Bob. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar salohiyati va ulardan foydalanishning bugungi holati


Download 137.81 Kb.
bet5/11
Sana17.02.2023
Hajmi137.81 Kb.
#1208004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
fermer xo\'jaligida paxta xom ashyosi

4-jadval


Jomboy tuman «Yulduz» fermer xo’jaligi umumiy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarning qiyoslama tahlili.



Ko’rsatkichlar



2009
yil



2010
yil



2011
yil



o’zagrishi

miqdoriy (+;-)

nisbiy
%

1

Asosiy fondlarning birlamchi
qiymati, ming so’m

76542

82195

62124

-14418

81,2

2

Asosiy fondlarning eskirishi
qiymati, ming so’m

14872

17151

11099

-3773

74,6

3

Mahsulot sotishdan tushgan pul
tushumi, ming so’m

80230

76850

79154

-1076

98,7

4

Mahsulot sotishdan tushgan sof
tushumi, ming so’m

80230

76850

79154

-1076

98,7

5

Sotilgan mao’sulotlar tannarxi,
ming so’m

51165

46158

51459

294

100,6

6

Mahsulot sotishdan kelgan yalpi
foyda, ming so’m

29065

30692

27695

-1370

95,3

7

Paxtani sotishdan tushgan
tushum, ming so’m

47954

46920

31896

-16058

66,5

8

Sotilgan paxta tannnarxi, ming
so’m

30125

29076

17116

-13009

56,8

9

Paxtani sotishdan olingan yalpi
fayda, ming so’m

17829

17844

14780

-3049

82,9

10

Debitorlik qarzlari, (yil oxirida)
shu jumladan o’tgani

3393

2092

1049

-2344

30,9

11

Kriditorlik qarzlar, (yil oxiri)
shu jumladan o’tgani

18736

12505

3040

-15696

16,2

12

Xo’jalik bo’yicha rentabillik, %

57

66

54

-3 punktga kamaygan

13

Paxta rentabilligi %

63

43

76

13 punktga oshgan

Manba: «Yulduz» fermer xo’jaligining 2010-2011 yil hisobotlari.
Xo’jalikning umumiy moliyaviy holatinining yaxshilanganligini debitorlik va kriditorlik qarzlarning kamayganligi orqali ham isbotlash mumkin.Debitorlik qarzlari xajmi 2011 yilda 1049 ming so’mni tashkil qilgan, ya’ni shu davrda debitorlik qarzlar 30,9% ga kamaygan. Kreditorlik qarzlar hajmi ham keskin kamaygan. 2011 yilda kreditorlik qarzlari so’mmasi 3040 ming so’mga yoki 16,2%gacha kamaygan.
Fermer xo’jalik paxta xom ashyosi yetishtirishdan yuqori rentabellikka erishmoqda, bu ko’rsatkich keyingi yillarda ham oshib bormoqda.


  1. BOB. QISHLOQ XO’JALIGI TARMOQLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI HOZIRGI HOLATI



    1. Samaradorlik tushunchasi , me’zoni, turlari, ko’rsatkichlari, va ularni hisoblash usullari


Mustaqillik yillarida davlat mulki xususiylashtirilib, hissadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, mas’ulyati cheklangan jamiyatlar vujudga keldi. Shu bilan birga ushbu korxonalar turli xil xo’jalik yuritish shakli sifatida: fermer xo’jaliklari, kichik korxonalar, mikrofirmalar va boshqa xo’jalik yuritish shaklidagi korxonalar sifatida faoliyat ko’rsatib, ularda mehnatni tashkil etishning turli shakllari qo’llanilmoqda. Shu kabi iqtisodiyotimizdagi o’zgarishlar, faoliyatlar tubida bir maqsad turibdi, bu ham bo’lsa iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish. Ushbu maqsadga erishish uchun korxonalar bir maromda, barqaror rivojlangan holda faoliyat ko’rsatishlari lozim. Buning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar o’z faoliyatlari natijasida ma’lum darajada, navbatdagi ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishlari uchun foyda olishlari lozim bo’ladi. Natijada, tabiiyki, har bir korxona foyda olishni ko’paytirish yo’llarini izlab topishga harakat qiladi. Foydani qanday bo’lishiga esa xarajatlar hajmi bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish korxona
moddiy resurslari va boshqa xarajatlari ustidan qanday nazorat o’rnatishga yordam beradi.
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg’i, amortizasiya ajratmasi, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlar kiradi.
Agar bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning jami summasini ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlasak, ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotning tannarxini topamiz. Tannarx ko’rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha past bo’lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qo’shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, korxonaning asosiy faoliyat daromadlari hisobidan davr xarajatlari qoplanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo’yicha fermer xo’jaligi bugalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlarni o’z vaqtida, to’laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag’lari ishlatilishi ustidan nazoratni o’rnatishdir.
Mamlakatimizda fermer xo’jaligi bugalteriya hisobi islohoti amalga oshirilishi eng asosiy masalalar bo’yicha o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. 1999-yilda «Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom»ning qabul qilinishi mamlakatimiz fermer xo’jaligi bugalteriya hisobida tubdan o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Ushbu Nizom xarajatlarning mohiyati, korxonaning hisobot davridagi foydasi bilan bog’liqligidan kelib chiqib taqsimlashni belgilab berdi. Bunday taqsimlash bozor iqtisodiyoti xususiyatlaridan kelib chiqadi va fermer xo’jaligi bugalteriya hisobi tizimimizni xalqaro miqyosda qo’llanilayotgan «Direkt-kosting» hisob tizimiga ancha yaqinlashtirdi. Xarajatlar
hisobining aynan shu tizimga yaqinlashtirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida fermer xo’jaligi bugalteriya hisobi bajarishi kerak bo’lgan vazifalardan kelib chiqadi.
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida fermer xo’jaligi bugalteriya hisobining asosiy vazifasi tegishli foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlashdir. Foydalanuvchilarni ichki va tashqi guruhga bo’linishi esa hisobning moliyaviy hamda boshqaruv hisobiga bo’linishiga olib keladi. Xarajatlar haqidagi ma’lumotlar, birinchi navbatda, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun zarurdir, ya’ni:
Mahsulot sotishdan tushgan tushum - Xarajatlar = Foyda
Bunday axborot kreditor, investor, bank, soliq inspeksiyasi kabi tashkilotlar uchun katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, korxonaning daromad (foyda) solig’ini xarajatlar haqidagi axborosiz hisoblash mumkin emas.
Korxona va uni boshqarish nuqtai nazaridan esa xarajatlarning umumiy summasi, alohida ishlab chiqarish bo’linmalarining unumli hamda unumsiz xarajatlari va boshqalar haqidagi axborotlar yig’ishni talab etadi. Shunday qilib, xarajatlarni hisobga olish ham moliyaviy hisobning, ham boshqaruv hisobining eng muhim qismlaridan biri ekan. Mana shu asosda xarajatlar hisobi oldidagi vazifalarni aniqlash mumkin.
Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to’lov qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi oldida quyidagi vazifalar turadi:
-korxona faoliyati bilan bog’liq barcha xarajatlarni o’z vaqtida to’laligicha hisobga olish;
-xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisob schyotlarda hamda hisobot shakllarida to’g’ri aks ettirish va soliqlarni hisoblash uchun yetarli darajadagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, ikki yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan, boshqaruv hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki,
toki uning asosida eng to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo bo’lsin. Bu sohadagi xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobi haqidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi holatda shakllantirishi kerak:
-xarajatlarni ularni paydo bo’lish joylari bo’yicha hisobga olish;
-xarajatlar hisobini javobgarlik markazlari bo’yicha tashkil qilish;
-xarajatlarni ularni paydo bo’lish obektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni alohida mahsulot turlari bo’yicha jamlab berish.
Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi. Masalan, xarajatlarni ularning paydo bo’lish joylari va javobgarlik markazlari bo’yicha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi.
Fermer xo’jaliklarining o’simlikchilik tarmog’i asosiy tarmog’i hisoblanib, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni ozuqa va qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlaydigan muhim soha hisoblanadi. Fermer xo’jaliklarining o’simlikchilik tarmoqlariga paxtachilik, Paxtachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, polizchilik, yopiq gruntda mahsulot yetishtirish va boshqa tarmoqlar kiradi.
O’simlikchilik tarmog’ida fermer xo’jaligi bugalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Fermer xo’jaligi bugalteriya hisobini tashkil etishda o’simlikchilik tarmog’ida ishlab chiqarish jarayonlarini mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni qoplash davrini uzoqligi, ishlab chiqarishni tabiiy omillarga bog’liqligi kabi omillar ta’sirini hisobga olish lozim.
O’simlikchilik tarmog’idan mahsulotlar olish uchun sarflanadigan xarajatlarga urug’lik, o’g’it, mehnat haqi, ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar, o’simliklarni himoya qilish vositalari, asosiy vositalar amortizasiyasi, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Xarajatlar tarkibi O’zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»da belgilab qo’yilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo’linib hisobga olinishi belgilangan:
-mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
-mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo’yicha hamda favqulodda xarajatlar alohida hisobga olinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:

      1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:

  1. bevosita va bilvosita material xarajatlar;

  2. bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari;

v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar.
Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni bevosita o’tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig’ib-taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyasiya qilishda, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko’rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan qo’shiladigan xarajatlarga aytiladi.

      1. Davr xarajatlari (operasion xarajatlar):

  1. mahsulot sotish xarajatlari;

  2. ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari;

v) boshqa operasion xarajatlar va zararlar; 3.Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar:

  1. foizlarni to’lash bo’yicha xarajatlar;

  2. xorijiy valyuta bilan operasiyalar bo’yicha kurslardagi salbiy farqlar;

v) qimmatbaho qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash natijasidagi zararlar;

  1. moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar;

4.Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to’lagunga qadar foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi
va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Yuqoridagi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:
-ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;
-ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
-ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;
-asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizasiyasi;
-ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi:

  • Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy o’rniga qarab:

asosiy va doimiy xarajatlar.

  • Tarkibiga qarab:

kompleks va bir elementli xarajatlar.

  • Tannarxga o’tkazish usuliga qarab:

to’g’ri va egri xarajatlar.

  • Ishlab chiqarish hajmiga qarab:

o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar.

  • Yuzaga kelishiga qarab:

doimiy va bir vaqtli xarajatlar.

  • Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab:

ishlab chiqarish va tijorat xarajatlar.

  • Samaradorlikka qarab:

samarali va samarasiz xarajatlar.
Fermer xo’jaliklarida xarajatlar hisobining quyidagi asosiy vazifalari mavjud:

    1. Fermer xo’jaliklari boshqaruvchilarini har bir ekin turi bo’yicha o’z vaqtida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash.

    2. Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlarni fermer xo’jaligi bugalteriya hujjatlari va hisob registrlarida o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirish.

    3. zaqsimlanadigan xarajatlarni xarajat obyektlari bo’yicha iqtisodiy asoslangan holda taqsimlash.

    4. Xarajatlarni xarajat obyektlari va xarajat moddalari bo’yicha to’g’ri hisobga olib borish.

    5. Ishlab chiqarish xarajatlari va olinadigan mahsulotlar ustidan doimiy nazoratni olib borish.

    6. Mahsulotlarni to’liq daromadga olinishi va saqlanishi ustidan nazorat olib borish.

    7. Har bir mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlashni ta’minlash.




Download 137.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling