1.4 Reception va mehmonxonada yashaydigan xonalar bilan ishlash qoidalari (telefon orqali ma`lumot berish, budilnik xizmati).
Turistlar mehmonxonaga kelib joylashganidan so’ng albatta mehmonxonaga o’rganib ketguniga qadar bir qancha savollarga duch keladi. Masalan, nonushta qaysi vaqtda ekanligi, nima qayerda joylashganligi, mehmonxonaning qo’shimcha xizmatlari, har xil ma’lumotlar, budilnik xizmatlari va hokazo. Bu kabi savollarga javob berish esa mehmonxona administratorining vazifasidir. U bunday savollarga qisqa, lo’nda va tushunarli qilib javob berishi kerak. Telefon jiringlaganda ko’pi bilan 3-4 gudok chalinganidan keyin go’shakni ko’tarishi, o’z mehmonxonasi (yoki mehmonxona xizmati) va o’z familiyasini aytib, o’zini tanishtirishi kerak. Agar xodim qo’ng’iroq qilgan odamga darhol javob bera olmasa, undan qayta qo’ng’iroq qilishni iltimos qilishi yoki uning telefon raqamini yozib olishi lozim. Mijoz axborotni 45 sekunddan ko’p kutmasligi kerak. Agar xodim mijozni bundan ko’proq vaqt kuttirib qo’ysa, u mijozdan yana kutib turishga rozi yo rozi emasligini so’rashi yoki u bilan keyinroq bog’lanishi lozim.
Bundan tashqari turistlarning 40%i ertalab uyg’otishni talab qiladi. Katta hajmdagi mehmonxonalarda avtomatik uyg’otish sistemasi mavjud bo’ladi, bizning mehmonxonamiz u qadar katta hajmda emasligi uchun bu xizmatni ham mehmonxona administratori bajaradi.
1.5 Kirish (chiqish) kartasini to'ldirish va joylashtirish uchun ro'yxatdan o'tish shakli.
Migratsiya kartasi - bu boshqa mamlakat hududiga kirmoqchi bo'lgan chet el fuqarosi to'g'risida asosiy ma'lumotlarni taqdim etadigan hujjat. O'zbekiston chegarasini kesib o'tgan har bir chet el fuqarosi uchun (yoshidan qat'iy nazar) to'ldirilgan migratsiya kartasi taqdim etilishi kerak. Migratsiya kartasining ikkala qismi (kirish - kupon A va chiqish - kupon B) chet el fuqarosi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida shaxsan to'ldirilishi kerak.
Amaliyot davomida ushbu turdagi hujjatlarni uchratmadim. Har bir ma'mur ishga jadval asosida keladi va o'z ishini bajaradi. Barcha ishlar muntazam ravishda boshqariladi va avtomatlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |