Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
ish boshlandi.
2. Biror so’zni boshqarib keladi: Ustoz tez-tez gapirdi. 3. O’timli, o’timsiz bo’ladi. 4. Fe’lga xos grammatik shakllarga, vazifadosh shakllarga ega bo’ladi: aytganman – o’tgan zamon, aniq nisbat, bo’lishli, xabar mayli, I shaxs birlik. Yordamchi fe’llar. Mustaqil atash ma’no bildirmaydi, ularning quyidagi turlari bor: 1. So’z yasash uchun xizmat qiluvchi va bog’lama vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar: bunyod etdi, javob berdi, sayr qildi. 2.Fe’llarga birikib, turli qo’shimcha ma’no yuklovchi yordamchi fe’llar: yozib qo’ydi, aytib berdi. 3. To’liqsiz fe’llar: edi, emish, emas, ekan. Ko’makchi fe’lli so’z qo’silmasi Nutqimizda fe’l+fe’l tarzidagi birliklar ham bor. Bunda 1-fe’l mustaqil ma’no anglatib, yetakchi fe’l ; 2-fe’l unga qo’shimcha ma’no yuklab ko’makchi fe’l hisoblanadi. Yetakchi va ko’makchi fe’lng birikuvidan ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi(harakat tarzi shakllari) paydo bo’ladi.M: o’qib chiqdi o’qib boshladi o’qib bo’ldi = o’qidi o’qib tugatdi o’qib o’tiribdi o’qib yotibdi Nutqimizda fe’l+fe’l tarzida qo’shma fe’llar ham uchraydi. Ularni ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasidan farqlash lozim. Qo’shma fe’llarda ikkita harakat, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida esa bitta harakat bo’ladi. M: sotib olmoq (qo’shma fe’l)va sotib yubormoq (ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi). Buni quyidagicha aniqlash mumkin. M: Akam gul sotib oldi. Akam gul sotdi. (Gapning mazmuni o’zgargan. Demak, qo’shma fe’l). Akam gulni sotib yubordi. Akam gulni sotdi. (Gapning mazmuni o’zgarmadi, demak, ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi) Eslatma: O’zbek tilida faqat ko’makchi bo’lib keladigan fe’llar yo’q. Ko’makchi fe’l yetakchi fe’lga ravishdoshning –b,-ib va –y, -a qo’shimchalari yordamida birikadi. O’zbek tilida harakat tarzi shakllarida ba’zan ko’makchi fe’l birdan ortiq bo’lishi mumkin. Bunday holda ham har bir ko’makchi fe’l o’zidan oldingi fe’l bilan ravishdosh qo’shimchalari orqali birikadi: aytib berib tura qol. Bunda yetakchi fe’lga avval -b, -ib qo’shimchali ko’makchi fe’l , keyin esa -y, -a 69 qo’shimchali ko’makchi fe’l qo’shiladi. Birdan ortiq ko’makchi fe’l qatnashgan shaklda har bir ko’makchi fe’l o’z ma’nosi bilan qatnashadi. Agar biror ko’makchi fe’l tushirilsa, unga xos ma’no ham yo’qoladi: aytib berib tura qol – aytib barib tur – aytib ber. Agar yetakchi fe’llar uyushiq bo’lak vazifasida kelsa, ko’makchi fe’l uyushiq bo’laklarning oxirgisi bilan qo’llaniladi: u yozib, chizib, o’qib bo’ldi. Eslatma. Yetakchi fe’l qo’shma fe’l shaklida bo’lishi mumkin: mutolaa qilib chiqdi, dod solib yubordi, taklif qilib ketdi. Ba’zan yetakchi fe’l juft yoki takroriy shaklda bo’lishi mumkin: yelib-yugurib qoldi (juft), aytib-aytib qo’ydi (takroriy). Eslatma. Harakatning bosqichlarini (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) bildiradigan ko’makchi fe’llar: boshlamoq, yotmoq, yurmoq, turmoq, chiqmoq, bo’lmoq. Harakatning tarzini (tezligi, imkonyati) bildiradigan ko’makchi fe’llar: olmoq, yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq. Ko’makchi fe’llarning ma’nolari: 1. Harakatning boshlanishi: boshlamoq – aytib boshlamq. 2. Harakatning davomiyligi: yotmoq, yurmoq, turmoq – yozib yotibdi(yuribdi, turibdi). 3. Harakatni bajarishga imkoniyat: olmoq – tera olmoq. 4. Harakatning tez va oson bajarilishi: yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq – o’qib yubormoq. 5. Harakatning to’la yakunlanganligi: chiqmoq – sotib chiqmoq. Nisbat va bo’lishli-bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’lga ham, ko’makchi fe’lga ham qo’shilishi mumkin. M: o’qib bo’lindi – o’qilib bo’ldi (nisbat), aytib qo’ymadi – aytmay qo’ydi (bo’lishli-bo’lishsizlik). Zamon, shaxs-son qo’shimchalari, fe’lning vazifa shakllari ko’makchi fe’lga qo’shiladi. M: aytib qo’ydi, ayitib qo’yding, aytib qo’yish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling