Bob. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni sinash 1 Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni sinash


Download 428.78 Kb.
bet2/4
Sana09.04.2023
Hajmi428.78 Kb.
#1344769
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (7)

Sinov presslari va mashinalari
Sinov mashinalari va presslar mexanik tajribaxonalarning asosiy asbob- uskunalaridan sanaladi. Sinov presslari konstruksiya elementlari va namunalarni siqishga sinaganda qo'llaniladi. Presslar gidravlik yoki mexanik uzatmali (privodli) bo'ladi. Presslarning siquvchi kuchi bir necha ming tonnagacha yetadi. Qudratli presslar faqat gidravlik uzatmali qilib tayyorlanadi. Presslarda maxsus jihozlar yordamida nafaqat siqishga, balki deformatsiyaning boshqa turlariga ham sinasa bo'ladi.
Ayrim sinovlarni o'tkazishda presslardan tashqari maxsus va universal sinov mashinalaridan foydalaniladi. Masalan, cho'zilishga sinashda cho'zuvchi kuchlarni yoki cho'zilish deformatsiyalarini o'lchaydigan mashinalardan foydalaniladi. Cho'zilishga mo'ljallangan mashinalarning asosiy ishchi organi changal (zaxvat)lardan birini harakatga keltiruvchi mexanizm va namunani cho'zilishga bo'lgan qarshilik kuchini o'lchaydigan asbobdan iborat. Cho'zilish jarayonida sinalayotgan namunaning o'qi joylashuviga qarab mashinalarga gorizontal va vertikal turlarga ajratiladi.
Zo'riqishlar richagi uskunalar, richag-mayatnikli sistemalar, prujinali kuch o'lchagichlar, manometrlar, mesdozalar, kuch o'lchagich gidrot- silindrlar, kombinatsiyalashgan sistemalar va boshqalar yordamida o'lchanadi. Qurilish tajribaxonalarida maksimal zo'riqishni 5 dan 80 mN gacha bo'lgan mashina va presslardan foydalaniladi. Agar sinalayotgan konstruksiya- larning o'lchamlari va talab etilgan yuk shu yerdagi sinov mashinalarida mavjud bo'lsa, sinovni aniqlik darajasi ancha past bo'lgan yig'ma stendlar o'rniga, aynan shu mashinalarda o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Sinov mashinalari (12.1-rasm) gidravlik ta’sir prinsipida ishlaydi. Mashina rama ko'rinashidagi vertikal staninaga ega, uning yuqorigi traversasiga ishchi tsilindr o'matilgan, uning ostida sinovlar o'tkaziladigan bo'sh joy ko'zda tutilgan. Boshqaruv pultida moy idishi, elektr uzatma va mayatnikli manometr joylashgan. Zo'riqishning chegaraviy qiymati 50 tk (~500kN) dan yuqori bo'lgan mashinalarda boshqaruv pulti staninada alohida o'matiladi.

Download 428.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling