Boblar 1-bob. Reception


E-mehmon saytidagi mehmonxonalar bazasi bilan ishlash


Download 120.88 Kb.
bet12/14
Sana22.06.2023
Hajmi120.88 Kb.
#1650271
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5474167656791674576

4.3 E-mehmon saytidagi mehmonxonalar bazasi bilan ishlash
O‘zbekistonda 2018-yil 15 iyuldan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni e-mehmon tizimi orqali ro‘yxatga olish tizimi ishga tushdi.Tizim chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga veb-sayt, mobil ilova va mustaqil sayyohlarni ro‘yxatga olish tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi.Endilikda sayyohlar ro‘yxatdan o‘tish masalasini davlat organlari ishtirokisiz hal etishi mumkin.
E-mehmon.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tilganida ro‘yxatdan o‘tish oynasida o‘z ma’lumotlarini ko‘rsatish, so‘ngra “yetib kelish varaqasi” shaklini to‘ldirish va to‘lov kartasi ma’lumotlarini ko‘rsatib, turistik yig‘im bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
E-mehmon mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun ilovani mobil qurilmaga o‘rnatish va mobil raqam yordamida avtorizatsiyadan o‘tish, mehmonning yetib kelish varaqasini to‘ldirish va turistik yig‘im summasini to‘lash lozim.
Yuqoridagi usullardan mustaqil tashrif buyurgan xorij fuqarolari va xorijliklarni notijorat maqsadlarda qabul qilgan ularni taklif etuvchilar (qarindoshlari, do‘stlari) foydalanishlari mumkin.
Grand Bukhara” mehmonxonasi elektron mehmonxona dasturida mehmonlar va ularning tashrif buyurishlari tahlil qilinadi. Ushbu tizim qulaydir, chunki jarayon yanada avtomatlashtirilgan, boshqarish ham oson va keraksiz byurokratiyadan qochiladi.


5-Bob. Transport xizmatlari
5.1. Mehmonxonaning transport tizimini (buyurtma taksi) tahlil etish
“Fatima” mehmonxonasida aeroport yoki temiryo’l stansiyasidan kutib olish va etib qo’yish xizmatlari mavjud (talablarga binoan). Shuningdek, buyurtmaga ko’ra konditsionerli Toshkent, Samarqand, Xiva, Nukus kabi O’zbekistonning boshqa shaharlariga borish uchun ham avtobus yoki yengil mashina xizmatlari taklif etiladi.
Shahar ichida sayohat qilishni xohlovchi mijozlar uchun esa Nexia, Lacetti ,Spark,Cobalt rusumli yengil transport vositalari xizmat ko’rsatadi va @Taxi444_zakaz xizmati orqali tashish ishlari amalga oshiriladi.






Download 120.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling