Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

yog’adi.
2. Voqealardan faqat bittasi sodir bo’ladi: Yo qo’shiq kuylang, yo raqsga tushing.
IV. Inkor bog’lovchisi: na…,na… M; Na kitobni, na daftarni olgan.
Eslatma: Inkor bog’lovchisining kesimi har doim tasdiq shaklda bo’ladi. 
4- topshiriq: Qaysi gaplarda na … na yordamchisi bog’lovchi, qaysi gaplarda 
yuklama vazifasida kelganini aniqlang. 
1.Sharifning haqiqat ufurib turgan gaplariga qarshi na Nozima bir narsa deya 
oldi, na Nabijon. 2.Bepayon dasht bag’riga yashiringan chashmani na Qahramon, 
na Bahrom topa olmadi. 3.Sen na boy erursan van a kambag’al, Yashaysan bir-
biring aldab galma-gal. 4.Hamid yaratmoqchi bo’lgan yangi paxta navi haqida 
hozircha na institut direktoriga, na do’sti Umidga hech narsa demadi. 5.Bozorboy 
ming qo’yli boylar sirasiga kirsa-da, na uyida tayinli qozon qaynamas, na 
eshigidan birov kirib chiqmas edi. 6.Javob ololmadi hech kim ham, zotan, Na 
sulton, na g ado, na shoh, na faqir.
Ergashtiruvchi bog’lovchilar o’zaro tobe munosabatda bo’lgan gap bo’lagi va 
gaplarni bog’lash uchun ishlatiladi. Ular 4 xil: 1. Aniqlov. 2.Sabab. 3. Shart. 4. 


88 
Maqsad.
I. Aniqlov bog’lovchilari: ya’ni, -ki, -kim. Yozuvda ya’ni bog’lovchisidan oldin, 
 -ki, -kim bog’lovchilaridan keyin vergul qo’yiladi.M: Hasan akam, ya’ni 
xolamning o’g’li bu yil o’qishga kirdi. Achinarlisi shundaki, hech kim bu xabarni 
aytmagan.
II. Sabab bog’lovchilari: chunki, nainki, negaki, zero, zeroki. Yozuvda chunki, 
negaki, nainki bog’lovchilaridan oldin, zero, zeroki bog’lovchilaridan keyin 
vergul qo’yiladi. M: Bugungi yig’ilishga hamma qatnashdi, chunki muammoli 
masalalar yechilishi aytilgan edi.
III. Shart bog’lovchilari: agar, gar, basharti, agarda, garchi, garchand, 
mabodo. M: Agar ko’p o’qisang, o’qishga, albatta, kirasan.
IV. Maqsad bog’lovchisi: toki. –toki bog’lovchisidan oldin yozuvda vergul 
qo’yiladi. M: Iste’dodingni namoyon qil, toki hamma bilsin.
YUKLAMA
So’z yoki gaplarga qo’shimcha ma’no beradigan yordamchilar yuklamalar 
deyiladi. Yuklamalar 2 xil bo’ladi: sof va vazifadosh.
1. Sof yuklamalar: faqat, naq, go’yo, xuddi, -ku, -u, -yu, -da.
2. Vazifadosh yuklamalar: ham, yolg’iz, -gina, -dir, na…, na….
Ular tuzilishiga ko’ra 2 xil:
1. So’z yuklamalar: axir, xuddi, faqat, hatto, hattoki, ham, nahot, nahotki, 
go’yo, go’yoki, xolos, naq, hech, sira, na…, na…
2. Qo’shimcha yuklamalar: -u, -yu, -da, -oq, -yoq, -gina, -mi, -chi, -dir, -a, -ya. 
Ular quyidagicha yoziladi:
a)so’zga qo’shib yoziladi: -dir, -mi, -oq, -yoq, -gina. M: Onam kelgandir. To’yga 
uni aytdingmi?
b) so’zdan ajratib yoziladi: -ku, -da, -a, -ya, -chi, -u, -yu. M: Rustam vaqtida keldi-
ku.Men-chi? Sen-a? 
Yuklamalarning ma’no va vazifasiga ko’ra turlari. Yuklamalar ma’no va vazifasiga 
ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. So’roq va taajjub.
2. Ta’kid.
3. Ayiruv-chegaralov.
4. Kuchaytiruv.
5. Inkor.
6. O’xshatish-
qiyoslash.
7. Gumon
1. So’roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. M: Kitobni o’qidingmi? 
O’zing-chi?
2. Ta’kid yuklamalari: -ku, -da, -u, -yu. Sen-ku hamma narsani muammo 
qiladigan.
3. Ayiruv-chegaralov yuklamasi: -gina (-kina, -qina), faqat, xolos. Bu yuklamalar 
turli so’z turkumlari bilan kelishi mumkin. Faqat yuklamasi ba’zan yolg’iz sifati 
bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. M: Yig’ilishga yolg’iz men bordim. (yuklama) 
Dugonam uyda yolg’iz o’tiribdi.(sifat)
Ayirish-chegaralash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun faqat va –gina 
yuklamalarini birgalikda qo’llaymiz. M: Yo’lchini bu hayotda faqatgina shu 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling