Bob. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyati va ulardan foydalanishning bugungi holati


Download 137.81 Kb.
bet2/11
Sana17.02.2023
Hajmi137.81 Kb.
#1208004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fermer xo\'jaligida paxta xom ashyosi

Mavzuning dolzarbligi. Paxtachilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Ushbu tarmoqning rivojlanishi nafaqat qishloq xo’jaligining, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining mustahkam bo’lishiga olib keladi. Ushbu tarmoqning rivojlanishi aholining iste’mol mollariga, kiyim-kechakka bo’lgan ehtiyojini ijobiy hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Shu sababli ushbu soha muaommolarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, o’rganish va ushbular asosida tavsiyalar ishlab chiqish hozirgi kunning eng dolzarb mavzularidan biridir. Shu sababli, bitiruv malakaviy ishning mavzusi “Paxta ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxining tahlili” etib tanlandi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Ushbu mavzu dolzarbligi va iqtisodiyotni takomillashtirishda tutgan o’rnining nihoyat darajada kengligi bilan doimiy ravishda iqtisodchi-tadqiqotchi olimlarni qiziqtirib kelgan. Xususan, mavzu yuzasidan iqtisodchi olimlardan G’ulomov S.S., Vaxobov A., Abdullayev Yo.A., Umrzoqov O’.P, Jo’rayev F.J.,Pardayev M.Q., Murtazayev O., Qudratov Q.T., Xolboyev D., O’razov K.B., Aliqulov A.I. va boshqalar bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borishga muvaffaq bo’lishgan.
Tadqiqot mavzusining maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi modernizasiyalash sharoitida paxta ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxining tahlili hamda samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish yo’llarini nazariy jihatdan o’rganish va ushbularni amaliyotga tavsiya etishdan iboratdir.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagilarni o’rganish vazifa qilib belgilandi:
-modernizasiyalash jarayonida paxta ishlab chiqarishning iqtisodiy ahamiyatini nazariy jihatdan asoslash;
-xarajatlarning iqtisodiy mohiyati, turkumlanishi va hisobning vazifalari;

-paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini dastlabki, sintetik va analitik hisobi hozirgi holati hamda ularni takomillashtirish;


-paxta ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxning omilli tahlili;

-paxta mahsuloti yetishtirish tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini tadqiq va kelgusida paxtachilik samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.



Download 137.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling