Boblar 1-bob. Reception


Download 120.88 Kb.
bet3/14
Sana22.06.2023
Hajmi120.88 Kb.
#1650271
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5474167656791674576

1-Bob.Reception

    1. Kelishi rejalashtirilgan, kelgan mehmonlarga oid hujjatlar bilan ishlash

Reception – bu mehmonxonaning nerv markazi, mijoz mehmonxonaga kelganda kutib olinadigan, ro’yxatdan o’tkaziladigan, xizmat yoki biror yordam ko’rsatilishi so’raladigan, va eng asosiysi tashrif buyurgan mamlakat haqida ilk taassurotlar olinadigan joy bo’lib hisoblanadi.
Potensial sayyoh O’zbekistonga kelmoqchi bo’lsa, avvalo qayerda turish haqida o’ylaydi va bir necha mehmonxonalarni turli veb-saytlar, turistik agentliklar, yo’riqnoma kitoblar, tanishlar maslahati yoki reklama va e’lonlar orqali qidiradi.
Grand Bukhara” mehmonxonasiga asosiy tashrif buyuradigan mijozlar mahalliy va xorijiy turistik agentliklar orqali keladi. Bunda agentlik mehmonxonaga qo’ng’iroq qilib so’raydi yoki uning elektron manziliga yoki faksiga buyurtma jo’natadi. Masalan, quyida misol keltirilgan bo’lib, unda qaysi turistik firmadan qaysi mehmonxonaga buyurtma jo’natilayotganligi, sayyohlar mamlakati, kelish va ketish vaqti, turistlar soni, qanday xona so’ralayotganligi, qo’shimcha xizmatlarning bor yoki yo’qligi, hamda sayyoh ism sharifi kiritiladi. Agar mehmoxonada joy mavjud bo’lgan taqdirda buyurtma tasdiqlanib, javobi yoki faks yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
Kelishi rejalashtirilgan mehmonlar haqidagi ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi. Agar ularning kelishi bekor qilinsa, turistik agentlik tomonidan bekor qilish haqidagi xat guruh uchun 40-45 kun, individuallar uchun esa 7 kun oldin jo’natilishi va u mehmonxona tomonidan tasdiqlanishi shart.



    1. Reception va turistik guruhlarning boshliqlari (turlider) va gidlar bilan ishlash texnologiyasi.

Mehmonxonasida turlider va gidlar bilan asosan receptionda administrator ishlaydi. Adnimistratorga turistik firmalar tomonidan faks orqali buyurtma jo’natiladi. Ushbu buyurtma mehmonxona tomonidan tasdiqlangandan so’ng buyurtma qog’ozida keladigan guruhning raqami, qayerganligi, guruh tarkibi va kishilar soni ular talab qiladigan qo’shimcha xizmatlar hamda turlider yoki gid bo’lishi quyidagi tartibda yoziladi, masalan, 20+1, ya’ni 20 kishi uchun mehmonxonaga tur firma tomonidan pul to’lanadi, lekin bir kishi uchun bepul degan ma’noni bildiradi.
Administrator buyurtmalarni rejaga kiritadi. Rejada turistik guruhdagi turistlar soni, turist qayerdan ekanligi, turistik firma nomi, turliderning telefon raqami, restoranda nonushta, tushlik, kechki ovqatning bo’lishi, transport xizmatlari, kirish biletlari aks ettiriladi.
Reception bo’limi, shuningdek, gid xizmati, transport xizmati hamda qo’shimcha xizmatlarni taklif etishi mumkin.

Download 120.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling