Bob. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni sinash 1 Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni sinash


Download 428.78 Kb.
bet4/4
Sana09.04.2023
Hajmi428.78 Kb.
#1344769
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word (7)

Kuch plitasi va stend jihozlari
Kuch plitasi. Sinalayotgan konstruksiyaga kuchlar faqat sinov mashinalari yoki presslari orqali qo'yilmaydi. Konstruktsiya oMchamlari yoki unga qo'yiladigan yuk miqdori press imkoniyatlariga to'g'ri kelmagan hollarda maxsus stend jihozlaridan foydalaniladi. Balkalar, fermalar, devor panellari, rama va arka konstruksiyalarini vertikal, ya’ni ishchi holatda sinaydigan statsionar stendlar keng tarqalgan. Stendlar poydevorga yoki kuch plitasiga mahkamlanadi. Kuch plitalari qalinligi 1000-1500 mm boMgan temirbeton qatlamdan iborat. Kuch plitasi sinalayotgan konstruksiyaga tayanch vazifasini o'taydi; unga domkratlar va konstruksiyaga yuk beruvchi tyaga (tortgich)lar mahkamlanadi. Kuch plitasi (12.3-rasm) bo'ylama va ko'ndalang yo'nalishlarda armaturalanadi. Ankerlash (mahkamlab ulash) uchun kuch plitasida gori zontal jo'yaklar (anker tirqishlari) qoldiriladi. Anker tirqishlari orasidagi masofa 1000 mm ni tashkil etadi.

Plitaning ichki qismiga juft fermalar o'matiladi; fermaning tasmasi shvellerlari oralig‘i va bu shvellerlarning pastki qismi betonlanmay, bo‘sh qoldiriladi, sinov jarayonida ana shu bo‘shliqqa ankerlar kiritiladi va mahkamlanadi. Yuqori tasmani kuchaytirish va ankerlar ta’sirida polkalarni bukilishdan asrash maqsadida shveller polkalari orasi har 200 mm masofada qovurg'achalar bilan payvandlanadi va shvellerning ichki bo‘shlig‘i betonlanadi. Anker tirqishlarini iflos- lanishdan asrash uchun uning ustiga 10 mm qalinlikdagi po'lat tunuka yopiladi. Sina ladigan konstruksiyalarni o‘rnatishdan oldin tunuka olib tashlanadi. Sinalayotgan konstruksiyalarga kuchlar vertikal yoki gorizontal holatda qo'yilishi mumkin. Shunga ko‘ra stend sinov uskunalari ikki xil boMadi: yuklarni vertikal va gorizontal yo'nalishda uzatuvchi uskunalar.

Odatda konstruk siyalar ishchi holatda, ya’ni bino yoki inshootda qanday holatda bo'lsa, tajribada ham o'sha holatda sinaladi. Kuchlarni vertikal yo'nalishda yuklaydigan stend uskunalaridan biri 12.4-rasmda tasvirlangan. Sinaladigan konstruksiyaning o'lchamlari va tajriba xarakteriga qarab, uskuna kuch plitasiga alohida tugunlar va detallardan yig'iladi. Uskuna kompanovkasi konstruksiyani siqilish, bo'ylama va ko'ndalang egilish, shuningdek, siljish deformatsiyalariga sinash imkonini beradi. Domkrat uskunasi (12.5-rasm) domkrat traversasi, harqaysisi to'rttadan mahkamlovchi anker boltlariga ega bo'lgan ikkita pastki traversa, domkrat traversasi harakatlanadigan ikkita torqich, tiigaklar va mahkamlash detallaridan tashkil topadi. Uskuna sinov jarayonida 200 tk (~2 mn) kuch qabul qilishga mo'ljallangan.
Uskunani o'rnatish va unga tegishli asboblarni mahkamlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Kuch plitasi tirqishlari ustiga pastki traversalar o'matiladi va ularning har biri to'rtta ankerli bolt yordamida mahkamlanadi. Pastki traversalar yelkachalariga tortqichlar o'matiladi va silindrik steijenlar bilan mahkamlanadi. Keyin traversalar to'g'ri o'rnatilganligi tekshiriladi, tayanch jihozlari o'matiladi va ularga sinaladigan konstruksiya mahkamlanadi. Keyin taqsimlovchi traversaga ega bo'lgan ustki tayanch o'matiladi, tortqichlarga domkrat traversalari kiygiziladi va silindrik steijenlar bilan mahkamlanadi, bunda domkrat va taqsimlovchi traversalar orasidagi masofa gidravlik domkratlar sig‘adigan holatda bo‘lishi kerak. Montaj ishlari tugagach, yig‘ma elementlarning biriktirilish mustahkamligi tekshiruvdan o'tkaziladi va domkratlar nasos uskunasiga ulanadi.

1-pastki traversa; 2-qalinligi 40 mm bo'lgan po'lat tasma; 3-pastki qo'zg'aluvchi tayanch; 4- sinaladigan konstruksiya; 5-tortqichlar; 6-ustki qo 'zg'aluvchi tayanch; 7-taqsimlovchi traversa; 8- DT-200 domkratlari; 9-domkrat traversalari; 10- yuqori bosim shlanglari; 11-yon tirgaklar; 12-nasos uskunasi; 13-manometr; 14-kuch plitasi tirqishlari.
Yuklarni gorizontal holatda uzatadigan stend sinash uskunasi kuch plitasiga o'matiladi (12.6—rasm). Vertikal traversalar orasiga gidravlik domkratlar o'matiladi. Sinaladigan konstruksiya traversalar bilan qo'zg'aluvchi tayanch orasiga o'matiladi. Vertikal traversalar bilan tayanch to'rtta tortqich va gorizontal traversalar orqali birikkan. Mazkur uskunada balandligi 2 qavat, kengligi 3,6 m gacha bo'lgan konstruk- siyalarni markaziy va nomarkaziy siqilishga sinash mumkin. Us kuna bera oladigan maksimal kuch 400 tk (~ 4 mn) ni tashkil etadi.

1-tirgaklar; 2—silindrik sterjen; 3—torqichlar; 4—domkrat traversasi; 5—pastki traversa; 6—kuch plitasi tirqishi; 7-mahkamlash boltlari.

EgiIishga ishlaydigan uzun o‘lchamli konst ruksiyalarni sinaydigan stendlar balandligi 1,2-1,5 m bo'lgan temirbeton bloklardan tashkil topadi (12.7—rasm). Stend ikki: qo'zg'aluvchi va qo'zg'almas tayanchga ega. Tayanchlar po'lat plastina va katak (dumaloq sterjen)lardan ishlanadi. Sinalayotgan konstruksiya tagiga qo'qqisdan sinib ketishiga qarshi, ehtiyot moslamasi uskunalanadi. Bu stendda konstruksiyani sinashda tekis yoyilgan kuch sifatida beton yoki cho'yandan yasalgan donali yuklardan foydalaniladi. Yuklar og'iriigi ma’lum bo'lib, 50—200 mm oraliqda joylashtiriladi. Yuklarning uzunligi oraliq (prolyot) uzunligining 1/6—1/10 qismidan oshmasiligi kerak.



1,4—vertikal traversalar; 2~DG—100 gidravlik domkratlari; 3—domkrat tutqichlari; 5—tortqichlar; 6—tayanch; 7—gaykali boltlar; 8—gorizontal traversalar.
Bunday stendlarda yuklar domkratlar orqali beriladigan bo'lsa, u holda taqsimlash to'sinlaridan foydalaniladi (12.8 va 12.9—rasmlar).

1—tayanch bloklari; 2—plastinalar; 3—dumaloq steijenlar; 4—sinalayotgan panel; 5—donali yuklar; 6—messuralar; 7—salqilik о ‘lchagichlar (progibacherlar).
1.2 Beton va temirbeton konstruksiyalami sinashda qo‘llaniladigan zamonaviy asboblar
Download 428.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling