Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

bormasa
IV. Maqsad mayli. Ish-harakat bajarvchining maqsadi, niyati, mo’ljalini bildirgan
mayl maqsad mayli deyiladi. Qo’shimchasi: moqchi M: Bormoqchiman.
O’tgan zamon: yozmoqchi edim. Hozirgi zamon: yozmoqchi bo’lyapman. Kelasi 
zamon: yozmoqchi bo’laman. Bo’lishsiz shakli emas so’zi bilan hosil qilinadi.M: 
aytmoqchi emas.
8-topshiriq: Gap tarkibidagi fe’llarning qaysi maylda ekanligini aniqlang. 
1.Uyiga javob beraylik, o’n besh yigirma kunga borib kelsin. 2.Odam 
qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi.3.Sen ham sezgandirsan tezroq 
gapir. 4.Ikkalang ham og’zingni ochmay, jim o’tirgin. 5.Ovqatni yedig-u, meni 
uyqu bosdi. 6.Kel, do’stim, yuragimni senga ochay. 
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Zamon shakllari.Zamon shakllari harakatning nutq jarayoniga munosabatini 
bildiradi.Fe’lda 3 xil zamon bor: o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon.
1. O’tgan zamon fe’li ish-harakat va holatning nutq jarayonidan oldin bo’lgan yoki 
bo’lmaganligini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga –di, -(i)b, -gan (-kan, 
-qan) qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan 
hosil qilinadi. 


75 
-di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan shakli so’zlovchining bevosita o’zi 
ko’rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son 
qo’shimchasining –m, -k (qoldim, qoldik), -ng, -ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari 
qo’llaniladi. 
-(i)b qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli ilgari ro’y brgan harakat 
va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu 
qo’shimchadan so’ng shaxs-son qo’shimchasining –man, -san, -miz, -siz, -di(lar) 
shakllari qo’shiladi. 
-gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli harakat va holatning 
ilgariroq bajarilganini bildiradi va bu qo’shimchadan so’ng shaxs-son 
qo’shimchasining –man, -san, -miz, -siz shakllari qo’shiladi.
To’liqsiz fe’llar yetakchi fe’lning zamon shakllaridan so’ng keladi, shaxs-son 
qo’shimchalari to’liqsiz fe’lga qo’shiladi. Masalan: kelgan ekansan, kelayotgan 
eding.
Edi, emish, ekan to’liqsiz fe’llari –di, -mish, -kan shaklida ham qo’llaniladi: 
borgandi, borganmish,kelarkan 
2. Hozirgi zamon nutq jarayonida tugamagan harakat yoki holatni bildiradi. 
Qo’shimchalari: -yap, -moqda, -(a)yotir, -(a)yotib.M: Juda chiroyli muomala 
qilyapsiz. –yap qo’shimchasi –ayap tarzida talaffuz qilinsa ham, har doim –yap 
tarzida yoziladi. M: Maktabga boryapman. –moqda qo’shimchasidan bo’lishsiz 
shakl yasalmaydi.-yapti uslubiy betaraf, –moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xos.
3. Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning nutq jarayonidan keyin yuz 
berishini bildiradi.Ular 2 xil bo’ladi:
1) kelasi zamon gumon fe’li mo’ljal , taxminni bildiradi va –r, -ar, -ur 
qo’shimchalarini qo’shish, tuslash bilan hosil qilinadi.M: borarman, so’rarman. 
Bo’lishsiz shakli –mas: kelar – kelmas.
2) kelasi zamon maqsad fe’li nutq jarayonidan so’ng bajarilishi maqsad qilingan
harakat-holatni bildiradi va fe’l asoslariga –moqchi, -digan qo’shimchalarini 
qo’shish va tuslash bilan hosil qilinadi. M: yozadiganmiz, so’ramoqchiman.
Eslatma: -di, -jak qo’shimchalari ravishdoshga qo’shilib kelasi zamon fe’l shaklini 
hosil qiladi: keladi, kelajak. Ba’zan kelasi zamon fe’llari –gay, -kay, -qay, -gusi, -
yajak qo’shimchalari bilan ham ifodalanishi mumkin. Kelasi zamon fe’li ba’zan 
harakatning har uch zamonga oidligini ham bildirishi mumkin: Men litseyda 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling