O’g’itlar. 3.Asosiy vositalar amortizasiyasi. 4.Urug’lik xarajatlari. Ish va xizmatlar. Yoqilg’i va moylash materiallari. 7.Sug’urta to’lovlari. 8.Umumishlab chiqarish xarajatlari. 9.Boshqa xarajatlar. «Mehnat haqi ajratmalari bilan birga» xarajat moddasida bevosita paxtachilikning texnologik jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga hisoblangan asosiy va qo’shimcha mehnat haqi to’lovlari hamda hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti – Paxtachilik tarmog’i ishlovchilariga mehnat haqi hisoblanganda. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. Kredit 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» schyoti –Hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratma hisoblanganda. «O’g’itlar» xarajat moddasida paxta ekini uchun sarflangan mineral va organik o’g’itlar sarfi hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. Kredit 1090-«Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan mineral va organik o’g’itlar qiymatiga. «Asosiy vositalar amortizasiyasi» xarajat moddasida paxtachilik tarmog’ida foydalanilgan asosiy vositalarga hisoblangan amartizasiya xarajatlari hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. Kredit 0200 «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti – Paxtachilik tarmog’ida foydalanilgan asosiy vositalarga eskirish (amortizasiya) hisoblanganda. «Urug’lik va ko’chat materiallari» xarajat moddasida ekish uchun sarflangan urug’lik xarajati hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 1090- «Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan urug’lik qiymatiga. 5.«Ish va xizmatlar» xarajat moddasida paxtachilik tarmog’iga yordamchi ishlab chiqarishlar ko’rsatgan xizmati va chet tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish va xizmatlar xarajati hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 2310- «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyoti – Paxtachilik tarmog’ida xo’jalikni o’z yordamchi ishlab chiqarishlari ko’rsatgan xizmat summasiga. Debet 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. Kredit 6010- «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - Paxtachilik tarmog’ida chet tashkilotlarning ko’rsatgan xizmati summasiga. «Yoqilg’i va moylash materiallari» xarajat moddasida Paxtachilik tarmog’iga sarflangan turli xildagi yoqilg’i va moylash materiallari xarajati hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.. Kredit 1030- «Yoqilg’ilar» schyoti – Sarflangan yoqilg’i va moylash materiallari qiymatiga. «Sug’urta to’lovlari» xarajat moddasida paxta hosilini turli tabiiy ofatlardan sug’urtalash xarajatlari hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 6510- «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyoti –Hisoblangan sug’urta to’lovlari summasiga. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» xarajat moddasida Paxtachilik tarmog’iga tegishli umumiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 2510- «Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari» schyoti –taqsimlangan umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini Paxtachilik tarmog’iga tegishli qismiga. «Boshqa xarajatlar» xarajat moddasida yuqoridagi moddalarda hisobga olinmagan paxtachilik tarmog’ining boshqa to’g’ri xarajatlari hisobga olib boriladi. Bunda xarajatlarning turlari bo’yicha tegishli fermer xo’jaligi bugalteriya provodkalari tuziladi. Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotlar yil davomida reja tannarxida baholanib daromadga olinadi. Yil oxirida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni haqiqiy miqdori aniqlangandan so’ng haqiqiy tannarx hisoblanib reja tannarxi haqiqiy tannarxga tuzatiladi. Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotni daromadga olishda quyidagi fermer xo’jaligi bugalteriya provodka tuziladi: Debet 2810 – «Ombordagi tayyor mahsulot» schyoti. Kredit 2010–«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – don daromadga olinganda. Sotilgan paxtaning yil oxirida kalkulyasiya farqiga (Agar haqiqiy tannarx reja tannarxidan katta bo’lsa, farq summasiga «qo’shimcha yozuv» usulida, agar haqiqiy tannarx reja tannarxidan kichik bo’lsa, farq summasiga «qizil storno» usulida) quyidagicha fermer xo’jaligi bugalteriya provodkasi tuziladi. Debet 9110–«Sotilgan mahsulotlar tannarxi» schyoti. Kredit 2010–«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Paxtachilik tarmog’iga qilingan xarajatlarni fermer xo’jaligi bugalteriya schyotlarida aks ettirilishini 1-chizmada ko’rishimiz mumkin. Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan paxta xom ashyosi yil davomida reja tannarxida baholab kirim qilinadi. Yil oxirida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni haqiqiy miqdori aniqlangandan so’ng haqiqiy tannarx hisoblanib, reja tannarxi haqiqiy tannarxga tuzatiladi. Jomboy tumani «Yulduz» fermer xo’jaligida olingan hosil harakatini aks ettirish bo’yicha tuzilgan fermer xo’jaligi bugalteriya provodkalari va xo’jalikning moliyaviy hisobotlarida faqat davlatga sotilgan 484 sentner paxtadan 14780 ming so’m daromad olinganligi aks ettirilib, bunga quyidagicha fermer xo’jaligi bugalteriya provodkalari tuzilgan: Davlatga sotilgan paxtaning qiymatiga Debet – 4010 «Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar» Kredit – 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»- 14780 ming so’m Download 137.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling