Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
o’qiyman. –y, -a qo’shimchasi ham kelasi zamon ma’nosini bildiradi. –jak, -gay, -
ur, -gusi badiiy va publitsistik uslubga xosdir. Zamon qo’shimchalari ma’nodoshligi. Ba’zan turli zamonga mansub shakllar o’zaro almashinishi mumkin: 1. Hozirgi zamon o’rnida kelasi zamondan foydalanadi: Sizni chaqiradilar (chaqiryaptilar). 2. Xayoliy faoliyat, tasavvur, tush natijalarini bayon etishda zamonlar bir-birining o’rnida ishlatilishi mumkin: Tanklar, zambaraklar ag’anab yotibdi, bir jangchining peshonasi bog’langan, bir jangchining yelkasidan qon oqmoqda. 3. Hozirgi zamon fe’li kelasi zamonga oid harakatni bildiradi: Ertaga imtihon topshiryapman. 76 4. O’tgan zamon shakllaridan –di qo’shimchasi hozirgi va kelasi zamon ma’nolarida qo’llanadi: Hozir qayerga bordik-u, nimayam qildik. 5. Hozirgi zamon fe’li kelasi zamon ma’nosida qo’llanadi: Bir necha oydirki, u tinmay o’qiyapti. 6. O’tgan zamon –gan qo’shimchasi hozirgi zamon ma’nosida qo’llanadi: Biri kitob o’qigan, biri shaxmat o’ynagan. 7. O’tgan zamon –di qo’shimchasi hozirgi zamonni bildiradi: Qani, bolalar yozdik. Shaxs – son shakllari. Fe’llarda ifodalangan harakatning shaxslarga munosabatini bildirgan qo’shimchalarga shaxs-son qo’shimchalari deyiladi. Fe’lning shaxs- sonda o’zgarishi tuslanish, shaxs-son qo’shimchalarining o’zi esa tuslovchi qo’shimchalar deyiladi. O’zbek tilida tuslovchi qo’shimchalarning 2 xil turi bor: 1. Birlik Ko’plik I -m : yozdim -k: yozdik II -ng : yozding -ngiz:yozdingiz III __ : yozdi ____ yoki –lar: yozdilar Eslatma: Bu tuslovchi qo’shimchalar-di, -sa qo’shimchalari va edi to’liqsiz fe’lidan so’ng qo’shiladi: yozdim, o’qisang, ko’rgan edim. 2. Birlik Ko’plik I -man:yozibman -miz: yozibmiz II -san: yozibsan -siz : yozibsiz III ___ yoki dir: yozibdir ___ yoki dirlar: yozibdirlar Shaxs – son qo’shimchalari sinonimligi. 1. I shaxs birlik o’rnida II shaxs ko’plik ishlatiladi: Kitobingizni berib turing. 2. I shaxs birlik o’rnida II shaxs birlik qo’llaniladi: O’zingni qo’lga ol, Asad. 3. II shaxs ko’plik o’rnida I shaxs ko’plik qo’llaniladi: Qani, yozamiz bolalar. 4. II shaxs birlik o’rnida III shaxs birlik qo’llaniladi: Shunaqayam hazil qiladimi? 5. II shaxs birlik yoki ko’plik o’rnida III shaxs qo’llaniladi: Kelsinlar (keling). 6. I shaxs birlik o’rnida II, III shaxs birlik qo’llaniladi: Bularni ko’rsang, ensang qotadi. 9-topshiriq:Matndagi fe’llarning munosabat shakllarini aniqlang. Mirsodiq ko’chaning ikki betidagi turnaqator fonarlar nurida eron gilamidek tovlanib yotgan bu gullarga suq bilan tikilib borar ekan, bir shoxi singan na’matakka ko’zi tushub qoli.Qaysi bag’ritosh sindirdi ekan? U yaqinroq kelib qaradi, yo’q, sinibdi-yu, uzilmabdi. Quyoshga tomon bo’y cho’zib qaddini rostlab boryapti. Mirsodiq jilmayib qo’ydi.U, albatta, o’sadi, ulg’ayadi.U ochgan gullarning muattar hidi kishilar chehrasiga tabassum baxsh etsin. Qalblarini ravshan qilsin! __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 77 Fe’lning vazifa shakllari(fe’lning xoslangan shakllari). Turli gap bo’laklari vazifasida kelish uchun xoslangan fe’l shakllari fe’lning vazifa shakllari sanaladi. Ular 4 xil: 1. Sof fe’l 2. Harakat nomi 3.Sifatdosh 4. Ravishdosh. 1. Sof fe’l shakli gap ichida fe’l-kesim vazifasini bajaradigan fe’l shaklidir. Sof fe’llarda hech qanday maxsus qo’shimcha bo’lmaydi. M: keldi, o’qidi, aytmadi, boray. 2. Harakat nomi fe’lning otga xoslangan shaklidir. Qo’shimchalari: -(i)sh, -(u)v, - moq (-mak). M: o’qish, yozish, o’quv, yozuv, o’qimoq, yozmoq. Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo’laklari vazifasida keladi. Masalan: To’g’ri suzishni o’rgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling