Boblar 1-bob. Reception


Mehmonxonalar saytini tahlil etish


Download 120.88 Kb.
bet9/14
Sana22.06.2023
Hajmi120.88 Kb.
#1650271
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5474167656791674576

2.4 Mehmonxonalar saytini tahlil etish
Mehmonxonalar veb-saytlari eng muhim raqobat omillaridan biridir. Raqobatdoshlik deganda kompaniyaning yuqori sifatli, arzon narxlarni taqdim etish va iste'molchilarga qulaylik yaratish orqali o'xshash tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilari bilan bozorda raqobatlashish qobiliyati tushuniladi.
Mehmonxona biznesi reklama va targ'ibotga muhtoj. Bunda yaxshi natijalarga erishish uchun Internetning imkoniyatlari juda yaxshi. Yaxshi o'ylangan veb-saytga ega bo'lish, mehmondo'stlik bozorida raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.Veb-saytlarning asosiy funktsiyalari qatorida, band bo'lgan mijozlar uchun qulaylik yaratishi shubhasiz, onlayn bron qilish imkoniyatini ta'kidlash lozim. Axborot-reklama va mehmonxonalar xizmatlari, sodiqlik dasturlari va h.k funktsiyalari muhim ahamiyatga ega.
. Lekin men amaliyot o`tayotgan "Fatima" mehmonxonasining sayti mavjud emas.edi,asosan tripadvisor va booking saytlari orqali yurgizilar edi.



III Bob. Ozodalikni ta’minlash
3.1 Xonalarni ozoda tutish va kunlik tozalash
Mehmonxonada ozodalikni ta’minlash 3 kishini ma’suliyati hisoblanadi. 2 kishi mehmonxona xonalarini, ichki va tashqi tomonlarini tozaligiga javob beradi. 3chi oqsoch esa mehmonxonaga tegishli barcha kirlarni yuvish bilan shug’ullanadi. Bu mehmonxonada qo’shimcha kir yuvish xizmati mavjud bo’lib bu xizmat turi 3chi oqsochga yuklatilgan. Oqsochlarni xizmatini nazorat qilish va sifatli toza ozoda bajarilganligini qabul qilib olish adminstratorlar ma’suliyatiga kiritilgan.
Ozodalikli ta’minlash uchun umumiy qoidalar ishlab chiqilgan, ya’ni
  1. Agarda mehmon bir kunda kelgan taqdirda xona farroshlar tomonidan umumiy tozalash amalga oshiriladi

  2. Kelgan turist ikki yoki undan ortiq kun qolgan taqdirda har kunlik sochiqlar almashtiriladi, xona tozalanadi va har uch kunda bir marta umumiy tozalash ishlari, ya’ni yostiq jildlari, pastellar almashtiriladi


Ozodalikni ta’minlash bo’limi xodimlari (gornichniylar) qavat navbatchisi deb ataladi. Qavat navbatchisi katta qavat navbatchisiga bo’ysunadi, u yo’qligida navbatchi portyega bo’ysunib, qavatda mas’uldir. Qavat navbatchisi ma’muriyat farmoyishlari va ko’rsatmalariga, ichki va mehnat tartibi qoidalariga amal qilgan holda mijozlarni qabul qilib, ularga xizmat ko’rsatish hamda o’ziga biriktirilgan xonalar, joylar uchun javobgardir. Shuningdek u qonunda belgilangan to’liq moddiy javobgarlik shartnomasiga muvofiq mol-mulk uchun ham javobgardir. Qavat navbatchisi oldiga qo’yiladigan asosiy talab xonalar, yo’laklar, qavat xollini toza va saranjom saqlash, yashovchilarga madaniy xizmat ko’rsatishdan iborat.


Qavat navbatchisi quyidagilarni bilishi shart hisoblanadi:

  • Xonalar, sanuzellar, xoll, yo’laklarniyig’ishtirishqoidasi va tartibi, yumshoq va qattiq anjom va jihozlarga qarash tartibini, maishiy elektr asboblari, chang yutgich, pol yuvgich, muzlatgich, televizor, dazmol va hokazolardan foydalana bilishni hamda ko’rpa-yostiq jildi, choyshab va anjomlarni saqlashni;

O’ziga biriktirlgan xonalar, jihoz va uning holati, mebel, ko’rpa-yostiq, gilam, parda, darparda, surat, idish, kiyim ilgich, telefon apparati, stol lampalari, sovutgich, televizor, muzlatgich (lyuks xona, xollarda), elektr va santexnika asboblarining soni va sifatini;
Mehmonxona navbatchi xizmatchilarining joylanishini (ma’muriyat, xizmatko’rsatish byurosi, ovqatlanish joyi, sartaroshxona, ta’mirlash ustaxonalari, pochta, do’konlar va ularning ish soati, qavatlarda yong’in jo’mraklari, yong’in o’chiruvchi vositalar, elektr shitlarinig joylashishi;
Xorijiy sayyohlar, MDH sayyohlarini kutib olish va ularga xizmat ko’rsatish qoidalari, ko’rpa-yostiq, sochiq, choyshablarni xizmat ko’rsatish darajasiga muvofiq almashtirish muddatlari;
Joylarni yig’ishtirishning mexanizatsiyalashtirilgan vositalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.



Download 120.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling