Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/98
Sana09.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1468236
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98
Bog'liq
Mohira2702..

xayollari ovuntirar edi.
4. Kuchaytiriv yuklamalari: Axir, hatto, hattoki, nahot, nahotki, ham, g’irt, -oq, 


89 
-yoq.M: Nahot Xolmat ota endi o’g’lini hech qachon ko’rmasa. Bu gapni 
eshitganida qo’shnimiz g’irt mast edi. Kuchaytiruv yuklamalari gapning ma’lum 
bir bo’lagini yoki butun gapning ma’nosini kuchaytiradi.
Eslatma: Maktab darsliklarida yuklamalar ma’no va vazifasiga ko’ra 6ta turga 
ajratilgan, ya’ni kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari birlashtirilgan.
5. Inkor yuklamasi: na… , na…; hech, aslo, sira. M: O’glim, also bo’lmaydi 
urush.
Eslatma: Inkor yuklamalari qatnashgan gapning kesimi ,asosan, inkor shaklda 
bo’ladi.
6. O’xshatish-qiyoslash (aniqlov) yuklamalari: go’yo, go’yoki, xuddi, naq. M
Onasini ko’r-da, qizini ol, chunki qizlar xuddi onasiga o’xshaydi.
7. Gumon yuklamasi: -dir. O’quvchilar aybini tushungandir.
Eslatma: 1. -dir qo’shimchasi to’rt o’rinda omonimlik hosil qiladi. M: Til aloqa 
vositasidir.(bog’lama) Qiziqchi hammani boplab kuldir.(nisbat) Tog’larga qor 
yog’gandir.(yuklama) Bolalar qayergadir ketishdi. (gumon olmoshi) 2. –ku, na…, 
na… yuklamalari yozma nutq uslubi uchun xoslangan bo’lib, qolganlari uslubiy 
betaraf.3.Ham yuklamasi ba’zan –da shaklida ham aytilishi va yozilishi mumkin. 
M-n: Yunus ota choy ichishni-da unutdi. 
1-topshiriq: Gaplar tarkibidan gumon yuklamasini aniqlang. 
1.U musobaqa g’olibidir. 2.Sizni yo’qlab kelgandir. 3.Suv hayot manbayidir. 
4.”O’lsa o’lgandir, bung anima janjal!” – deb qo’yadi yana birov. 4.G’afur aka 
va’da qilgan she’rini yozayotgandir. 5.Hamma bolalarga matnni yozdirsa
bog’dagi ishlarni kim qiladi. 
ALOHIDA OLINGAN SO’ZLAR  
Alohida olingan so’zlarga quyidagilar kiradi:
1. Modal so’zlar. 2. Undov so’zlar. 3. Taqlid so’zlar. 
Modal so’zlar. Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildiradigan 
so’zlar modal so’zlar deyiladi. Modal so’zlar gap bo’laklari bilan grammatik 
jihatdan bog’lanmaydi. M: Yaxshi o’qigan, albatta, o’qishga kiradi. Modal so’zlar 
gap mazmuniga hech qanday ta’sir qilmaydi. M: Yaxshi o’qigan o’qishga kiradi
Modal so’zlar sintaktik vazifa bajara oladi, ya’ni gapda kesim, kirish so’z va so’z-
gap bo’la oladi. M: Kelajakdan umidlarim borXayriyat, omon qolibsan.
Modal so’zlar morfologiyada, kirish so’zlar esa sintaksisda o’rganiladi. Hamma 
modal so’z kirish so’z bo’lib kelishi mumkin, lekin barcha kirish so’zlar modal 
so’z bo’la olmaydi.
Modal so’zlar gapda vergul bilan ajratiladi. Agar modal so’z gapning boshida 
kelsa, undan keyin, o’rtasida kelsa har ikki tomonidan, oxirida kelsa, undan oldin 
vergul qo’yiladi.M: Afsus, o’ylagan niyatiga yeta olmabdi. Umidingizni uzmang, 
shubhasiz, sog’ayib ketasiz. Hamma harakatlar bekor ketibdi, esiz.
Modal so’zlar ikki xil bo’ladi:
1. Sof madal so’zlar: haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta, shekilli
avvalo, avvalambor, xullas, koshki, masalan, bor, yo’q.
2. Vazifadosh modal so’zlar: chamasi,aftidan, ehtimol (ot); shubhasiz, so’zsiz, 


90 
tabiiy (sifat); bo’pti, aytganday, aytmoqchi (fe’l). M: Qo’zilarning hammasi 
topildi, chunki cho’ponning chamasi to’g’ri chiqqan edi. (mustaqil so’z) Chamasi, 
yig’lish bo’lmaydi.(modal so’z).
Eslatma: Modal so’z vazifasida kelgan mustaqil so’zlar tarkibidagi qo’shimchalar 
ajratilmaydi.Ularga quyidagilar kiradi: so’zsiz, aftidan, chamasi, shubhasiz, 
aytmoqchi, aytganday. M: So’zsiz, bu harakating bilan maqsadga erishasan. Bu 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling