Bob. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyati va ulardan foydalanishning bugungi holati


Download 137.81 Kb.
bet7/11
Sana17.02.2023
Hajmi137.81 Kb.
#1208004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fermer xo\'jaligida paxta xom ashyosi

1-chizma.


Paxtachilik xarajatlarini fermer xo’jaligi bugalteriya schyotlarida aks ettirish.


Dt 0230,0260 Kt Dt 2010 Kt Dt 2810 Kt

Paxtachilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishining dastlabki fermer xo’jaligi bugalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda fermer xo’jaligi bugalteriya hujjatlarini turkumlash, bir-birini takrorlashlarga yo’l qo’ymaslik, rekvizitlarning axborotlar to’laligini saqlagan holda bo’lishi, unifikasiyalashtirish va standartlashtirish, qog’ozni tejash va elektron shaklga o’tish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bitiruv ishi bajarish davomida fermer xo’jaliklarida Paxtachilik xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish jarayonidagi fermer xo’jaligi bugalteriya hisobi hujjatlari turkumlanib, bir-birini takrorlaydigan hujjatlar o’rniga, axborotlar to’laligini ta’minlaydigan hujjatlar taklif etildi. Taklif etilgan hujjatlar unifikasiyalash va standartlash talablariga javob berib, fermer xo’jaligi bugalteriya hisobining "1 S - Fermer xo’jaligi bugalteriya" yoki BEM elektron dasturlarni qo’llashda ham foydalanish mumkin. Bu eesa dastlabki hisobni takomillashtirish bilan birga, hisob ma’lumotlarini to’laligi va tezkorligini oshirib, qog’ozlarni tejash, elektron axborot almashinuvini yaxshilashga olib kelib, boshqaruvchilarni o’z vaqtida to’liq axborotlar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Paxtachilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishining sintetik va analitik hisobini o’rganganimizda, bevosita Paxtachilik tarmog’iga tegishli bo’lmagan xarajatlar, jumladan elektr energiya xarajatlari paxtachilik tarmog’i xarajatlariga qo’shib yuborilganligi ma’lum bo’ldi. Shuning uchun bevosita paxtachilikka tegishli xarajatlarni paxtachilik xarajatlariga olib borish hamda paxtachilik xarajat moddalariga quyidagi xarajat moddalari qo’shish taklif etildi:
-O’z yordamchi ishlab chiqarish ish va xizmatlari;
-Chetdan bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar;
-Soliq to’lovlari.
Ushbu xarajat moddalarini qo’shilishi paxtachilik xarajatlarini hisobga olishni yanada aniqlashtirib, har bir xarajat turini nazorat qilish va boshqarishni yanada yaxshilaydi. Paxtachilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishi hisobini hisob registrlarida yuritishni yanada takomillashtirish maqsadida, chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishi hisobini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008-yil 26-martda 1781-son bilan ro’yxatga olingan Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1, 1/2-son qarori bilan tasdiqlangan "Fermer xo’jaliklarida fermer xo’jaligi bugalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to’g’risida Nizom"da taklif etilgan hisob registrida yuritish taklif etildi.
Ushbu takliflar fermer xo’jaligida qo’llanilashi bir tomondan sotish operasiyalarini sotish kanallari bo’yicha alohida hisobga olib borishni ta’minlasa, ikkinchi tomondan mahsulot sotishdan olinadigan daromadlarni «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot»da to’liq hisobga olinishini, paxta yetishtirish bo’yicha moliyaviy natijalarni ishonchli aniqlanishini, «Fermer xo’jaligi bugalteriya balansi»da aylanma mablag’lar tarkibida tayyor mahsulotlarni to’liq aks ettirilishini ta’minlaydi. Bu paxtachilik tarmog’ida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishining dastlabki, sintetik va analitik hisobini takomillashtirish bilan birga, hisob axborotlarini ishonchliligini ta’minlab, xarajatlarni nazorat qilish va boshqarish asosida kamaytirish imkonini beradi.
Paxtachilikda mahsulot tannarxini hisoblash, paxtachilik tarmog’ida xarajatlar va mahsulot chiqishi hisobining oxirgi bosqichi hisoblanadi. Mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlash ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulotni iqtisodiy samaradorligini obektiv va aniq hisoblash imkonini berib, korxonada ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulotning qaysi biridan ko’proq samara olinayotganini to’g’ri aniqlash imkonini beradi. Chunki hozirgi kunda fermer xo’jaliklarida xarajatlar hisobi va mahsulot chiqishi hisobi boshqaruv hisobiga kirganligi tufayli, xo’jaliklarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobini o’z vaqtida va iqtisodiy asoslangan holda yuritishga berilayotgan e’tiborni talab darajasida deb bo’lmaydi. Bunga sabab mamlakatimizda moliyaviy va boshqaruv hisobini korxonalarda tashkil etish va yuritish bo’yicha me’yoriy bazani shakllangan bo’lishiga qaramasdan, fermer xo’jaliklari boshqaruv hisobini yuritish uslubiyoti, ayniqsa xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini aniqlash uslubiyoti bo’yicha mavjud muammolar bugungi kunda yetarli darajadi hal etilgan emas. Bundan tashqari, fermer xo’jaliklarining aksariyatida "Hisob siyosati" ishlab chiqilmagan. Ushbu muammolarning mavjudligi paxtachilik tarmog’ida mahsulot tannarxi hisoblash uslubiyotiga ta’sir qilib, uni xarajatlar hisobi uslubiyoti bilan birga, takomillashtirish zaruriyati mavjudligini belgilab beradi.
Paxtachilikda mahsulot tannarxini aniqlash tarmoqning xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerakligini belgilab beradi. Bunday xususiyatlar bo’lib quyidagilar hisoblanadi
Paxtachilikda mahsulot ishlab chiqarishning yillik sikli, shuningdek, ish vaqti va ishlab chiqarish vaqtining mos kelmasligi mahsulot tannarxini hisoblashni faqat xo’jalik yili tugagandan keyin amalga oshirish kerakligini ko’rsatadi. Tugallanlanmagan ishlab chiqarish xarajatlar summasini aniqlash faqat yil oxirida 1- yanvar holatiga aniqlanadi. Bu xarajatlarga kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar kiradi. Haqiqiy tannarx faqat yil oxirida aniqlanadi, yil davomida esa olingan mahsulotlar reja tannarxi bilan hisoblanadi.
Reja tannarxi – bu korxona rejalashtirayotgan davrdagi mahsulot jami va birligiga sarflanishi lozim bo’lgan xarajatlar yig’indisi ifodalanadi.
Haqiqiy tannarx- bu yil oxirida korxona xo’jalik faoliyatini yakun qilishda, saflangan haqiqiy xarajatlar va olingan mahsulotlar asosida hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida olingan mahsulotlarining barcha asosiy va yondosh mahsulotlari bo’yicha tannarx hisoblanadi.
Alohida mahsulot turlari bo’yicha tannarxni hisoblashda dastavval asosiy, yondosh va qo’shimcha mahsulotlarning turlari bo’yicha miqdori aniqlanadi. Ammo, har bir mahsulot turi bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarining hisobini alohida tashkil qilib bo’lmaydi. Shuning uchun barcha turdagi mahsulotlar o’rtasida ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi

  1. Xarajatlarni bevosita mahsulot turlariga olib borish.

  2. Alohida qishloq xo’jalik ekinlari turlari, mahsulotlari bo’yicha, hayvonlar mahsulotlari bo’yicha, turlari uchun umumiy bo’lgan belgilar bo’yicha xarajatlar olinadigan mahsulot turlari uchun umumiy bo’lgan belgilardan birining miqdori ahamiyatiga mos ravishda taqsimlanadi.

  3. Alohida turdagi mahsulotlarni olishga ketgan xarajatlarni ekspertlar yo’li bilan baholash va ularni ma’lum bir ko’rsatkichlarda aks ettirish.

  4. Ma’lum bir ekindan olingan mahsulotlar turi bo’yicha xarajatlarni

markazlashgan tartibda o’rnatiladigan iqtisodiy jihatdan asoslangan koeffisiyentlarni
qo’llash yordamida, sentner – koeffisiyent va boshqa shartli birliklarning miqdoriga mos taqsimlanadi. Ularni aniqlashda mahsulot turlaridan birining birligiga to’g’ri keladigan xarajat bir deb qabul qilinadi, boshqa mahsulotlar birligiga qilingan xarajatlar shu birlikka nisbatan olinib koeffisiyent ko’rinishida ifodalanadi.

  1. Xarajatlar mahsulotni sotish bahosi bo’yicha baholangandagi mahsulot qiymatiga mos taqsimlanadi.

Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlash, har bir turdagi ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinayotgan iqtisodiy samarali to’g’ri aniqlashga olib keladi. Shuning uchun har bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni to’g’ri aniqlash har bir xarajat obyekti bo’yicha hisobga olib borilgan xarajatlarni kalkulyasiya obyektlari o’rtasida tegishli tartibda taqsimlash zarur. Xarajatlarni qaysi ekin turiga, chorva moli turiga yoki ish, xizmat turiga olib boriladigan bo’lsa, o’sha xarajat obyekti deyiladi. O’simlikchilik tarmog’i xarajat obyektlari bo’lib qishloq xo’jalik ekinlari, qishloq xo’jalik ishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqa obyektlar hisoblanadi.
Haqiqiy tannarxi aniqlanadigan mahsulot, ish, xizmat turiga kalkulyasiya obyekti deyiladi. Kalkulyasiya obyekti qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy va yondosh mahsulotlar hisoblanadi. Qo’shimcha mahsulotlar kalkulyasiya obyekti bo’lmaydi. Mahsulot tannarxini aniqlashda asosiy muammo bo’lib, xarajatlarni kalkulyasiya obyektlari o’rtasida taqsimlash hisoblanadi.
Paxtachilikda kalkulyasiya obyekti bo’lib, paxta xom ashyosi hisoblanadi. 1 sentner paxta tannarxini aniqlash uchun jami xarajatlar olingan mahsulot miqdoriga bo’linadi.
2011-yilda Jomboy tumani fermer xo’jaliklarida 7 745 gektar yerga paxta urug’i ekilib, Paxtachilik xarajatlari 11758 million so’mni tashkil etgan. Tuman bo’yicha 20047 tonna paxta hosili yig’ishtirib olingan. Tuman bo’yicha 1 sentner paxta tannarxi quyidagicha bo’lgan

1 s. paxta tannarxi =
1 1758 млн.сўм
200470 ц.
 58,652 мингсўм

Demak, 2011-yilda Jomboy tumani fermer xo’jaliklari bo’yicha 1 sentner paxta tannarxi 58652 so’mni tashkil etgan.
Paxtachilik bo’yicha xarajat obyektlarini fermer xo’jaligi misolida olib qaraydigan bo’lsak, har bir turdagi ekinlar – paxta, bug’doy va hokazolar xarajat obyektlari bo’lishlari zarur. «Yulduz» fermer xo’jaligida asosan g’alla va paxta ekilib, paxta uchun qilingan xarajatlar «Paxtachilik» analitik schyotida hisobga olib boriladi.
2011-yilda «Yulduz» fermer xo’jaligida 19,7 gektar yerga paxta ekib, jami 484 sentner hosil olgan yoki har gektar yerdan 24,6 sentnerdan paxta hosili olingan. Shunday qilib, fermer xo’jalikda paxtaga tegishli bo’lgan 17116 ming so’mlik xarajatlar, kalkulyasiya obyekti bo’lgan 484 sentner paxtaga tegishli bo’lgan. Ushbu ma’lumotlar asosida 1 sentner paxtaning haqiqiy tannarxini hisoblasak, u quyidagicha bo’ladi:

1 s. paxta tannarxi =


17116


минг
484 ц .
сўм

Download 137.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling