Bob. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyati va ulardan foydalanishning bugungi holati


Download 137.81 Kb.
bet3/11
Sana17.02.2023
Hajmi137.81 Kb.
#1208004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fermer xo\'jaligida paxta xom ashyosi

Tadqiqotning obyekti. Tadqiqot obyekti sifatida Samarqand viloyat Jomboy tuman fermer xo’jaliklari tanlab olindi.
Tadqiqotning uslub va uslubiyati. Bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, O’zbekiston Respublikasining Qonunlari, Vazirlar mahkamasi qarorlari, iqtisodchi olimlarning mavzu doirasida olib borgan tadqiqotlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotning dastlabki ilmiy yangiligi shu bo’ldiki, tadqiqotda ilk bor fermer xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatida byudjet bilan iqtisodiy-moliyaviy munosabatlari tahlil qilindi.
Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati. Ma’lumki, keyingi yillarda fermer xo’jaliklar yalpi mahsulotini asosiy tashkil etuvchi manbaasida paxta xom-ashyosi ishlab chiqarishining samog’i yuqori bo’lmoqda. Shu bilan birgalikda, qishloq xo’jalik korxonalarining moddiy va moliyaviy resurslari bilan ta’minotida muammolar mavjuddir. Bu esa qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy potensialini yaxshilish borasida bir qator yangicha amaliy islohotlar o’tkazish, iqtisodiyotning qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabatlarning yangicha sohalarini ishga tushirish hisobiga iqtisodiyotni mustahkamlashni talab etadi.
Bitiruv malakaviy ish kirish, 4 ta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.
  1. BOB. TUMAN FERMER XO’JALIKLARINING RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN FOYDALANISHNING BUGUNGI HOLATI





    1. Yer resurslari va ulardan foydalanishning bugungi holati

Samarqand viloyati Jomboy tumani qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan tumanlardan biri bo’lib hisoblanadi. U Samarqand shahrining shimoliy-sharq qismida joylashgan. Tuman sharqdan viloyatning Bulung’ur tumani, janubdan Tayloq va Samarqand tumanlari, shimol tomonidan esa Payariq tumani va Jizzax viloyatining G’allaorol tumani bilan, g’arbdan Samarqand shahri va Oqdaryo tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududidan Toshkent- Samarqand yo’nalishidagi avtomagistral, temir yo’l kesib o’tgan. Qishloq xo’jalik
yerlari Zarafshon daryosidan suv bilan ta’minlanadigan Bulung’ur, Mirza, Pay kanallari orqali sug’oriladi.
2010 yilgi muvofiqlashtirishdan so’ng 15 ta MMTPga birlashgan 375 ta fermer xo’jaliklar faoliyat ko’rsatib, ular asosan paxta-paxta va chorva mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan.
Quyida ushbu fermer xo’jaliklari va umuman tuman qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarining dinamik o’zgarishi bilan tanishib chiqamiz.
Hukumatning fermer xo’jaliklari to’g’risidagi qarorlariga asosan tumanning barcha ekin maydonlari fermer xo’jaliklariga ajratib berilgan. Hozirgi paytda tuman fermer xo’jaliklari balansida 22,7 ming gektar maydon bo’lib, shundan 12,2 ming gektariga paxta, 7,7 ming gektariga paxta va qolgan qismiga boshqa turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlaridan meva-sabzovot, uzumchilik ekinlari ekib foydalaniladi (1- jadval).
Keyingi yillarda tuman hududida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini
qayta ishlash korxonalari qurilayotganligi tufayli qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning maydoni kamayib bormoqda.
1-jadval

Download 137.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling