Bob. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyati va ulardan foydalanishning bugungi holati


Download 137.81 Kb.
bet1/11
Sana17.02.2023
Hajmi137.81 Kb.
#1208004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fermer xo\'jaligida paxta xom ashyosi

MUNDARIJA:




Kirish



  1. BOB. TUMAN FERMER XO’JALIKLARINING RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN FOYDALANISHNING BUGUNGI HOLATI




    1. Yer resurslari va ulardan foydalanishning bugungi holati




    1. Mehnat resurslari va ulardan tuman fermer xo’jaliklarida foydalanishning holati

  1. BOB. QISHLOQ XO’JALIGI TARMOQLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI HOZIRGI HOLATI

2.1 Samaradorlik tushunchasi , me’zoni, turlari, ko’rsatkichlari, va ularni hisoblash usullari


2.2 Tarmoqda ishlab chiqarish samaradorligini hozigi holati taxlili


2.3. Qishloq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI

Kirish


Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti milliy iqtisodiyot tarmoqlarining rivojiga, eng avvalo ishlab chiqarish tarmoqlarining taraqqiyotiga bog’liqdir. Ishlab chiqarish tarmoqlari orasida qishloq xo’jaligi ham muhim salmoqli o’rinni epaxtaydi. Shuning uchun ushbu soha taraqqiyotiga mamalakat Prezidenti va xukumati alohida etibor berib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prkzidenti I. Karimov «Maqsadimiz
–qishloq xo’jaligi sohasida ishlab chiqarish samaradorligini keskin oshirish, qishloqda yashayotgan xalqimizni hayot darajasini ko’tarish, ular uchun munosib shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lmog’i kerak»1 deb takidlagan.
Qishloq xo’jaligining barcha sohalarida mahsulot ishlab chiqarishni va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammosi har bir qishloq xo’jalik korxonasining oldiga qo’ygan eng muhim masaladir. Buni muvaffaqiyatli hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni topish va ularni zudlik bilan ishlab chiqarishga jalb etish har bir mutaxassisning muqaddas burchidir. Shunig uchun ham ular ishlab chiqarish iqtisodiyoti va ularning qonuniyatlarini hamda natijalarni belgilovchi ko’rsatkichlar mazmunini chuqur bilishlari va hisoblash usullarini puxta epaxtashlari, bilishlari kerak.
Qishloq xo’jaligini keskin rivojlantirish uchun birinchi novbatda O’zbekiston qishloq xo’jaligi sharoitida paxtachilikni yuqori sur’atlar bilan o’sishini ta’minlash zarur. Qishloq xo’jaligining eng muhim tarmog’i bo’lgan paxtachilik sohasiga tegishli muammolardan birini, ya’ni xarajatlar va mahsulot birligi tannarxini hisobi va tahlilini tadqiq qildik. Bu iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida paxta tannarxini kamaytirish va moliyaviy natijalarni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu muammoni biz Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidigi «Yulduz» fermer xo’jaligi misolida o’rgandik. Ushbu masala xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega bo’lgan eng dolzarb muammolardandir. Mahsulot tannnarxini kamaytirish, foydani ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlab, hayotga jalb etish iqtisodiyotni yanada


1 Каримов И.А.2012 - йил Ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади. //Халқ сўзи, 20.01.2012 й.
mustahkam bo’lishiga va xalqning turmush darajasining oshishiga olib keladi. Bitiruv malakaviy ishi oldiga qo’yilgan asosiy maqsad bo’lib paxta ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini hisobi hamda tahlili hisoblandi. Tadqiqotda solishtirish, ko’rsatkichlar farqi, indeks, zanjirli bog’lanish, dinamik qatorlar kabi usullardan foydalanidi. Ishni Hukumatimiz Qarorlariga hamda olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar va o’quv adabiyotlarga suyangan holda bajardik.

Download 137.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling