Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
testni bajaraman. O’zbekiston o’z hududiga ega.
O’zlik olmoshi quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1. Uchala shaxs o’rnida qo’llanib, predmetning biror shaxsga tegishliligini bildiradi: o’zimning kitobim. 2. Egalik qo’shimchalarini olib, shaxsning tanhiligini bildiradi: Shuncha gulni o’zing ekdingmi? 3. O’zim, o’zing, o’zi olmoshlari qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshlari bilan qo’llanib, ta’kid, kuchaytirish ma’nolarini yuklaydi: Kecha uning o’zi bordi. 4. O’zlik olmoshiga kelishik qo’shimchalari egalik qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi: o’zingdan, o’zimga. Eslatma: O’zlik olmoshlari takrorlanib, ravishga o’tib ketishi mumkin.M: U o’z- o’zidan baqira boshladi. V.Belgilash (birgalik-ajratish) olmoshlari. To’pdan ajratilgan yoki jamlab ko’rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatni ifodalagan olmoshlarga belgilash olmoshlari deyiladi. U 2 xil bo’ladi: 1. Jamlash olmoshlari: hamma, barcha, bari, butun, yalpi, jami. Bari olmoshida ko’tarinkilik, tantanavorlik bo’yog’i bor: Omon bo’lsin do’stlarning bari. 2. Ajratish olmoshlari quyidagicha hosil bo’ladi: 1) har+ayrim so’roq olmoshlari: har kim, har nima, har qaysi; 2) har+bir so’zi: har bir; 3) har+narsa so’zi: har narsa. Belgilash olmoshi otlashishi mumkin: Har qaysi (o’quvchi)si oliy o’quv yurtiga kirsin. Eslatma: Shuncha, buncha, o’shancha belgilash olmoshi hisoblanadi. VI.Bo’lishsizlik olmoshi. Mustaqil so’zlar o’rnida kelib, uning inkorini bildirgan olmoshlarga bo’lishsizlik olmoshi deyiladi. M: Ustun bo’lgan emas dunyoga hech kim. Ular quyidagicha hosil bo’ladi: 1) hech+ayrim so’roq olmoshlari: hech kim, hech nima, hech qaysi; 2) hech+bir so’zi: hech bir; 3) hech+narsa so’zi: hech narsa. Bo’lishsizlik olmoshi otlashishi mumkin: Hech bir(talaba)i kelmadi. Eslatma: 1.Bo’lishsizlik olmoshi ishtirok etgan gapning kesimi har doim inkor shaklda bo’ladi.M: Quruq gap hech qachon dalil bo’la olmaydi. 2. Hech kim va kimsa so’zlari sinonim bo’lishi mumkin: Uyda hech kim (kimsa) yo’q edi .3. Hech so’zi alohida kelganda yuklama hisoblanadi: Bu to’g’rida hech tashvishlanmang. VII. Gumon olmoshlari noaniq tushuncha, narsa va shaxsga ishora qiladigan olmosh turidir. Ular asosan ot va sifat o’rnida qo’llaniladi va quyidagicha hosil qilinadi: 1) ba’zi so’roq olmoshlari+dir: kimdir, nimadir, qaysidir. –dir qo’shimchasi egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalaridan keyin qo’shiladi: kimnidir, nimangdir, 66 qayerlardir; 2) alla+ba’zi so’roq olmoshlari: allanima, allaqayer, allaqanday; 3) ba’zi so’roq olmoshlari +ham: kim ham, nima ham; 4) bir +nima,narsa, kishi: bir narsa, bir nima, bir kishi. Bir nima bir narsa ishtirok etgan gaplarning kesimi bo’lishsizlikni ifodalasa, ular bo’lishsizlik olmoshi vazifasini bajaradi. U bir nima (hech narsa) demadi. 5) bir+ov: birov; 6)falon+chi: falonchi; 7) ba’zi+lar: ba’zilar. Eslatma: Allamahal gumon olmoshi emas. Vaqt allamahal bo’lib qoldi. 4-topshiriq:Quyidagi matnda olmoshning qanday turlari mavjudligini aniqlang.Olmoshlarning sintaktik vazifasini toping. Baxtni har kim o’zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi.Kimlardir yeng uchida yashaydi. Ko’ngli tinch. Siz o’z ota-onangizning jigargo’shalarisiz. Bu kam. Siz o’z xalqingiz, Vataningiz, millatingizning ko’z qarog’larisiz, ammo unutmang: tanbal, daqqi, Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling