Bob. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni sinash 1 Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni sinash


Download 428.78 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi428.78 Kb.
#1344769
  1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (7)


BOB. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni sinash
1.1 Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni sinash

Qurilish konstruksiyalarining sinovlari katta hamjlarda, turli maqsad va vazifalar bo'yicha amalga oshiriladi. Qo'yiladigan vazifalatga qarab sinovlar bir necha turlarga bo'linadi. Shulardan asosiylarini ko'rib o'tamiz.


Konstruksiyalarning nazorat sinovlari temirbeton konstruksiyalari zavodlari yoki poligonlarda yalpi qurilish uchun katta seriyada ishlab chiqariladigan yig'ma elementlar va konstruksiyalar ustida olib boriladi. Bunday sinovlarni o'tkazishdan maqsad, zavod mahsulotini nazorat qilishdan iborat. Nazorat sinovlari Davlat standartlari asosida o'tkaziladi. Davlat standartlari yig'ma temirbeton mahsulotlarining barcha turlariga aloqador boiib, unda joriy statik nazorat sinovlarini o'tkazish tartiblari va uslubiyati hamda sinov natijalariga ko'ra mahsulotning mustahkamligi, bikirligi va yorilishbardoshligiga baho berish mezonlari belgilab qo'yilgan bo'ladi.
Yangi loyihalashtirilgan konstruksiyalar sinovi ularning mustahkamligi, bikirligi va yorilishbardoshligi me’yoriy talablaiga qay darajada javob berishini tekshirish uchun o'tkaziladi. Davlat standartlari sinash usullarini tavsiya etmaydi, shunga ko'ra sinovlar dasturi alohida ishlab chiqiladi.
Yalpi ishlab chiqarishga mo'ljallangan tajribaviy konstruksiyalar sinovini ham shu toifaga qo'shsa bo'ladi. Tajribaviy konstruksiyalar buzilgunga qadar sinaladi. Shu yo'l bilan konstruksiyaning zaif joylarini va mustahkamlik zaxirasi koeffitsientining haqiqiy qiymatini aniqlash, loyihaga tegishli tuzatishlar kiritish imkoniyatiga ega bo'linadi.
Ilmiy tadqiqotlar jarayonida о ‘tkaziladigan konstruksiya sinovlari yangi ishlanayotgan temirbeton konstruksiyalarini hisoblashning nazariyasi va uslubiyatini takomillashtirish uchun zarurdir. Bunday sinovlar eksperimental- nazariy, loyiha-konstruktorlik ishlanmalarning tarkibiy qismi sanaladi. Tajribalar jarayonida beton va armaturaning o'zaro ta’siri, armaturaning soni, sifati va joylashuvini konstruksiyaning mustahkamligi, deformat- siyalanuvchanligi va yorilishbardoshligi hamda kuchlanish holatiga ta’siri o'rganiladi; konstruksiyaning real ishlash sharoiti bilan hisobiy gipotezalar orasidagi farq aniqlanadi va h.k. Bunday sinovlar qo'yilgan masalaga har taraflama javob beradigan maxsus ishchi dastur tuzishni, ba’zi hollarda esa ya’ni o'lchov asboblari va zaruriy uskunalar tayyorlashni talab etadi. Yangi qurilgan inshootlar yoki konstruksiyalarning sinovi ularni loyihaga qanchalik mosligini juda kam hollarda, asosan mas’uliyati yuksak bo'lgan inshootlarni (ko'priklar, fazoviy tom yopmalari va b.) foydalanishga topshirishdan oldin amalga oshiriladi.
Foydalanishda bo'lgan inshoot va konstruksiyalar zarurat tugMlgan hollarda, masalan, inshootning yuk ko'taruvchi elementlariga qo'yiladigan yukni oshirishga ehtiyoj tug'ilsa yoki konstruksiya eskirsa yoki shikastlansa, uning haqiqiy mustahkamligini, bikiriigini va yorilishbardoshligini tekshirish maqsadida sinaladi.

Download 428.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling