Bob. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyati va ulardan foydalanishning bugungi holati


Jomboy tuman “Yulduz” fermer xo’jaligila paxta tannarxi bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari taqqoslama tahlili


Download 137.81 Kb.
bet9/11
Sana17.02.2023
Hajmi137.81 Kb.
#1208004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fermer xo\'jaligida paxta xom ashyosi

jadval


Jomboy tuman “Yulduz” fermer xo’jaligila paxta tannarxi bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatkichlari taqqoslama tahlili.



Ko’rsatkichlar



2009
yil

2011
yil

O’zgarishi (+;-
)

2010 yil 2009
yilga nisbatan %

1

Ekin maydoni ga

35

19,7

-15,3

56,3

2

Paxta hosili s

784

484

-300,0

61,7

3

Jami paxtaning xarajati m.s

30125

17116

-13009,0

56,8

4

Hosildorlik i/ga

22,4

24,6

2,2

109,7

5

1 ga ekin maydon hisobiga
bo’lgan xarajat so’m

860,7

868,8

8,1

100,9




6

1 s paxta tannarxi so’m

38,4

35,4

-3,1

92,0

Manba: «Yulduz» fermer xo’jaligining 2009-2011 yil hisobotlari.
xarajatlarning pul shaklida ifodalanishi tannarx deb ataladi. Tahlil etishda mahsulot birligi uchun bo’lgan xarajatlarni o’rganish maqsadga muvofiq, shunday qilingan taqdirda imkoniyatlarni ko’rsatish asos bo’ladi. Shu nuqtai nazardan biz ham yetishtirilgan paxta ham ashyosining tannarxini tahlilini ko’rib chiqdik.


Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami xarajatlari xajmini ta’sir etuvchi omillarni xisobga olgan holda hisoblash maqsadga muvofiqdir, ya’ni ularni miqdoriy va sifatiy omillarning yig’indisi tariqasida aniqlash zarur, chunki ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar ko’rinib turadi. Bu o’zgarishni quyidagicha ifodalash mumkin:
Bunda, q1,q0-mos holda hisobot va bazi yillarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar miqdori, z0, z1- shu mahsulotlarning bazis va hisobot yillardagi ishlab chiqarish tannarxi (so’m hisobida).
Demak q0z0-bazis yilida yetishtirilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy hajmini ko’rsatadi, ya’ni bazis yilida yetishtirilgan mahsulot miqdorini mahsulot tannarxiga ko’paytirib, ularning umumiy hajmi aniqlangan.
q1z1-hisobot yilida yetishtirilgan mahsulotlarning jami ishlab chiqarish xarajatining umumiy xajmini ko’rsatadi. Demak , hisobot yilidagi mahsulot miqdorini (q1) bir birlik mahsulot tannarxiga (z1) ko’paytirish xarajatlari hajmi aniqlanadi.
Ushbu yo’l bilan bazis va hisobot yillari uchun hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlarning jami so’mmasi fermer xo’jaligi bugalteriya hisobotlaridagi xarajatlarning jami so’mmasiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot jami xarajati summasining o’zgarishi ikki omil hisobiga sodir bo’ladi:

  1. Ishlab chiqarilgan mahsulot fizik miqdorining o’zgarishi (q1-q0) hisobiga. 2.Mahsulot birligi tannarxining o’zgarishi (z1-z0) hisobiga.

Ushbu omillarning xarajatlar xajmining umumiy o’zgarishiga ta’sirini “Ko’rsatkichlar farqi” usulidan foydalanib, aniqlash usuliga to’xtildik. Ishlab chiqarish xarajatlari o’zgarishiga mahsulotlar miqdori o’zgarishning ta’sirini aniqlash uchun, hisobot yilidagi mahsulot miqdori (q1) bilan bazis yilidagi mahsulot miqdori (q0) orasidagi farqni bazis yilidagi mahsulotning tannarxiga (z0) ko’paytirish kerak:
(q1-q0)x z0=
Xarajatlar umumiy hajmining o’zgarishiga mahsulot tannarxi darajasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun, hisobot yilidagi mahsulot tannarxi (z1) bilan bazis yildagi mahsulot tannarxi (z0) orasidagi farqni hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoridagi (q1) ko’paytirish kerak:
(z1-z0)x q1=
Yuqoridagi ikki omil ta’sirining yig’indisi ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy o’zgarishi teng kelishi kerak.
Endi yetishtirilgan paxta misolida ishlab chiqarish xarajatlari hajmi o’zgarishini tahlilini amalga oshiramiz. Buni jadvaldan ko’rish mumkin.
Paxta yetishtirish bo’yicha jami ishlab chiqarish xarajatlari xajmi 2011 yilida 2009 yilga nisbatan 13009 ming so’mga yoki 56,8% ga kamaydi. Bunday o’zgarishga ikki omil ta’sir etgan. Birinchi omil bo’lib mahsulot miqdorining o’zgarishi hisoblanadi, ya’ni hosil 2011 yilida 484 s.ni tashkil qilib, o’tgan yiliga nisbatan 300 sentnerga kamaygan, natijada shu omil hisobiga paxtaning ishlab chiqarish xarajatlari so’mmasi 2011 yilida 2009 yiliga nisbatan 11520 ming so’mga kamaygan.
(q1 q0 )  z0  (484  784)  38.4  11520.минг.сўм
Ikkinchi omil bo’lib, paxta tannarxi darajasining o’zgarishi hisoblanadi. Paxta tannarxi 2011 yilida 2009 yiliga nisbatan 1452 ming so’mga oshgan kamaygan, natijada shu omil hisobiga ishlab chitqarish xarajatlari hajmi 1489ming so’mga pasaygan.
(z1 z0 )  q1  (35.4  38.4)  484  1489.минг.сўм
Ushbu omillar ta’sirlarining yig’indisi xarajatlar umumiy hajmining o’zgarishiga teng kelishi shart. Ishlab chiqarilgan paxta umumiy xarajatining

pasayishiga asosiy sabab bo’lib, 1 sentner paxtani yetishtirish uchun sarf bo’lgan xarajatlar darajasining pasayganligi hisoblanadi, ya’ni 1 sentner paxta tannarxi 92,0


%ga kamaygan.
Endi paxta tannarxining omilli natijalari tahlili quyidagi 6- jadvalda joylashtirilgan.
Shu bilan bir qatorda tannarxni arzonlashtirish imkoniyatlarini aniqlash uchun uning tarkibi va tarkibiy tuzilishi tahlil qilish zarur. Buni quyidagi 7-jadvalda ko’rish mumkin.


    1. jadval.



Download 137.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling