Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Mohira2702..
1.Pokiza kishi hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g’am va qayg’u ostida
bo’ladi. 2.Donolar oldida doim eshitguvchi bo’l. 3.Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas.4.Insonning fe’l-atvoriga qarab unga baho berishadi.5.To’ydan keyin nog’ora chalmoq-nodonlar ishi.6.Bitmas-tuganmas 85 bilimning tagida mashaqatli mehnat yotadi. 6.Yigit qo’shni qizga qaraganda hayojon bosib, so’zlariini chalkashtirib qo’yardi. __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Ko’makchilar kelishiklarni boshqaradi. Shunga ko’ra ular 3 xil: 1. Bosh kelishikdagi so’zlar (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan qo’llanadigan ko’makchilar: bilan, kabi, singari, yanglig’, sayin, uchun, sababli, orqali, tufayli, chog’li, osha, bo’ylab, bo’yi, bo’yicha, uzra, ichra, degan, chamasi, haqada, holda, yo’sinda, to’g’risida, vajidan, tomon (tomon ko’makchisi ba’zan jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan ham qo’llanadi). 2. Jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar: qadar, ko’ra, qarshi, qarab, qaraganda, qaramasdan, yarasha, doir, asosan, binoan, muvofiq, qarata, qaramay. 3. Chiqish kelishigidagi so’zlar bilan keladigan ko’makchilar: buyon, so’ng, keyin, boshqa, tashqari, bo’lak, o’zga, beri, narigi, burun, ilgari, boshlab, tortib, avval, oldin, nari. Eslatma: Old, ust, ost kabi vazifadosh ko’makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo’shiladi. M: Masala ustida uzoq bosh qotirdi. Bunday hollarda kelishik qo’shimchasi belgisiz ishlatilishi mumkin. Ayrim hollarda bilan, uchun ko’makchilari qaratqich kelishigidagi olmosh bilan ham qo’llaniladi. M: shuning bilan, shuning uchun. Ko’makchlarning ma’no turlari: - uchun: o’qish uchun (maqsad), chaqirgani uchun (sabab), ukam uchun (atalganlik); - bilan: qalam bilan (vosita), ukasi bilan (birgalik, holat), eshik ochilishi bilan (payt); - sari, tomon: maktab sari- maktab tomon (yo’nalish); - sayin: kun sayin (davomiylik); - haqida, to’g’risida: hayot haqida – uy to’g’risida (fikr mavzusi); - qadar: Toshkentga qadar (chegara); - kabi, singari, yanglig’: oy kabi, quyosh yanglig’ (o’xshatish, qiyoslash). Ko’makchilar va kelishiklar ma’nodoshligi: a) radiodan eshitmoq – radio orqali eshitmoq; b) yozishga tayyorlandi – yozish uchun tayyorlandi; d) mashinada terildi- mashina bilan terildi; e) borganini gapirdi – borgani haqida gapirdi; f) uyga ketdi – uy tomon ketdi. Eslatma:1. Ko’makchi orqali ifodalangan ma’no umumiy, noaniq, kelishik bilan ifodalangan ma’no aniq bo’ladi. M: U Samarqandga ketdi. U Samarqand tomonga ketdi. 2.Jo’nalish elishigi qo’shimchasi yo’nalish ma’nosida tomon, bo’ylab ko’makchilari bilan ma’nodoshdir. 86 Ko’makchilar va qo’shimchalar ma’nodoshligi: a) guldek – gul kabi (yanglig’, singari); b) maktabgacha – maktabga qadar. BOG’LOVCHI Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi soda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchilar bog’lovchilar deyiladi. Ular qo’llanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: 1) yakka holda qo’llaniluvchi bog’lovchilar: chunki, basharti, agar, mabodo, balki, holbuki, va; 2) takror holda qo’llaniluvchi bog’lovchilar: goh…, goh… ; ham… , ham…; bir…, bir… ; Eslatma: 1.Ayrim bog’lovchilar yakka holda ham, takror holda ham qo’llanila oladi. M: Yo men boray, yo soz keling. Men baraymi yo siz kelasizmi? 2. Takror holda ishlatiladigan bog’lovchilarning ayrimlari esa faqat takror holda qo’llangandagina bog’lovchi hisoblanadi. Yakka holda qo’llanganda esa o’zi mansub bo’lgan so’z turkumiga taalluqli bo’ladi.M: Bir yomg’ir yog’adi, bir Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling