Bob. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyati va ulardan foydalanishning bugungi holati
Jomboy tuman fermerlarida yerdan foydalanish dinamikasi
Download 137.81 Kb.
|
fermer xo\'jaligida paxta xom ashyosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.jadval Jomboy tuman fermar xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari iqtisodiy
Jomboy tuman fermerlarida yerdan foydalanish dinamikasi
Manba: Samarqand viloyat Qishloq va suv xo’jalik boshqarmasi hisobatlari jadvalda o’simlikchilk mahsulotlari yetishtirish va ulardan olingan daromadlar dinamikasi keltirilgan, ushbu jadval ma’lumotlaridan ma’lumki tumanda keyingi 2009-2011 yillarda qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan asosiy mahsulotlar – paxtaning hosildorligi ham rentabellik darajasi ham oshgan. Paxtaning hosildorligining oshishi va bahoning ko’tarilishi hisobiga rentabellik 21,2%ga ko’paygan. Shuningdek poliz, meva, uzum yetishtirishda ham rentabellik ko’tarilgan. Jami dehqonchilik mahsulotlari bo’yicha rentabellik 20,4%dan 33,5%ga yoki 13,5 punktga ko’tarilgan, albatta bu iqtisodiy o’sishning alomatidir. Bizning fikrimizcha, Jomboy tumani Samarqand shahariga yaqin joylashgan, shuningdek iqli sharoiti ham paxta yetishtirishdan ko’ra meva-sabzovot yetishtirishga qulay. Shuning uchun, kelgusida ushbu hududda sabzovotchilik, meva va kartoshka yetishtirishga ko’proq ekin maydonlari ajratilsa va ixtisoslashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. jadval Jomboy tuman fermer xo’jaliklarida o’simlikchilik mahsulotlaridan olingandaromad va iqtisodiy samaradorlik dinamikasi
Manba: Samarqand viloyat Qishloq va suv xo’jalik boshqarmasi hisobatlari Tuman fermerlari va aholisida jami chorva mollaridan: 78,5 ming bosh qora mollar, 71,6 ming bosh qo’y va echkilar, 327,4 ming bosh parranda va boshqalar mavjud. Hukumat qarorlari va Prezident farmonlariga asosan 3.jadval Jomboy tuman fermar xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari iqtisodiysamaradorligining tahlili
Manba: Samarqand viloyat Qishloq va suv xo’jalik boshqarmasi hisobatlari keyingi yillarda qishloq xo’jaligi chorvachiligini rovojlantirishga alohida etibor qarotilmoqda. Buning natijasi sifatida tumanda ham chorva mollarining bosh soni va ulardan olinadigan mahsulot miqdori tez sur’atlar bilan oshib bormoqda. Yaqin yillarda rentabellik darajasini oshirish va ushbu rivojlanish sur’atini kelgusida ham davom etkazish uchun chorvachilikni yem-xashak bilan ta’minlash bazasiga, zotdor chorva mollari bilan ta’minlash bazasiga alohida etibor berilishi, kuchli va shirali ozuqalar bilan ta’minlovchi savdo do’konlarini ko’paytirish va boshqa qulay imkoniyatlar hamda xizmat ko’rsatish sohalarini yaratish, xususan naslchilik ishlarini kuchaytirish, zooveterinariya servis xizmatlarini ko’rsatishni kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilash choralari ko’rilmoqda. 1.2.Mehnat resurslari va ulardan tuman fermer xo’jaliklarida foydalanishning holati Bitiruv malakaviy ishni bajarishda Jomboy tuman fermer xo’jaliklarining umumiy ma’lumotlaridan, ayrim monografik tadqiqotda esa “Yulduz” fermer xo’jaligining hisobot ma’lumotlaridan foydalanildi va tahlil etildi. Bitiruv malakaviy ishimizning obyekti bo’lib, « Yulduz» fermer xo’jaligi va uning hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Ushbu fermer xo’jaligi yuridik shaxs maqomiga egan mustaqil xajalik yurituvchi subyektdir. U Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida joylashgan. Ushbu xo’jalik asosan g’alla va paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishga muljallangan xo’jalikdir. U o’zini o’zi moliyalashtiruvchi, mukstaqil balansga ega bo’lgan korxonadir. Xo’jalik sug’oriladigan maydonda g’alla va paxta yetishtiradi. Ushbu fermer xo’jalik sharqdan “Ozod Po’latov” fermer xo’jaligi , shimoldan “Vohid va Shohsanam” fermer xo’jaligi, g’arbda “Sarcha uchquni” fermer xo’jaligi bilan janubdan “Shokir O’raqov” va “Komil raxmonov” fermer xo’jaligi bilan chegaradosh. Xo’jalik Samarqand shahridan 20 km, Jomboy tumani markazidan 8 km uzoqda joylashgan. Fermer xo’jaligini ixtiyoridagi jami 108 gektar maydon bo’lib ularning hammasi haydaladigan maydonlardan iborat. 2011 yildagi ekinlar orasidagi taqsimoti quyidagilardan iborat: don yekinlari 77 gektarni, paxta 19,7ga., 11,3 gektarni boshqa ekinlar tashkil qilgan. «Yulduz» fermer xo’jaligi tekis maydanda joylashgan bo’lib harorat 38-460 gacha qishda -5;-100 gacha sovuq bo’ladi, yer osti sizot suvlari 4-5 metr chuqurlikda joylashgan. Fermer xo’jaligi asosan g’alla va paxta yetishtirish bilan shug’ullunadi. « Yulduz» fermer xo’jaligi barcha mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektlar singari moliyaviy hisobot tuzadi va tegishli tashkilotlarda, ya’ni ststistika, soliq va moliya organlariga tegishli tartibda hisobotlar topshiradi. Fermer xo’jaligida 12 ta xodim faoliyat ko’rsatadi, shu jumladan bitta rahbar, bitta hisobchi va 10 nafar doimiy ishchidan iborat. « Yulduz» fermer xo’jaligi yuqorida aytganimizdek g’alla va paxta ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Xo’jalikning umumiy holatini baholash va tahlil etib xulosalar yozish uchun uning 2009- 2011 yillardagi hisobot ma’lumotlaridan foydalandik. «Yulduz» fermer xo’jaligi asosan g’alla va paxta yetishtiriladigan maydon salmog’i 94,8 foizni tashkil qiladi. Xo’jalikning umumiy holatining taraqqiyoti shu ikki tarmoqning taraqqiyotiga bog’liqdir. Shuning uchun xo’jalik bo’yicha umumiy xolatiga baho berish uchun shu ikki tarmoq ko’rsatkichlaridan foydalandik, ya’ni ulurning asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan tannarx, mehnat unumdorligi ekinlar hosildorligi foyda va rentabillik kabi ko’rsatkichlardan foydalandik. Xo’jalikning umumiy holatiga baho berish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni 4- jadvaldan ko’rish mumkin. jadvaldan ko’rinib turibdiki, xo’jalik foaliyatining umumiy holati 2011 yilda 2009 yilga nisbatan pasaygan. Bu to’g’risida pul tushimining, foydaning hamda rentabillikning kamayishi ma’lumot beradi. Pul tushimini taxlil qilayotgan davrda 1076 ming so’mga yoki 98,7% ga, yalpi foyda 1370 ming so’mga yoki 95,3%ga, rentabillik esa 3%ga kamaygan.Bu xo’jalik umumiy holatining pasayganligini ifodalaydi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada xo’jalik foydalanilgan yoki boshqacha ifodalaganda fermer xo’jalikning rentabelligi tumanning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ancha yuqori Rentabellikni yanada oshirish uchun tannarxni pasaytirish choralarni ko’rish zarur. Download 137.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling